Adabiyotshunoslik va uning dolzarb masalalari


Download 115.27 Kb.
bet1/9
Sana23.01.2023
Hajmi115.27 Kb.
#1111379
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-мавзу

Adabiyotshunoslik va uning dolzarb masalalari

Ma’ruzachi: Jahon adabiyoti kafedrasi dotsenti, PhD To’rayeva Bahor Bahriddinovna

REJА

  • REJА
  • 1.Ijtimoiy hayot va adabiyotshunoslik ilmi.
  • 2.Badiiy tafakkurdagi oʼziga xos yangilanish jarayonlari.
  • 3.Аdabiy-nazariy tafakkurdagi oʼzgarishlar.
  • 5.Mustaqillik davri oʼzbek adabiyotshunosligidagi mavjud
  • metodlar.

XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi o’zbek adabiyoti ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayotdagi o’zgarishlarni aks ettiradi. XXI asr adabiyotining poydevorida ikkita muhim narsa bo’lishi kerak: biri – adabiyotimiz, san’atimiz sohasidagi milliy an’ana va ikkinchisi – jahon adabiyoti badiiy tafakkurining darajasi va jahon adabiyotida erishilgan tajriba

  • XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi o’zbek adabiyoti ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayotdagi o’zgarishlarni aks ettiradi. XXI asr adabiyotining poydevorida ikkita muhim narsa bo’lishi kerak: biri – adabiyotimiz, san’atimiz sohasidagi milliy an’ana va ikkinchisi – jahon adabiyoti badiiy tafakkurining darajasi va jahon adabiyotida erishilgan tajriba

Adabiyotshunoslar zamonaviy adabiy jarayonga xos tamoyillarni ko’rsatib o’tishadi: 1) adabiyotda g’oya va mavzu maydonining kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, oilaviy masalalarga e’tiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va psixologizmning chuqurlashuvi; 4) xalqining o’zligi va mentaliteti masalalariga murojaat etilishi; 5) hayot mazmunini falsafiy mushohada etish.

  • Adabiyotshunoslar zamonaviy adabiy jarayonga xos tamoyillarni ko’rsatib o’tishadi: 1) adabiyotda g’oya va mavzu maydonining kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, oilaviy masalalarga e’tiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va psixologizmning chuqurlashuvi; 4) xalqining o’zligi va mentaliteti masalalariga murojaat etilishi; 5) hayot mazmunini falsafiy mushohada etish.

Qator adiblar ijodida «bozor sharoitidagi inson taqdiri» mavzusi ustuvor muammo sifatida ajralib ko’rinadi. Ularning asarlaridagi bosh qahramon bozor munosabatlariga moslashgan yoki «ortiqcha odam»ga aylangan kishidir. Y. Solijonovning fikricha, «har bir adib yolg’izlik fojiasini o’zicha ochib beradi». Olim Tohir Malik, Xurshid Do’stmuhammad, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa bir qator adiblarni sanab o’tar ekan, quyidagi belgilariga ko’ra, zamonaviy badiiy asar yaratishda o’zbek adabiyoti uchun yangilik bo’lgan o’ziga xos tendensiyalarni keltirib o’tadi. Bular: 1) nasihatgo’ylikdan qochish; 2) zamonaviy jamiyatda ayol rolining o’zgarganligiga urg’u berish, ikki yo’l o’rtasida turgan ayolning ruhiy kechinmalarini yaratish; 3) ijtimoiy-madaniy, g’oyaviy-axloqiy tiplarning yonma-yon, bir-birlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatib yashashi; 4) o’zbek xalqining sobiq sho’rolar davridagi hayotini mushohada qilishga urinish; 5) jo’shqin syujetlarga intilish; 6) tasviriylik va publitsistikaga moyillik.

  • Qator adiblar ijodida «bozor sharoitidagi inson taqdiri» mavzusi ustuvor muammo sifatida ajralib ko’rinadi. Ularning asarlaridagi bosh qahramon bozor munosabatlariga moslashgan yoki «ortiqcha odam»ga aylangan kishidir. Y. Solijonovning fikricha, «har bir adib yolg’izlik fojiasini o’zicha ochib beradi». Olim Tohir Malik, Xurshid Do’stmuhammad, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa bir qator adiblarni sanab o’tar ekan, quyidagi belgilariga ko’ra, zamonaviy badiiy asar yaratishda o’zbek adabiyoti uchun yangilik bo’lgan o’ziga xos tendensiyalarni keltirib o’tadi. Bular: 1) nasihatgo’ylikdan qochish; 2) zamonaviy jamiyatda ayol rolining o’zgarganligiga urg’u berish, ikki yo’l o’rtasida turgan ayolning ruhiy kechinmalarini yaratish; 3) ijtimoiy-madaniy, g’oyaviy-axloqiy tiplarning yonma-yon, bir-birlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatib yashashi; 4) o’zbek xalqining sobiq sho’rolar davridagi hayotini mushohada qilishga urinish; 5) jo’shqin syujetlarga intilish; 6) tasviriylik va publitsistikaga moyillik.

Download 115.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling