Adaptatsiya va guruhdagi jipslikni mustahkamlash
Download 27.18 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu 123
Mavzu: “Adaptatsiya va guruhdagi jipslikni mustahkamlash” trening dasturi (60 daqiqa) Treningdan maqsad: Talabalarda amaliy trening o’tkazish ko’nikmalarni rivojlantirish. Trening o’tkazish tartiblari haqida ma’lumotlar berish. Guruhdagi talabalarni o’zaro munosbatlarini o’rganish, ularda ijtimoiy muloqot, jamoaviy ishlash ko’nikmalarini yanada o’stirish. Psixologik topshiriqlar va relaksatsion mashg’ulotlar yordamida talabalarni o’zaro tushunish va fikrlarini hurmat qilish xususiyatlarini shakllantirish. I.Kirish 1.1Treninglar haqida qisqacha ma’lumot. (10 daqiqa). Psixologik treningning maqsadi va vazifalari. Treningning asosiy maqsadi: shaxsni psixologik (ruhiy) ozod qilish, bunda tabiiy erkinlikni his etishni, o’z guruhida va undan tashqarida o’zaro munosabat va aloqa o’rnata olishdan iborat. Trening shaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara, o’yin va mashqlar orqali o’tkaziladigan mashg’ulotlar yig’indisidir. Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi. Guruhni tashkil etish yoki yig’ish bosqichi. Boshlang’ich bosqich. Ishni olib borish bosqichi. Yakunlash bosqichi. Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo’lib, bunda quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak: -har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o’tkaziladigan maxsus treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo’lgan va psixik holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxasis uchun tushunarli. -guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha) bo’lgani ma’qul. -ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin. (Alohida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo’lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi mumkin). -ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi kerak. Bundan tashqari yana quyidagilarga e’tibor berish lozim bo’ladi: Treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak. Trening o’tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan bo’lishi shart, ya’ni hechkim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak. 1.2 Tanishuv. Ishtirokchilar doira shaklida o’tirishi maqsadga muvofiq. (5-7 daqiqa) Har bir ishtirokchi o’z ismi va ismining bosh harfiga biror ijobiy fazilat yoki sifat qo’shib aytadi. Keyingi ishtirokchi avval o’zidan oldingi ishtirokchilarning ismi va sifati, so’ngra o’zining ismi va fazilatini aytishi lozim. Eng so’nggida birinchi ishtirokchi barchani tanishtirishi kerak. 1.3 “men o’zimni yaxshi ko’raman, chunki men…” (10 daqiqa) Maqsad: o’zini o’zi konstruktiv (ijobiy) baholashni shakllantirish. Hamma doira shaklida o’tirib, o’zining eng ijobiy hislatlarini aytadi. II.Asosiy qism. 2.1 “orqama-orqa” (7-10 daqiqa). Ishtirokchilar xona bo’ylab harakat qiladilar. Boshlovchi tana a’zolaridan birining nomini aytadi, masalan “orqa” deydi. Shunda ishtirokchilar o’zlariga juft topib, bir biriga suyanishlari kerak. O’ziga sherik topa olmagan ishtirokchi esa o’rtaga chiqadi va o’yinni davom ettirish uchun boshqa tana a’zolarining nomini aytadi (masalan qo’l, oyoq, bosh barmoqlar, yelka va hokazo). 2.2 “bo’ron” mashqi (10 daqiqa). Ishtirokchilar doira bo’lib o’tiradilar, boshlovchi davra markaziga chiqadi va joy almashishlarini iltimos qiladi (kim alohida belgiga ega bo’lsa – oq ko’ylak, bo’yi balandlar, qora ko’zlar va hk). Agar, ishtirokchi aytilgan belgiga ega bo’lsa, joyini almashtirishi kerak yoki boshlovchi bo’lishi kerak. Boshlovchi faqat bilgan belgisini aytadi. Ishtirokchilar joylarini almashtirganlarida, u kimningdir joyiga borib o’tirishi mumkin. Stulsiz qolgan ishtirokchi boshlovchi bo’ladi. Agar ishtirokchi davrada uzoq vaqt o’tira olmasa, u “bo’ron” – deb, aytishi mumkin, o’shanda davrada o’tirganlarning barchasi joylarini almashadilar. 2.3 Jumlani davom ettiring! Psixolog o’quvchilardan berilgan qog’ozga gapni davom ettirib yozishlarini so’raydi. Masalan: “Menga yoqmaydi, qachonki, o’rtoqlarim…” “Guruhimiz zo’r bo’lar edi, agar o’rtoqlarim…” (15 daqiqa). Yozilgan javoblar yig’ib olinadi va tahlil qilinadi. Lekin kim qanday javob yozgani aytilmaydi. Mashqdan kutiladigan natija guruhda bolalarning bir-birlari bilan do’stona munosabatini yaxshilash, xulq-atvorlarining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilish. III Yakuniy qism. 3.1 Tilaklar-komplimentlar aytish (5 daqiqa). Ishtirokchilar ikkita doiraga bo’linib, bir-birlariga chiroyli tilaklar, yoqimli komlimentlar aytadi, boshlovchi qarsak chalganda tashqaridagi doira bitta ishtirokchidan aylanib, siljiydi. Tashqari aylanada barcha tilak aytib bo’lgach ichkari doiradagi ishtirokchilar tilak aytishni boshlaydi va avvalgidek davom etadi. 3.2 Refleksiya. Ishtirokchilardan trening mashg’uloti haqida fikrlari, taassurotlari tinglanadi. Barcha ishtirokchilar mashg’ulotdan nimalar olgani haqida aytib beradi. Download 27.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling