Adilov farxod abduvaliyevich
-MAVZU: O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQOROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR
Download 384.96 Kb.
|
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
6-MAVZU: O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQOROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR
Reja: O’zbekistonda fuqorolik jamiyat asoslarining yuzaga kelishi. O’zbegistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar va ijtimoiy sherikchilik Mahalliy davlat hokimyatchiligi, fuqorolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini tashkil etilishi va saylov tizimi Sud-huquq tizimidagi islohotlar Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: fuqorolik jamiyat, nodavlat-notijorat tashkilotlar, fuqorolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, saylov tizimi, Sud-huquq tizimi, Mahalliy davlat hokimyati. O’zbekistonda fuqorolik jamiyat asoslarining yuzaga kelishi. Mamlakatimizda mustaqillik tufayli boshlangan keng qamrovli demokratik islohotlar insonlarning huquq va erkinliklarini izchil va uzluksiz takomillashtirishda yangi davrni boshlab berdi. Inson erkinliklari va manfaatlarini ifodalashga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli bir qator yutuqlarga erishilib, inson huquqlariga oid qonun hujjatlari tizimi izchil takomillashtirildi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Inson huquqlarini ta’minlashning tom ma’nodagi huquqiy asosini yaratdi. Asosiy qonunning ikkinchi bo’limi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag’ishlanib, 18-moddasida Respublikamizdagi barcha fuqarolar huquqlarining tengligi kafolatlandi. Mamlakatimizda Ombudsman institutining shakllanishi esa huquqiy -demokratik davlat qurishda yangi bosqichni boshlab berdi. Avvalombor ushbu tuzilmaning shakllanishi va taraqqiyoti xususida so’z yuritishdan oldin, uning mazmun hamda mohiyatiga to’xtalish muhim. Umuman «Ombudsman» so’zi shvedcha “vakil”, “agent”, “delegat”, “advokat”tushunchalariga hamohang,biror kishining vasiysi, biror kishining nomidan ish ko’ruvchi ma’nolarini anglatadi. Uning mohiyati quyidagicha: “Ombudsman inson huquqlariga amal qilinishini nazorat qiladi. Agar prokuratura organlari inson huquqlariga amal qilinishini faqat qonun asosida nazorat qilsa, Ombudsmanlar maqsadga muvofiqlik, vijdonlilik, adolat nuqtai nazaridan nazorat qiladi”. Oliy Majlisda Inson huquqlari bo’yicha vakillik (Ombudsman) institutini tashkil etish zarurati ilk bor 1995 yil 23 fevralda bo’lib o’tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ilgari surildi. SHu tariqa mamlakatimiz mustaqillik yillari tarixida ilk bor 1995 yilning 23 fevralida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili tashkil etildi. Inson huquqlari bo’yicha vakil zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishga ko’maklashish maqsadida 1995 yil 6 mayda Oliy Majlis tomonidan “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili huzurida Fuqarolarning konstutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasini tuzish to’g’risida”gi 88-1-sonli qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga ko’ra Inson huquqlari bo’yicha vakil huzurida jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha 10 kishidan iborat komissiya tasdiqlandi. Ombdsman instituti faoliyatining yanada takomillashuvida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999 yil 14ـaprelda Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi ma’ruzasidagi quyidagi fikrlari muhim ahamiyat kasb etdi: “Insoniy mezonlar, hukumatga qarashli bo’lmagan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalalari bo’yicha yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim. Respublika mintaqalarida Inson huquqlari bo’yicha vakil samarali faoliyat ko’rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, Ombudsman institutining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash zarur”. 1999 yilning 12 avgustida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 798-1-sonli “Insonning konstutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha komissiyasi tarkibiga o’zgartirish kiritish to’g’risida” gi qarori bilan komissiya tarkibiga yana 10 nafar komissiya qo’shilib, Ombudsmanning mintaqalardagi vakillik instituti vujudga kelishi uchun ilk «tamal tosh»i qo’yildi. Parlament Vakil va Komissiyaning asosiy faoliyati esa Oliy Majlis Kengashi tomonidan 1995 yil 29 avgustda qabul qilingan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili to’g’risidagi nizom bilan tartibga solindi. Nizomda Vakilning saylanish tartibi, uning asosiy vazifalari, shikoyatlarni taqdim etish (Vakilga) va ko’rib chiqish tartibi, Vakilning va shikoyat etuvchining huquqlari hamda Inson huquqlari bo’yicha vakil huzurida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha komissiyaning Vakilga o’z faoliyatini amalga oshirish jaryonidagi vakolatlari belgilandi. Lekin bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, ushbu Nizom Ombudsman faoliyatining to’liq huquqiy asosini tashkil eta olmas edi. Birinchidan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili to’g’risidagi Nizom qabul qilingan bo’lsaـda, ushbu Nizom qoidalari hali milliy qonunchiligimizda o’zining to’liq kafolatiga emas edi. Ikkinchidan, Nizomning 6‑bandida vakil hokimiyat vakillik organlarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko’rib chiqmaydi degan qoidaning kiritilishi Ombudsmanning inson huquqlarini ta’minlashga doir vakolatlarini cheklar edi. CHunki bugungi kungacha ham Ombudsmanga kelib tushayotgan murojaatlarda hokimiyat vakillik organlari faoliyatidan qoniqmaslikka doir arizalar anchani tashkil etmoqda. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili institutining, huquqparvar jamoat tashkilotlarining mavqei va maqomini ko’tarish zarur. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi mavjud Ombudsman instituti, Jamoatchilik fikri instituti, Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti, Inson huquqlari milliy markaz singari tashkilotlarni rivojlantirish hamda boshqa yangi institutlarni tashkil etish lozim. Bir so’z bilan aytganda, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini boshqarish va nazorat qilishning yangi samarali mexanizmlarini barpo etish zarurati etildi”. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili to’g’risidagi qonunining loyihasi ustida 1996 yilda ish boshlandi. Unda Oliy Majlis deputatlari, respublikamizning huquqshunos olimlari, chet ellik ekspertlar ishtirok etdilar. Qonun loyihasini tayyorlashda chet el Ombudsmanlari tajribasi, shuningdek, 1996 yil sentyabr’ oyida Toshkent shahrida yeXHTning "Inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar" mavzusida o’tkazilgan seminar-kengashda chet ellik mutaxassislar bildirgan taklif va fikr-mulohazalar hisobga olindi. Inson huquqlari bo’yicha vakil to’g’risidagi Qonun loyihasi 1997 yil 14 fevralda umumxalq muhokamasi uchun "Xalq so’zi" va "Narodnoye slovo" gazetalarida e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 aprelda bo’lib o’tgan sakkizinchi sessiyasida esa "Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun 20 moddadan iborat bo’lib, qonun inson huquqlari bo’yicha vakilning huquqiy holatini tartibga soldi va uning asosiy faoliyat sohasi hamda tamoyillarini, lavozimga saylanish, lavozimdan ozod etilish tartibini, fuqarolar shikoyatlari va arizalarini ko’rib chiqish bo’yicha vakolatlarini, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi huquq va majburiyatlarini, uning daxlsizligi va moliyaviy ta’minotlari masalasini belgiladi. Inson huquqlariga rioya etilishi sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish, inson huquqlari bo’yicha vakil bilan Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalarining o’zaro hamkorligi tizimini yaratish hamda nazorat asosiy faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida 2000 yilda Ombudsman tomonidan o’zaro hamkorlik konsepsiyasi, shuningdek, Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalarining nazorat ishlarini hisobga olgan holda nazorat asosiy faoliyat rejasi ishlab chiqildi. Ayniqsa 2001-2010 yillarni o’z ichiga olgan davr Ombudsman instituti faoliyati uchun muhim qadam bo’ldi. Mazkur bosqichda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili institutining oyoqqa turishi uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Vakil vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtirildi. Tadrijiylik asosida mustahkamlanib borayotgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakil instituti dastlabki yillarda O’zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlanmagan edi. Ombudsmanga konstitutsiyaviy maqom berishning dolzarbligi va uning mohiyati masalasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili S.Rashidova tomonidan asoslab berilgan edi. 2003 yil 24 aprelda O’zbekiston parlamenti Konstitutsiyaga o’zgartirishlar va to’ldirishlar kiritish to’g’risida Qonun qabul qildi, unga ko’ra, Konstitutsiyaning 78-moddasiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakilini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylash to’g’risida 16‑band kiritildi. Ushbu qoida Ombudsmanga konstitutsiyaviy maqom berilganligini ko’rsatadi. Nihoyat Oliy Majlisning 2004 yil 27 avgustdagi o’n beshinchi sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) to’g’risida”gi Qonun parlament Vakilini isloh qilishni hamda ijtimoiy hayotda erkinlashtirish va demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda yangi loyihada qabul qilindi. YAngi Qonun tuzilish jihatidan Muqaddima va 22 moddadan tashkil topib, Qonunchilik palatasiga saylovlar va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatinining shakllanishi natijalari bo’yicha 2005 yil yanvar oyida kuchga kirdi. Qonunda parlament palatalari maqomlari to’g’risidagi yangi qonunlar qoidalari, shuningdek, Ombudsman faoliyatining amaliyoti, inson huquqlari bo’yicha milliy institutlariga oid xalqaro standartlar, Ombudsman maqomini huquqiy belgilash bo’yicha horijiy tajribalar hisobga olindi. Vakillik institutining taraqqiyoti va takomillashuvida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 mayda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar dasturi to’g’risida”gi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu farmonda va uning ilovasida inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan milliy institutlar, jumladan, Ombudsman institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning samarali ishlashi uchun zarur boshqa shart-sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) to’g’risida”gi Qonunni amalda tatbiq etilishini o’rganish va zarur takliflarni ishlab chiqish vazifalari belgilab berildi. Yuqoridagi farmondan kelib chiqqan holda, 2008 yil 30 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Kengashining va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo’shma “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) kotibiyati faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” gi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Inson huquqlari bo’yicha milliy institutlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari kompleksi to’g’risida” gi qarorlari qabul qilinib, unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili kotibiyatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zahira jamg’armasidan asoslangan hisob-kitoblar bo’yicha zarur zamonaviy ofis mebeli, avtotransport, komp’yuter texnikasi, dasturiy vositalar va boshqa moddiy-texnika vositalari, Davlat byudjetidan Vakil va uning Kotibiyatining joriy ta’minoti, bosma materiallar chiqarish, axborot nashrlari va adabiyotlarga obuna bo’lish, xalqaro Ombudsman institutlariga a’zolik badallari to’lash, Vakil va uning Kotibiyati xodimlarining xalqaro forumlar ishida qatnashishi uchun har yili mablag’lar ajratilishini, shuningdek, Internet tarmog’i bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilib, 2008 yil 25 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun qabul qilinib, u 2009 yilning 27 martida Senat tomonidan ma’qullandi va 2009 yilning 10 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi. SHu tariqa mamlakatimizda Ombudsman institutining shakllanishi va faoliyati mamlakatimizda qonun va inson huquqlari ustivorligini ta’minlashda muhim axamiyat kasb etdi. Bu esa fuqarolarning tengligi, erkinligi kabi tamoyillarning amalda to’liq ta’minlanishi uchun hamda fuqarolik jamiyatini qurish jarayonlarida har tomonlama boshqa institutlarga nisbatan jamiyat a’zolariga yaqinligi fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga bo’lgan zaruratni oshirishga imkoniyat yaratdi. Download 384.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling