Adilov farxod abduvaliyevich


Download 384.96 Kb.
bet61/84
Sana18.06.2023
Hajmi384.96 Kb.
#1560274
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84
Bog'liq
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)

Savol va topshiriqlar
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi qachon tashkil topdi?
2. Suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlar bayrog’i qachon tasdiqlandi?
3. Suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlar gerbi qachon tasdiqlandi?
4. Suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlar madhiyasi qachon tasdiqlandi?
5. Suveren Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon tasdiqlandi?
6. O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy holati haqida nimalarni bilasiz?
7. Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun chiqaruvchi hokimiyati qanday tarkibiy tuzilishga ega va uning xususiyati?
8. Qoraqalpog’iston Respublikasining ijro hokimiyati qanday tarkibiy tuzilishga ega va uning xususiyati?
9. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasida qanday sanoat korxonalari barpo etildi?
10. Qoraqalpog’iston Respublikasining ijtimoiy hayotidagi asosiy muammolar nimalardan iborat edi?
11. Qoraqalpog’iston Respublikasining xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlardagi asosiy hamkor davlatlari qaysilar?
12. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasining ma’naviy-madaniy hayotida qanday tub burilishlar ro’y berdi?

13-MAVZU: O’ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI
REJA.
1. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishiva xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi
2. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.
3. O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi

  1. Faoltashqisiyosat: O‘zbekistonnningjahonhamjamiyatigatoboraintegratsiyalashuvivarivojlanishstartegiyasi.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Tashqi siyosat, BMT, MDH, SHHT, Yevropa Ittifoqi, Markaziy Osiyo, Integratsiya, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi


1. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan teng huquqlilik asosida diplomatik, savdo, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hamkorlik qilish yo‘lini tutdi. Xususan 2010 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston dunyoning 120 dan ortiq davlati bilan diplomatik aloqalari o‘rnatdi. Toshkentda 42 ta davlat elchixonasi, 1 ta bosh konsulxona, 9 ta faxriy konsullik, 10 ta xalqaro tashkilot vakolatxonasi, 5 ta xalqaro moliyaviy tashkilot vakolatxonasi, 3 ta savdo tashkiloti vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.
Eng muhim voqealardan biri 1992 yil 2 martda O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘ldi. 1993 yil BMT Bosh Assambliyasining 48-sessiyasida Prezident I.A.Karimov ma’ruza qildilar. 1995 yil BMTning 50 yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning tantanali yig‘ilishida asosiy e’tibor bu tashkilotning faoliyatini yanada keng aytirish bilan bir qatorda, yana mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalariga qaratildi. Shubilanbirga Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari uchun o‘ta dolzarb masala Orol muammosining ko‘tarilishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Shu bilan birga O‘zbekiston jahon jamoatchiligini tashvishga solayotgan xalqaro muammolardan biri bo‘lgan terrorizm, uyushgan jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish, diniyekstremizm masalalariga o‘z e’tiborini qaratdi. Davlatimiz rahbari o‘tgan vaqt davomida dunyoning ko‘pgina notinch mintaqalarida, jumladan, Afg‘oniston hududi daildizotgan diniy aqidaparastlik vaterrorizm xavfidan jahon jamoatchiligini birinchilardan bo‘lib ogohetdi. 1993 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida, 1995 yil 2 martida Kopengagendagi xalqaro konferensiyasida bu borada o‘z takliflari bilan chiqdi.
1995 yil 15 sentyabrda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent seminar kengashida, 1995 yil 24 oktyabrda BMTning 50 yilligiga bag‘ishlangan maxsus tantanali yig‘ilishda, 1999 yil 18 noyabrda EXHTning Istanbul sammitida, 2000 yili BMT Bosh Assambleyasining sammitida va boshqa nufuzli anjumanlardagi chiqishlarida O‘zbekiston rahbariI.A.Karimov Afg‘onistonning dahshatli vayronkorlik kuchiga ega xalqaro terrorizm o‘chog‘iga aylanib qolganidan dunyo jamoatchiligini ogohlantirdi. Buxatarning oldini olish bo‘yicha ko‘plaba maliy choralarni taklif qildi.
Birinchi galda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda barcha davlatlarni birlashishga da’vatetdi. Aynan ushbu g‘oyaning amaliy natijasi o‘laroq 2001 yil 28 sentyabrda BMT Xavfsizlik kengashi doirasida terrorchilikka qarshi kurash qo‘mitasining tashkil etilishi bilan uamalda o‘zi fodasini topdi. Afg‘oniston mintaqa va xalqaro xavfsizligiga eng katta xavflarddan biri ekanligini ta’kidlab, uzoq yilladan buyon ushbu masala yuzsidan ilgari surilib kelinayotgan 6+2 dasturini 6+3 ga aylantirish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbusiI. Karimovning 2008 yil 3-4 aprelkunlari NATOning Buxaristdagi samitida ilgari surildi.
O‘zbekiston Respublikasi NATOning kollektiv xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» loyihasini 1994 yilning iyul idaimzoladi hamda 1995 yilning iyul oyida ushbu dasturga qo‘shildi. 1995-2001 yillar mobaynida «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dastur idoirasida o‘tkazilgan harbiy o‘quv mashqlarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bo‘linmasining tinchlikni saqlash kuchlari o‘ndan ortiq harbiy o‘quv mashqlarida qatnashdilar.
O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 1999 yil 23-25 aprelkunlari AQSHga hamda NATOning 50 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etishi mamlakatimizning ertangi kuni uchun muhim ahamiyat kasbetdi. O‘zbekiston – NATO munosabatlariga va uning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturida hamkorlik qilish, bu NATOga a’zo bo‘lish emas. O‘zbekiston – NATO munosabatlarininga slmohiyati davlatimizning xavfsizligi va tinchligini ta’minlash, qolaversa mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan iborat ekanligini ta’kidlandi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning "Tinchlik yo‘lida hamkorlik" Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, "NATO bilan hamkorlik qilish harbiy-siyosiy voqealardan xabardor bo‘lib turish, bu uyushma doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ishlanmalardan bahramand bo‘lish uchun imkon beradi". NATOB oshkotibi X.Solanava AQSHning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O‘zbekistonga tashriflari O‘zbekiston va mazkur tashkilot o‘rtasidagi tinchlik yo‘lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko‘rsatdi.
1992 yil 26 fevralda O‘zbekiston yana bir nufuzli tashkilot EXHT ga a’zo bo‘ldi. Shu bois 1994 yildan O‘zbekistonning EXHTdagi vakolatxonasi Venada, 1995 yildan esa EXHTning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari bo‘yicha byurosi Toshkentda faoliyat yuritmoqda. 1999 yilda ushbu byuroga EXHTning mintaqadagi markazi maqom berildi. Markaz faoliyati nazariy jihatdan siyosiy-harbiy, iqtisodiy-ekologik va inson xuquqlari kabi sohalarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
O‘zbekistonning 1996 yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi. Anjumanda O‘zbekiston xavfsizlik muammosiga doir o‘zqarashlarini bayon etish huquqiga ega bo‘ldi. Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qildi. 1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvda Prezident xalqaro terorrizmga qarshi markazini tuzish taklifi bilan chiqdi.
1996 yilning boshlarida O‘zbekistonda Britaniya Kengashi bo‘limining ish boshlashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytarish yo‘lidagi yangi qadam bo‘ldi. O‘zbekistonning Niderlandiya, Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, SHveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Evropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‘rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O‘zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqe abo‘ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo‘lib qolmay, O‘zbekistonning Evropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat – Shveysariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. 1995 yil oktyabrda Jenevada "O‘zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun imkoniyatlar" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Shu yil noyabr oyida esa Londonda o‘tgan "O‘zbekistonda biznes" konferensiyasida iqtisodiy islohotlarning xususiyatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida integratsiyalashish yo‘lidan borib, Jahonbanki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan ham korlikni yo‘lga qo‘ydi. Shu bilan birga O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolala rfondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi kabi yana bir qancha tashkilotlarga a’zo bo‘ldi.
O‘zbekiston 2001 yilning iyun oyida «Shanxay xalqaro hamkorlik tashkiloti»ga a’zo bo‘ldi. Unga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izstonva Tojikiston Respublikalari ham doimi ya’zodirlar. Bugungi kunda izchil faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro siyosiy-iqtisodiy tashkilotlar xaqida so‘z yuritilganda, shubhasiz, birinchi navbatda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tilga olinmoqda. Dastlab “Shanxay beshligi” deb nomlangan bu tashkilotga 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lib qo‘shilgach, “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti” deb ataladigan bo‘ldi. Ayni paytda unga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izston Respublikalari rasman a’zodirlar.
Tashkilotning “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” imzolangan bo‘lib, 2002 yili yulida Sankt-Peterburgda u yanada mustahkamlandi. 2003 yil may oyida Moskva SHXTning tashkiliy organlari, ramzlari tasdiqlanib, O‘zbekiston Tashkilotining yangi raisietib belgilandi. 2003 yil sentyabrda Pekinda “SHHTga a’zodavlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul qilinib, mahsulot, kapital, xizmat va texnologiyalar erkin aylanishi shartlari belgilab olindi, SHHTning moliyaviy byudjeti ko‘rildi. 2004 yil iyundan Tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi. 2005 yil iyulida Ostona sammitida Mongoliya, Hindiston, Pokiston va Eron kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi. 2010 yilda Toshkentda o‘tkazilgan navbatdagi anjuman a’zo davlatlar tashqi siyosatida muhim voqea bo‘ldi.
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlarida boshlab chet mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran mamlakatimiz jahon hamjamiyatig akirishga intila boshladi. Jumladan mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat bu Turkiya respublikasi edi. 1991 yil 16-19 dekabr kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Turkiyada bo‘ldi. Safar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to‘g‘risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, axborot ayirboshlash, televidenie va radioeshittirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va boshqa hujjatlar imzolanadi.



Download 384.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling