Adabiyotshunoslikka kirish


Download 286.83 Kb.
bet42/46
Sana04.02.2023
Hajmi286.83 Kb.
#1157825
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH Dilmurod QURONOV

Adabiy avlod adabiy jarayonni davrlashtirishda eng kichik birlik sifatida olinishi mumkin. Adabiy avlod sanalishi uchun ma'lum guruh ijodkorlarining bir davrda tug'ilgani yoki bir davrda adabiyotga kirib kelgani emas, balki ijodda bir-biriga yaqin tamoyillarga tayangani e'tiborga olinadi. XX asr o'zbek adabiyotidagi avlodlarga nazar solsak, bu narsa yaqqol ko'riladi:

  1. jadidchilik ta'sirida adabiyotga kirib kelgan avlod;

  2. sho'ro adabiyoti avlodi;

  3. 60-yillar adabiy avlodi;

  4. 70-80-yillar adabiy avlodi;

  5. 90-yillar adabiy avlodi.

Yuqoridagilardan, misol uchun, 60-yillar adabiy avlodiga mansub deb O.Yoqubov, P.Qodirov, O'.Umarbekov, O'.Hoshimov, A.Oripov, E.Vohidov, R.Parfi kabi ijodkorlarni ko'rsatish mumkin. Ular ijodining boshlanishi, tug'ilgan yillaridagi farqlarga qaramay, bitta avlodga mansub, chunki ularning ijodi estetik prinsiplari jihatidan bir-biriga yaqin turadi. Adabiy avlodlar orasida “inkorni inkor” qonuni asosidagi munosabat kechadi: har bir adabiy avlod, bir tomondan, o'zidan avvalgi avlodning (umuman adabiy an'ananing) vorisi — uning eng yaxshi tomonlarini o'zlashtiradi, ikkinchi tomondan, o'zidan avvalgi avlodning ijodiy-estetik prinsiplarini inkor qilib, yangilangan ijodiy- estetik prinsiplar bilan maydonga chiqadi.
Yuqorida aytilganidek, adabiyotshunoslik ilmida adabiy jarayonni, adabiyot tarixini davrlashtirish masalasida turlicha qarashlar mavjudki, adabiyot tarixi kursini o'rganish davomida Siz bunga amin bo'lasiz. Biz davrlashtirish masalasidagi asosiy tushunchalarni berishga harakat qildik, umid qilamizki, shularga tayanib adabiyot tarixi bo'yicha ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlar davomida bu masalani atroflicha chuqur o'zlashtirib, bu borada o'z qarashingizni shakllantirasiz.
Tayanch tushunchalar:
adabiy jarayon, vorisiylik, uzluksizlik, ichki va tashqi omillar ijtimoiy-tarixiy sharoit an'ana vayangilik davrlashtirish

Download 286.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling