Adam Smit asarlarida klassik maktab g`oyalarining yanada rivojlantirilishi. Reja


Download 0.67 Mb.
Sana27.08.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1670540
Bog'liq
Adam Smit asarlarida klassik maktab g`oyalarining yanada rivojlantirilishi



Adam Smit asarlarida klassik maktab g`oyalarining yanada rivojlantirilishi.
REJA:

1.Adam Smit asarlarida klassik maktab g`oyalarining yanada rivojlantirilishi


2.Adam Smitning xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risidagi tadqiqot asari uning feodalizmga munosabati.
3.Adam Smitning “Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi” asaridagi asosiy iqtisodiy g`oyalar.
4.A.Smit va Rikardo g‟oyalarining boshqa olimlar tomonidan rivojlantirilishi.
Adam Smit asarlarida klassik maktab g‟oyalarining yanada rivojlantirilishi

  1. 8-chi asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho‗qqiga ko‗tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o‗zgarishlar ro‗y berayotgan edi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xo‗jaligi va tez o‗sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo‗lib, ishchilar, sohibkorlar, yer egalari – lendlordlar va fermerlar bor edi. Kapitalning dastlabki jamg‗arilishi natijasida hosil bo‗lgan pul kapitali (manbalari: past ish haqi, mustamlaka siyosati, noekvivalent savdo, qul savdosi, yerlarning dehqonlardan tortib olinishi va h.) tobora ko‗p miqdorda sanoat va qishloq xo‗jaligiga qo‗yila boshladi. Angliya industrial agrar davlatga aylandi. Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko‗paydi, ishchilarning ahvoli nihoyatda og‗ir bo‗lib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindi. Angliya sanoat inqilobi arafasida edi. Mamlkatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan savdo-sotiqdagi proteksionizm siyosati, qonunlar davr talabiga javob bermay qo‗ydi, ularning borligi kapitalizm rivojiga to‗sqinlik kilar edi.

A.Smit va uning «Xalqlar boyligi…» asari.
Adam Smit (1723-1790) klassik siyosiy iqtisodning atoqli namoyandasidir. Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolangan 1776yili Angliyada zamonamizning eng muhim kitoblaridanbiri Shotlandiyalik buyuk iqtisodchi Adam Smitning «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to‗g‗risida tadqiqot» asari nashr etildi. Bu asar zamonaviy iqtisodiy fanning boshlanishi hisoblanadi. Shu kitob uning muallifi Adam Smitni «iqtisodiyot otasi» unvoniga sazovar etdi. Smitning nuqtai nazaridan millatning boyligi faqat qishloq xo‗jaligi jarayonida emas, umuman ishlab chiqarish jarayonida vujudga keltiriladi. Ishlab chiqarilgan ne‘matlar miqdori inson mehnatining boshqa ishlab chiqarish omillari bilan birlashuvidan tashkil topadi. A.Smit o‗z davridagi iqtisodiy bilim va konsepsiyalarni umumlashtirdi va sistemaga tushurdi. Buning natijasida xo‗jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi. A.Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo‗lib,
1-da – qiymat va qo‗shimcha daromad muammolari tadqiq etildi;
2-da – kapital jamg‗arilishi va uning shakllari;
3-da –kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari; 4-da – merkantilizm va fiziokratlarning ta‘limotiga munosabati; 5-da – davlat moliya tizimi tadqiq etilgan.
A.Smitni tadqiqotining predmetini – jamiyatni iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy turmush darajasini oshirish muammolari tashkil etadi.
Boylikni ko‗paytirish omillari
Boylikning manbai mehnat va undagi mehnat taqsimoti hisoblanadi. Muallif bu tezisni to‗g‗nog‗ich ishlab chiqarish ustaxonasi misoli yordamida asoslab beradi.
Ustaxonada 10 kishi ishlaydi. Ular o‗rtasida mehnat shunday taqsimlangan: 1- simni tortadi, 2 – uni to‗g‗rilaydi, 3 – kesadi, 4 – uchini o‗tkirlaydi, va h. Bir kunda bu 10 kishi 48.000 to‗g‗nog‗ich, ya‘ni har bir kishi 4.800 donadan mahsulot ishlab chiqaradi. Agar ular bir-birlariga bog‗liq bo‗lmagan holda ishlaganlarida, ularning hech qaysisi 1 kunda 20dan ko‗p to‗g‗nog‗ich tayyorlay olmagan bo‗lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko‗proq oshgan (4800/20).
A.Smitning fikriga ko‗ra mehnat taqsimoti- milliy mahsulot yaratish jarayonida odamlar o‗rtasidagi hamkorlik shaklidir. Shu borada olim qo‗yidagi fikrlarni ilgari surdi:
Ixtisoslashuv tufayli kishilarning chaqqonligi ortadi;
Ular vaqtni tejaydilar, chunki bir ish turidan boshqasiga o‗tishga hojat bo‗lmaydi;
Ishchilar o‗z faoliyatlarini takomillashtiradilar;
Ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‗ladilar.
Demak, A.Smit fikriga ko‗ra jamiyatdagi boylikning asosiy manbai barcha mehnat jarayonida qatnashganlarning faoliyati natijasida vujudga keladi va mehnat taqsimoti orqali ortib boradi. Ammo u faqat moddiy narsalarni yaratish va o‗zgartirish bilan bog‗liq bo‗lgan mehnatni unumli mehnatga kiritgan. Bunga o‗qituvchilarning, yuristlarning, harbiylarning, ma‘muriyatning, yozuvchilarning va shu kabilarning ko‗rsatayotgan xizmatlarini unumsiz deb topgan.
Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda qishloq xo‗jaligi sohasining ustunligi g‗oyasidan qutula olmagan. U hunarmandlar va savdogarlar mehnatini yer egalari mehnatiga nisbatan kam unumli bo‗ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki yer egalariga tabiat «yordam» beradi va «dehqonchilikka qo‗yilgan kapital haqiqiy boylikka va daromadga ancha ko‗p qiymat qo‗shadi». Bunda A.Smitning ta‘kidlashicha, iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari bahosi pasayib borish tendensiyasiga, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari bahosi esa o‗sish tendensiyasiga ega. A.Smit kapitaldan keladigan daromad sifatidagi foizni inkor etadi, foydani esa tadbirkorlik riski (tavakkalchiligi) kompensatsiyasi va boshqaruv uchun to‗lov sifatida ko‗rsatib beradi. Shuningdek, u boylikni ko‗paytirishda pulning roliga alohida urg‗u berib o‗tadi. Jumladan, u shunday deydi, «jamiyat uchun natural ayirboshlashdan ko‗ra, pulli ayirboshlash foydali bo‗ladi». Odamlarning jamg‗armaga bo‗lgan tabiiy intilishlari, jamiyatga o‗z kapitalini ko‗paytirish imkonini beradi, negaki jamg‗arma investitsiyaning zaruriy sharti hisoblanadi. Kapitalning o‗sishi – millat boyligini ko‗paytirishning uchinchi (mehnat taqsimoti va puldan foydalanish bilan birga) asosiy omilidir: kapital qancha ko‗p bo‗lsa, ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko‗p bo‗ladi. Asosiy rol tejamkorlikka qaratiladi, noo‗rin sarf-harajatlar tanqid qilinadi, kapitalni isrof qilish, ya‘ni harajatlarning daromaddan ortiqcha bo‗lishiga qarshi bo‗lgan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi
A.Smit ta‘limotidagi asosiy g‗oya – bu iqtisodiy liberalizm g‗oyasi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirish g‗oyasi, erkin raqobat asosida tashkil
topadigan baho yordamida iqtisodiyotning o‗zini o‗zi boshqarish g‗oyasidir. Uning tushunchasi bo‗yicha, jamiyatda qachon shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya‘ni qachonki jamiyat manfaatlari uning a‘zolari manfaatlarining yig‗indisi deb qaralsa, shundagina bozor qonunlari iqtisodiyotga ko‗proq ta‘sir ko‗rsatadi. Odamlarning o‗z moddiy ahvolini yaxshilashga bo‗lgan tabiiy intilishi – bu shunday kuchli omilki, agar uning amal qilishiga xalaqit berilmasa, deydi u, unda u o‗z-o‗zidan jamiyatni farovonlikka olib kelishga qodir.
A.Smit xususiy tadbirkorlikni rivojlanishining ikki shartini ko‗rsatib beradi:

  1. Shaxsiy manfaat;

  2. Raqobat.

U monomorliyalarga qarshi chiqqan. Raqobat qancha kuchli bo‗lsa, monopolizm ehtimoli shuncha kam bo‗ladideb hisoblaydi. Davlat erkin raqobatzga aralashmasa, erkin raqobat cheklanmasa u do‗nyoning rivojlanishiga olib keladi.
A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo‗lib iqtisodiyotga ob‘ektiv, odamlarning irodasiga bog‗liq bo‗lmagan tizim sifatida qaraydi. Har bir rivojlangan mamlakatda juda kuchli, inkor etib bo‗lmaydigan iqtisodiy qonunlar amal qiladi. Iqtisodiy qonular amal qilishining muqarrar sharti, A.Smit tushunchasiga ko‗ra, erkin raqobat hisoblanadi. Olim iqtisodiyotda davlat sektori samarasizligini ko‗rsatib o‗tadi. U hukumatga qo‗yidagicha ta‘rif beradi: « Davlat birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o‗zgalar pulini esa hamisha o‗zingnikidan ko‗ra behuda sarflaysan». U davlatning faqat 3 funksiyasini tan oladi:

  1. Mamlakat xavfsizligini ta‘minlash,

  2. Adolatli sud qilish,

  3. Jamiyat uchun zarur bo‗lgan ijtimoiy korxona va muassasalarni ta‘minlash.

«Ko‗rinmas qo‗l» nazariyasi
A.Smit iqtisodiyot davlat boshqaruvidan xalos bo‗lsa, butun jamiyat rivojlanishining sabablarini tushuntirish uchun «ko‗rinmas qo‗l» nazariyasini foydalanadi. «Ko‗rinmas qo‗l» deb u bozor mexanizmiga ta‘rif beradi:
«Har bir alohida odam o‗z kapitalini uning mahsuloti eng ko‗p qiymatga ega bo‗ladigan tarzda ishlatishga intiladi. Odatda u jamiyat foydasiga yordam berishni ko‗zda tutmaydi, balki faqat o‗z manfaatini ko‗zlaydi… U o‗z manfaaatlarini ko‗zlagan holda jamiyat manfaatlariga ko‗proq xizmat qiladi».
Bozor mexanizmi asosida talab, taklif, mahsulotlar narxi va raqobat turishini isbotlab beradi. Bunda raqobat asosiy rol o‗ynaydi. U ishlab chiqaruvchilarni resurslardan samarali foydalanishga va haridorlar ehtiyojini hisoblashga majbur etadi.
Bozor iqtisodiyoti normal ishlab turgan sharoitda Smit nazariyasiga ko‗ra foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiradi.
A.Smit merkantilistlarning proteksionizm siyosatini tanqid qiladi. Uningcha, chetdan ancha arzon bahoga olib kelish mumkin bo‗lgan tovarni o‗zida ishlab chiqarish bema‘ni narsadir.
Uning nazariyasida qo‗yidagilar taklif etiladi:
Ishchi kuchining erkin harakati;
Ichki va tashqi savdo va sanoatda to‗la erkinlik (proteksionizmga qarshi) siyosati; Erkin yer savdosi, davlat ixtiyorida qolgan yerlarni xususiy shaxslar o‗rtasida taqsimlash;
4. Mustamlakalarda sanoat rivojini taqiqlashni bekor qilish.
A.Smitni iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi va undagi nazariy qarashlardan turli davlatlar, eng avvalo, Angliya hukumati, keyinchalik esa ko‗pchilik Yevropa mamlakatlari o‗zlarining iqtisodiy siyosatida foydalandilar.
Qiymat nazariyasi va bahoning shakllanishi.
A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy o‗zgarishlarning natijasidir, deb ko‗rsatib o‗tadi. Uz tadqiqotida A.Smit oldiga tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya‘ni uning qiymatini topish vazifasini qo‗ydi. U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, hiqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. «Qiymat»- bu buyumning foydaliligi, hamda uni boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Bunda u bir vaqtning o‗zida ikki har xil konsepsiyadan foydalandi. Birinchisi – tovarning qiymati faqat unga sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko‗p mehnat sarflansa, tovar shuncha qimmat bo‗ladi ( bu konsepsiya keyinchalik D.Rikardo va K.Marks iqtisodiy ta‘limotlarining asosini tashkil etadi). Ikkinchi konsepsiyaga binoan - tovar qiymatini yaratishda barcha ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, yer) qatnashadi. Shunga muvofiq tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va yer rentasidan tashkil topadi, ya‘ni ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. A.Smit o‗z qarashlarida bu ikkala konsepsiyadan foydalandi:
Ishlab chiqarish Taqsimot 1-rasm. Qiymatning ikki konsepsiyasi.
Smitning fikricha «Tabiiy baho» (qiymat) – bu shunday bahoki, unda mehnat, kapital va yer uchun to‗lanadigan normalar tarkib topadi. Bu tabiiy normalar halqlarning yashash sharoitlariga, geografik va tabiiy sharoitlariga va o‗ratcha harajatlar darajasiga qarab o‗rnatiladi. A.Smit fikriga ko‗ra esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – ob‘ektiv bozor qonunlarining amal qilishi natijasidir. Agar talab baklifdan kam bo‗lsa, bozor bahosi tabiiy bahodan past, agar talab taklifdan ko‗p bo‗lsa, bahoning oshishiga va taklifning ko‗payishini rag‗batlantiradi. Bunda bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab undan yuqori yoki past bo‗lishi mumkin.
Mehnat bozori va pul
A.Smitning ko‗rsatib berishicha, mehnat bozorida talab va taklifning mosligi kuzatiladi, chunki taklifning talabga moslashuvi nafaqat tovarlar bozorida, balki mehnat bozorida ham amal qiladi. Masalan, aholining o‗sishi ishchi kuchiga bo‗lgan talab bilan tartibga solinib turadi. Quyi sinflarda an‘anaviy ravishda bolalarning tug‗ilishi ko‗p bo‗ladi. Ammo ishchi kuchiga talab ortmasa, albatta, ish haqi past bo‗ladi va ularning ko‗pi kambag‗allikdan o‗lib ketadi.
Shuning uchun, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot – progressga yordam beradi, qulay va optimal degan masalaga to‗xtaladi. D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro mehnat taqsimoti to‗g‗risida fundamental fikrlar berdi.
Uning dastlabki «Oltin ajdahosi to‗g‗risida uch xat» (1809y.) hamda boshqa asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag‗ishlandi.
U Smitning g‗oyalarini qo‗llash bilan birga uni to‗ldirdi va qarshi fikrlarni ham ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-birlariga qaramaqarshi ekanligini ochib berdi (Smitda bu manfaatlar bir edi).
18 asr oxiri va 19 asrning boshlarida Angliyada sanoat to‗ntarilishi ro‗y berdi. Oqibatda sanoat tez o‗sdi, ishchilar soni ortdi, shaharlar ko‗paydi, lekin mehnatkashlarning qashshoqlanishi va ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi, ya‘ni differensiatsiya yuz berdi. Ish kuni 12-13 soatgacha uzaydi, mehnat sharoiti esa yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo‗shimcha qismiga aylandi, xalq ommasi kurashga otlandi, ludditlar (mashina sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga o‗t qo‗yildi. Ammo sanoat inqilobi davrida proletariat hali yagona, uyushgan sinfga aylanmagan edi. Rikardo sanoat inqilobi davrining iqtisodchisi sifatida maydonga chiqdi vash ular tufayli iqtisodiy ta‘limotni yuqoriroq pog‗onaga ko‗tardi (A.Smit esa manufaktura davrining iqtisodchisi edi).
Qiymat konsepsiyasi.
D.Rikardo o‗z konsepsiyasi asosida qiymat qonunini, ya‘ni tovarlarning qiymatini sarflangan mehnat bilan aniqlashni qo‗ydi. Unda u mantiqiy abstraksiya va ilmiy deduksiya usullarini keng qo‗lladi. U tovarning ikki faktori: iste‘mol va almashuv qiymatlarini yanada aniqroq o‗rgandi (masalan, nonni yeyish va sotish mumkin). Foydalilik, ya‘ni iste‘mol qiymati almashuv qiymatining zaruriy sharti deb ta‘kidladi. Tovarning qiymati uni yomon ishlab chiqarish sharoitida tayyorlashga ketgan jonli mehnat sarflari bilan hamda kapital va xom ashyoni ishlab chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bidlan o‗lchanadi. D.Rikardo ta‘limotiga ko‗ra, tovar qiymatini aniqlashda faqat uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflarini emas, balki uning sifatini (malakali va murakkab mehnatga ko‗p haq to‗lanadi), tovarni bozorga olib kelishga ketgan vaqtni, asosiy va aylanma kapitaldan foydalanish xususiyatini ham hisobga olish zarur. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog‗liq bo‗ladi.
Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat nazariyasi sarfli prinsiplarga asoslangan.
Renta va ish haqi nazariyalari.
D.Rikardo yer rentasi miqdorini tuproq unumdorligiga va uchastkaning bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog‗liq bo‗ladi, deb fikr yuritgan. Bu qoida keyinchalik differensial renta konsepsiyasi nomini oladi.
Smitning fikricha ish haqi mehnat unumdorligining natijasi, renta esa – yer unumdorligining natijasidir. Rikkardo ta‘limotiga ko‗qra ish haqi - mehnat sarflari natijasi, renta – kamyoblik, va yer uchuastkalarining harxilligi natijasidir.
D.Rikardo ta‘limotiga ko‗ra, mehnatning qiymati ishchining jismoniy jihatdan yashash va o‗z avlodini ko‗paytirish uchun zarur bo‗lgan hayotiy vositalar qiymati bilan aniqlanadi. Demak, real ish haqi – doimiy. Nominal ish haqi esa oziq-ovqat mahsulotlari bahosi oshishi sababli ko‗payishi mumkin.
Kapitalistlar erkin raqobat sharoitida ish haqi o‗sishini bahoga ko‗chira olmaydi va foydaning bir qismidan mahrum bo‗lishga majbur. Bu qoida katta ijtimoiy-siyosiy xususiyatga ega, chunki Smit ishchilarning ish haqi oshsa, baholar ham oshadi, degan fikrda bo‗lgan (real daromad o‗zgarmaydi). Ish haqi oshganda baholar o‗zgarmaydi, kapitalistlarning foyda me‘yori kamayadi.
«Asr stagnatsiyasi»
D.Rikardo o‗z ta‘limotida qo‗yidagi xulosaga keladi: «jamiyat evolyutsiyasi mehnatga bo‗lgan talabning ko‗payishiga olib keladi – bu esa aholining o‗sishini rag‗batlantiradi. Aholining o‗sishi yomon yer uchastkalarini ishlashga majbur etadi va shu bilan bir vaqtda oziq-ovqat mahsulotlari bahosining oshishini va yer rentasining ko‗payishini keltirib chiqaradi.Shungako‗ra dadbirkorer egasi va yollanma ishchilarning ish haqini oshiradi. Bunda tadbirkorning daromadi kamayadi. Bu esa foyda noromasining pasayishiga olib keladi. Foyda normasining pasayib borishi bilan birga investitsiyaga va ishlab chiqarishni kengaytirishga bo‗lgan qiziqish kamayadi. Natijada iqtisodiyot ertami-kechmi o‗z rivojlanishini to‗xtatadi. Bu «asr stagnatsiyasi»dir. D.Rikardo bu jarayonning oldini olishning qo‗yidagi yo‗llarini ko‗rsatib beradi:
Tug‗ilishni kamaytirish.
Texnika taraqqiyotini tatbiq etish;
Halqaro savdoni rivojlantirish, chet mamlakatlardan erkin don olib kelishni joriy etish
«Qiyosli ustunlik nazariyasi»
Xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda, u qiyosli ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har bir mamlakat o‗zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan harajatlari o‗rtasidagi farqni hisobga olgan holda tashqi savdodan foyda ko‗radi. Muayyan tovarni ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq bo‗lishi mumkin. Qiyosiy ustunlik nazariyasiga ko‗ra mamlakatlar harajatlarni hisoga olgan holda u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.
A. Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kеrkoldi shahrida bojxona chinovnigi oilasida dunyoga kеldi. Glazgo va Oksford univеrsitеtlarida ta`lim oldi.1759 yilda o`qigan lеktsiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag`ishlangan o`zining birinchi «Ahloqiy hissiyot nazariyasi» kitobni yaratdi. U 1766 yilda o`zining bosh asari -« Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo`lib, birinchisida qiymat va qo`shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg`arilishining shakllanishi davrida Еvropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida - kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to`rtinchisida- mеrkantilizm va fiziokratlarning ta`limotlariga munosabati, bеshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabatlar klassik (mumtoz) maktab qarashlarining asosini
tashkil etdi. Bunda «iqtisodiy odam» tushunchasi kеninroq paydo bo`lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar.
Smit o`z asarlarida va tadqiqotlarida odamlar ba`zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog`liq emas, dеgan xulosaga asoslandi. Ana shunday xususiyatdan biri egoizm bo`lib, odamlar o`z xo`jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Har bir odam o`z shaxsiy manfaatini ko`zda tutadi, ammo bu xolatda ko`p boshqa holatlardagi kabi, u «ko`rinmas qul» tomondan uning niyatida ham bo`lmagan maqsad sari yo`naltirildi.Smitning ta`rificha foyda kеtidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf kеltiruvchi faoliyat dеb qaraladi (sho`rolar davrida, markscha-lеnincha g`oyada tanqid qilinar edi). A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir dеb tushungan, shuning uchun kapitalistik munosabatlar adabiy, kapitalistik xo`jalik namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, dеb izohlaydi.Bu fikrni bozor munosabatlariga ham tadbiq etish mumkin. A.Smit abstraktsiya usulidan foydalanib qator chuqur ilmiy xulosalarga kеldi, hodisalarning ichki bog`lanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallеl ravishda u boshqa yo`ldan ham bordi, kapitalistik haqiqat to`g`risidagi bеvosita kuzatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi mеtod izotеrik, ikkinchisi- ekzotеrik usullar dеb ataladi.Mеhnat taqsimoti va pul to`g`risidagi ta`limot. Smit o`z davri uchun mos ravishda manufakturani ishlab chiqarishning eng ilg`or shakli dеb baholaydi, uning tarixan o`tkinchiligini tushunmaydi. A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g`oya yotadiki, unga ko`ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mеhnat tufayli paydo bo`ladi. A.Smit mеhnatni barcha sohalarda (sanoat,qishloq xo`jaligi, xizmat ko`rsatish sohalari) boylikning asosi dеb biladi. U kapitalistik ishlab chiqarishning manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progrеss (taraqqiyot)ning muhim omili mеhnat taqsimotidir, dеgan xulosaga kеldi. Birinchidan, mеhnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chaqqonligi va mohirligi oshadi. Ikkinchidan, bir turdagi ishdan boshqasiga o`tish uchun kеtadigan vaqt iqtisod qilinadi. Uchinchidan, mеhnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug`diradi, ya`ni takrorlanadigan jarayonlar mashina qo`llashga qulaylik yaratadi.
A.Smit asarida mеhnat taqsimotining salbiy tomonlari ham bеrilgan (bir xil mеhnat, toliqish) Manufakturadagi mеhnat taqsimoti va endigina rivojlanib kеlayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi. Smit tovar dunyosida pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko`rsatib bеrdi. Smit pulning muomala vositasi funktsiyasini boshqalarga nisbatan alohida ta`kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul tеxnik qurol bo`lib, iqtisodiy jaraеnlarni еngillashtiradi, uni «muomalaning buyuk g`ildiragi» dеb baholaydi. A.Smit qiymatning mеhnat nazariyasini V.Pеttining nazariyasiga nisbatan ancha chuqur va to`laroq ishlab chiqdi. A.Smit qiymatni daromad bilan ham tеnglashtirishga uringan. U aytadiki, ish haqi, foyda va rеnta har qanday daromadning, xuddi shuningdеk har qanday almashuv qiymatining dastlabki uch manbaidir. Dеmak, Smit kapitalizmiga xos yana bir qiymat- daromad nazariyasini o`ylab topdi, bu еrda daromad ish haqi darajasi, foyda, rеnta bilan aniqlanadi. qiymatni daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning mеhnat nazariyasiga qarama - qarshidir.Daromadlar to`g`risidagi ta`limotA.Smit jamiyat a`zolarining ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan munosabatlariga ko`ra uch sinfni ajratib bеrdi: ishchilar, kapitalistlar va еr egalari. Har bir sinf o`zining asosiy daromadini: ishchilar, ish hakini, kapitalistlar foydani, еr egalari esa rеntani oladilar. Ular o`rtasida nomuvofiqlik yo`q. Ish haqi, ya`ni ishchining daromadi Smitning fikri bo`yicha mеhnat mahsuloti bo`lib, mеhnat uchun to`lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy takror ishlab chiqarishda ham mеhnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab chiqaruvchi bilan yollanma ishchining daromadlarini bir dеb bildi. U oddiy takror ishlab chiqarishda «ish haqi» ishchining butun mеhnat mahsulotiga tеng. Smit ta`limotida ishchi kuchi dеgan katеgoriya yo`q, u kapitalist va ishchi o`rtasidagi munosabatda ishchi kuchi sotilishi jarayonini tushunmagan. Ammo ish hakining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi kuchining qiymatidan foydalangan, ish haqining miqdori to`g`risida gap borganda esa tirikchilik xarajatlari qiymati hisobga olinishi kеrak, dеydi. Smit foyda normasi va protsеnt (foiz)ning past darajasini iqtisodiy rivojlanish va «Millatning ravnaqi» ko`rsatkichi dеb xaraktеrladi, ammo foyda normasining pasayib borish tеndеntsiyasini tushuntirib bеra olmadi. Unumli va unumsiz mеhnat to`g`risidagi ta`limot.Smitda bu masala ancha mukammal tahlil etilgan. Fiziokratlarda qiymatning manbai u yoki bu konkrеt mеhnat shakllari emas, qaysi sohada bo`lishining farqi yo`q, balki umuman mеhnat ekanligini ko`rsatib bеrdi. Smitning fikricha, qiymat foyda umumiy ijtimoiy mеhnat bilan yaratiladi. Avvalo kapitalga almashuvni, ya`ni foyda yaratuvchi mеhnat unumli dеb e`lon qilinadi, maqsadidan qat`iy nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati unumsiz mеhnat xarajatlari dеb aytiladi. Unumli va unumsiz mеhnatning farqi shundaki, birinchisi kapitalga almashtiriladi.Tovarda o`z aksini topgan mеhnat unumli, xizmat sohalari unumsiz mеhnat bo`lib chiqadi (marjinalizmda boshqacha fikr). Smitning tasdiqlashicha davlat daromadining dеyarli hammasi unumsiz elеmеntlarni ta`minlash uchun sarf bo`ladi, shu sababli jamiyatda bunday guruhlar imkoni boricha kam bo`lishi kеrak, dеydi, ya`ni u arzon davlat tarafdori bo`lgan, bunga qo`shilish mumkin.
A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga katta e`tibor bеrdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik ta`minlashni, davlatning iqtisodiy haеtga aralashmasligini ta`rifladi, ammo mamlakat xavfsizligi iqtisodiyotdan ustun, dеyiladi. Smit mеrkantilizmga, shu bilan birga savdodagi protеktsionizmga (davlat tomonidan chеklashlar, soliq,bojxona va boshqalar), tashqi savdodagi har qanday chеklashlarga qarshi edi, dеmak erkin iqtisodiyotni qo`llaydi.
Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi uch omilni ko`rsatib bеrgan edi:
1. Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo`lishi va saqlanishi.
2. Mе`yoridagi еngil soliqlar tizimi.
3. Davlat iqtisodiyot ishlariga hadеb
aralashavеrmasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga
oshavеradi.


Adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q. T., Sharq, 1998.

  2. Afanasev V.S. David Rikardo. M., Ekonomika, 1988.

  3. Smit A. Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva narodov M., Ekonomika, 1993.

  4. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. T., Fan, 1997.

  5. Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 2002. 167-224b.

  6. Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi. O‗quv qo‗llanma. T., O‗zbekiston, 2003. 69-100b.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling