Adilov farxod abduvaliyevich
Bozor infratuzilmasi deganda
Download 384.96 Kb.
|
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, ularni samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi.
Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari yaratildi. Bozor munosabatlarini shakllantirishda birjalar alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq „Respublika ko‘chmas mulk birjasi“, „Tovar xomashyo birjasi“, „Toshkent fond birjasi“ tashkil etildi. Bu tarmoq yanada rivojlantirildi. 1991-2000 yillarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma - yangi bank tizimi, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“, „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi qonunlarda banklarning maqomi va faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qiluvchi maqomga ega. Tijorat banklari ixtisoslashtirildi. Mustaqillikning dastlabki yilida 6 ta bank faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2010-yilda 31 ta tijorat banklari, ularning 810 ta filiali aholiga xizmat ko‘rsatdi. Viloyat, shahar va tumanlarda aholiga xizmat qiluvchi minibanklar ochildi. Minibanklar soni 2011-yil boshlarida 4000 dan oshdi. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari qo‘yish va chet el sarmoyalarini jalb qilishda banklar faol qatnashmoqdalar. Tijorat banklarining iqtisodiyotning real sektoriga kreditlar berish imkoniyati, moliya bozoridagi ishtiroki yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. To‘lovlarni naqd pulsiz plastik kartochkalar vositasida amalga oshirish tizimi yaratildi. So‘mdagi plastik kartochkalar 1996 yilda paydo bo‘ldi. 2011 yilda muomaladagi bank plastik kartochkalari soni 8 million donani tashkil etdi. Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida plastik kartochkalariga xizmat ko‘rsatadigan terminallar soni 86 mingtaga yetdi. Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo‘lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi „Kafolat“, „Agrosug‘urta“, „O‘zbekinvest“ kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Ko‘plab xususiy sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002 yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yo‘nalish bo‘yicha sug‘urta xizmati ko‘rsatmoqdalar. „Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunningqabul qilinishi (2002), Prezident farmoni bilan 2002 yil 1 fevralidan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o‘zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina emas, ma’lum ixtisosga ega bo‘lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlari ko‘rildi. Respublika „Mehnat birjasi“ va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularni kasbini o‘zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga e’tibor berildi. 1993 yilda Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, 1998 yilda bu ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2000 yilda faqat kichik va o‘rta biznes rivoji hisobiga 192,5 mingta, 2001 yilda esa 372 mingta, 2002 yilda 370 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq, narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg‘armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar muntazam suratda oshirib borildi. Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining „Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida“ gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vazirligi tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish bosh boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi va unga amal qilinmoqda. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va unga xiz-mat qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor infratuzilmasi yaratildi. Download 384.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling