Adilov farxod abduvaliyevich
O’zbekiston xalq xo’jaligining yangi istiqbollari
Download 384.96 Kb.
|
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “2016-2020 yillar davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”
4. O’zbekiston xalq xo’jaligining yangi istiqbollari
2019 yil O‘zbekistonda“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanishyili”, deb e’lon qilindi. Bu borada Davlat Dasturiga muvofiq, mamlakatda biznes va xususiyta dbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman v shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi yettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshila shorqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalbe tish masalalari keng o‘rin olganligi istiqbolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada taraqqi yettirish vazifasini qo‘ymoqda. 2017 yilda esa ko‘zlangan rejaga muvofiq sanoatni (5440 taloyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingtaloyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda qishloq xo‘jalik sohasi bilan bog‘liq 25 minga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 256, 4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishilishi ko‘zlangan . Vaholanki, mamlakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotniliberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-tamoyillarini qisqartirish hamda soddalashtirish maqsadida 2018 yil 1 avgustda “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni e’lon qilindi. Farmonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investitsiyalarning bu boradagi davlat siyosatining izchillgiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga asosiy urg‘u berilgan. Unda shuningdek, qator yillar mobaynida sohadagi dolzarb muammolar ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular orasida ayniqsa joylarda, investorlarning qo‘llab-quvvatlanmasligi, buborada tegishli vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar hali hamma vjudligi, soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan. Agar raqamlarga murojaat qilsak, 2017 yilgacha 90 dan ziyod mamlakatning xorij mablag‘lari ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxonalari faoliyat yuritgan edi. Har yili jalb qilinayotgan investitsyalarning 20 foizini xorij investitsiyalari va kreditlari tashkil etgan. Masalan, mamlakatimizning investitsion loyihalarni amalga oshiruvchi asosiy chetel hamkorlariga “Djeneralmotors” , “Boing” , “Xonevell” , “Eyrbas” , “MAN” , “Klaas” , “Knauf” , “Lemken” , “Nestle” , “Teknip” , “ABB” , “Maksam” , “Isuzu” , “Itochu” , “Mitsibisu” , “Xitachi” , “Marubeni” , “Xyunday” , “Samsung” , “Eldji” , “Lottekemikal” , “Xuavey” , “SiEnPiSi” , “SITIK” va boshqa ko‘plab kompaniyalar kiradi. 2017 yilgacha O‘zbekiston iqtisodiyoti deyarli olti martaga, aholining real daromadlari esa to‘qqiz martaga yaqin o‘sdi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot ulushi 6,9 martagacha ortdi, buesa, O‘zbekistonga o‘rta darajadagi daromadli davlatlar qatoriga kirish imkonini berdi. O‘shanda jahon bankirey tingigabinoan iqtisodiy darajasiga ko‘ra, O‘zbekiston 190 mamlakat orasida 63 o‘rinni egalladi. Butun jahon iqtisodiy forum bahosiga ko‘ra, 2014 va 2015 yakuni va 2016-2017 yillar o‘sish prognozlari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda eng tez rivojlanayotgan beshta davlatdan biri hisoblanishi qayd qilingan. Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlaria holi o‘rtasida daromadlarni nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanishini ta’minlagan edi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, 2002 yilgacha respublikaga 12 mlrd AQSH dollaridan ortiq investitsiya kiritilgan. Yoki xorijlik fuqarolar va tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan qo‘shmakorxonalarga jalb qilingan investitsiyalar ulushi 2000 yildagi 6,9 % dan 2001 yilda 26,0 % ga, ya’ni 3,7 baravaroshgan. Respublika bo‘yicha 2007-2011 yillarda umumiy investitsiyalar ham jmida xorijiy investitsiyalar ulushi 22-25% ni tashkil qildi. Lekin hali ham xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ko‘ngilagidek, deb bo‘lmaydi. Agar mustaqillik yillaridagi statistik ma’lumotlarga e’tiborqaratilsa, jumladan, 2002 yilgacha respublikaning 31 tumanida xorijiy investitsiyalar ishtirokida birorta ham korxona tashkil etilmagan. Agar 2000 yilning boshida 143,5 ming korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2002 yilda yurtimizda 240 mingta o‘rta va kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatgan. SHulardan 85 mingtasi fermer xo‘jaliklaridir. Xususiy sektor aholining 30%ni ish bilan ta’minladi. Xususiy korxonalarni YAIMdagi ulushi 35% bo‘lgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan kichik biznes va xususiyta dbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining roli esa bu borada oshib bormoqda. Jamg‘arma tomonidanta dbirkorlik sub’ektlariga o‘z tovar va xizmatlarini tashqi bozorlarga chiqarish bo‘yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatilgan. O‘zaro tuzilgan shartnomalara sosida 2015 yili qiymati 840 million dollardan ziyod tovarlar eksport qilingan15. Jamg‘arma ko‘magida 2016 yilda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 1 milliard 250 million dollar miqdoridagi eksport shartnomalari tuzilgan. Ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistonning bugungi imkoniyatlari nuqtai nazaridan olib qarganda albatta past. Shu boisdan, Preziden to‘zining “Tanqidiy tahlil qat’iytar tibi ntizom va shaxsiy javobgarlik–har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomlikitobidamuhimvazifalardanbirisifatida–«O‘z tadbirkor eksport» va «O‘zsanoat eksport» aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksporti bilan bog‘liq kamida 1 milliard 500 milliondollarlikeksportnita’minlashikerakliginiuqdirganedi16. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi maxsulotlari etishtirish hajmining o‘sishi o‘rtacha 6 7 foizdan kam bo‘lmagan. Birgina 2015 yilda dalalardan 7.3 million tonnadan ortiqdon, 12,8 mln tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki million tonna poliz mahsulotlari, qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million tonnadan ziyod uzum mahsulotlari yig‘ishtirib olindi. Go‘sht ishlab chiqarish hajmi 2014 yilga nisbatan 106,7 sut ishlab chiqarish 107,1 tuxum ishlab chiqarish 111,1 foizni tashkil etdi. Bu qishloq mehnatkashlari, soha mutaxassislari va mutasaddilarining qilgan mehnatlari samarasidir. 2017 yilgacha yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer ho‘jaliklari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 36 mingdan ortig‘I ko‘p tarmoqli yirik sub’ektlarga aylandi. Buning quvonarli jihati shundaki, ayni paytda ular faqatgina dehqonchilik yoki chorvachilik bilan cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy texnalogiyalar, ixcham qayta ishlash uskunalarini jalb etgan holda, qo‘shimcha tarmoqlarni o‘zlashtirishga harakat qilishayapti. O‘zbekistonda etishtirilgan meva sabzavotlariga bo‘lgan talab dunyo miqiyosida talab ortib bormoqda. Shu bois ham, hukumat tomonidan istiqbolda oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentning 2015 yil 29 dekabrdagi “2016-2020 yillar davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim dasturilamaldir. CHunki, bu hujjatda tuproq unumdorligi nisbatan past, suv ta’minoti og‘ir, kam rentabellik maydonlariga paxta va g‘alla o‘rniga meva-sabzavot, kartoshka, moyli, ozuqabop ekinlar ekish vazifasi belgilab berildi. Ularning amalga oshirilishi natijasida yaqin beshyilda boshoqli don etishtirish hajmini 8,5 mln tonnaga etkazish, kartoshka etishtirishni 35% ga, sabzavotlarni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‘sht etishtirishni 26,2 foizga, sutni 43,7 foizga, tuxum etishtirishni 74,5 foizga ko‘paytirish, baliq etishtirishni 2,5 martaga oshirish mo‘ljallanmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 40 foizdan ortig‘Ini chorvachilik mahsulotlari tashkil etadi. Ushbu sohada ham erkin bozor mehanizmlari shakllantirilgani, ko‘plab imtiyozlar berilayotgani natijasida chorva mollari bosh soni va chorvachilik ishlab chiqarish hajmi muttasil ortibboryapti. Chorvachilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini ko‘paytirish maqsadida keyingi 10 yil mobaynida Polsha, Avstriya, Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlardan 60 mingdan ko‘proq naslli qoramollar olib kelindi. Bugungi kunda agrar sohada salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi va hali bu borada qator muammolar borligi barchaga ayon. Agrar sohada zamonaviy fan-texnikani puxta biladigan trener-o‘qituvchilarni tayyorlovchi maxsus kurslarning muttasil ishlab turganligiga qaramay, yuqorida ko‘rsatilgan o‘qitish tizimlarida mahoratli, bilimli pedagog kadrlarning etishmasligi ham dolzarb muammolardan biridir. Shu boisdan yoshlarninga grrarsohada biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalarivaloyihalariniro‘yobgachiqarishgako‘maklashishvaqo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan «YOshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi qabul qilindi. SHuningdek, «Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida ularning oila a’zolariga issiqxona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3 yillik muddatga, 6 oyliki mtiyozli davr bilan, yillik 7 % stavkasi miqdorida kreditlara jratilishi o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini oshirishga xizmat qiladi. Download 384.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling