Adilov farxod abduvaliyevich
O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati
Download 384.96 Kb.
|
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)
3. O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati.
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxolifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatining o‘sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukmronligi davrida XX asr boshlaridayoq Vatanimizda shakllana boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari yo‘q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va „Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida“ gi Qonunda jamoat birlashmalarining huquqiy maqomlari belgilab berildi. Konstitutsiyaning 56- moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilgan. O‘zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasining „Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“gi (1996 yil 25 dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi. Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: • o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish; • qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; • partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; • O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish; • O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan huquqlarga ham ega. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik shakllandi, jamoat tashkilotlari tubdan yangilandi. Xozirgi kunda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Siyosiy partiyalar mamlakatimiz fuqarolarining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining, ayniqsa, saylov jarayonlarida xohish-irodasi va fikrini ifodalash vositasiga aylanib bormoqda. 2007 yilda qabul qilingan „Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida“gi Konstitutsiyaviy qonun siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi. Bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, mahalliy ken-gashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqlari berildi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi. Download 384.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling