Adilov farxod abduvaliyevich


Download 384.96 Kb.
bet62/84
Sana18.06.2023
Hajmi384.96 Kb.
#1560274
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
Bog'liq
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)

2. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991 yil dekabrdan 1992 yili iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi. Ularning 100 dan ortig‘I bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Dastlab Toshkentda AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Malayziya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. SHuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari ochildi. O‘z navbatida O‘zbekistonning elchixonalari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Mamlkatimiz har tomonlama diplomatik, siyosiy, iqtisodiy aloqalarni toboro kengaytirib bormoqda. 1992 yil 27-28 iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Boshvaziri Muhammad Navoz Sharifning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi asosida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga asos solindi. 1992 yil 24-25 noyabr kunlari respublikamiz rahbarining Ero nIslom Jumhuriyatiga rasmiy davlat tashrifi O‘zbekiston va Eron o‘rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Shu yili O‘zbekiston davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoni, Misrda bo‘ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. 1992 yil 6 fevralda O‘zbekiston Pokiston, Eronva Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a’zo bo‘lidi.
O‘zbekiston Sharqning yana bir rivojlangan davlati Janubiy Koreya davlati o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992 yil yo‘lga qo‘yilgan. 1992 yil 19 iyunda iqtisodiy, savdo, transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, to‘qimachilik, maorif, ommaviy axborot, sport aloqalarining rivojlanishiga asos solindi. Shuningdek bu ikki davlat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarining uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyaning olamga mashhur «Samsung», «DEU» korporatsiyalari bilan hamkorlikda Asaka shahrida «O‘zDEUavto» O‘zbekiston-Koreya qo‘shma avtomobil zavodining 1996 yil 25 martda qurib ishga tushirilishi, uning yiliga 200.000 ming zamonaviy "Tiko", «Damas» va «Neksiya» rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda Janubiy Koreya davlati bilan hamkorlikda tuzilgan 80 dan ortiq qo‘shma korxonalar keng faoliyat ko‘rsatmoqda.

Download 384.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling