Adilov farxod abduvaliyevich


Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston


Download 384.96 Kb.
bet63/84
Sana18.06.2023
Hajmi384.96 Kb.
#1560274
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
Bog'liq
yangi tarix - ҚЎЛЛАНМАохиргиси (2)

Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston. O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik tizimida o‘zaro munosabatlar muhim rol o‘ynaydi. Xitoy O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil 27 dekabrda tan olgan. 1992 yil 2 yanvarda ushbu mamlakt bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Har ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgandan keyin iqtisodiyot, savdo, fan va texnika, madaniyat va san’at sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanishi uchun ko‘pdan ko‘p imkoniyatlar vujudga keldi. O‘tgan yillar maboynida ikki davlat o‘rtasida sheriklik munosabatlari va hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida birqancha deklaratsiyalar, memorandumlar va boshqa hamkorlikka oid bitimlar imzolangan.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 1992 yildan to 2009 yilga qadar O‘zbekiston va XXR o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasi o‘sha davrga nisbatan 6 barobarga oshgan bo‘lsa, 2008-yilda dunyoda kechayotgan moliyaviy inqiroz tufayli bu ko‘rsatkich 1.200 mln. Dollarni tashkil qilgan va 2007-yilga nisbatan o‘zaro tovar aylanmasi 25% ga kamaygan. 2008 yilga qadar O‘zbekistonga kiritilgan Xitoy investitsiyalari hajmi 11 mlrd. Dollarni tashkil qilgan. Kiritilayotgan investitsiyalar nafaqat neft-gaz sohasiga, balki transport, telekommunikatsiya, gidroenergetika, yengil sanoat kabi sohalarga ham jalb qilinmoqda.
O‘zbekiston Xitoyga energiya resurslari, neft va neftkimyosi mahsulotlari, paxta tolasi, ipak, o‘g‘it, meva-sabzavot kabi mahsulotlar eksport qiladi. Xitoydan esa mamlakatimizga mexanik va elektron uskunalar, optik apparatlar, dori-darmon, to‘qimachilik mahsulotlari, plastmassa va plastmassa buyumlar, rangli va qora metallar, yog‘och va yog‘ochdan tayyorlangan mahsulotlar import qilinadi.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2016 yilgacha O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 700 dan ortiq qo‘shma korxona mavjud bo‘lgan. Ular asosan yengil sanoat, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, axborot texnologiyalari kabi sohalarda ish olib boradi. Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Elektron hisoblagich” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shmakorxonasi bungamisol bo‘laoladi.
2004 yildan buyon faoliyatyuritayotgan “Elektron hisoblagich” qo‘shmakorxonasi “O‘zbekenergo” aksiyadorlikjamiyatihamda Xitoydagi “Holley Group” korporatsiyasi ham borligining amaliynatijasidir. Mazkur korxona sarmoyasining 40 % O‘zbekistonga, 60 % Xitoyga tegishlidir. Qo‘shmakorxona elektrenergiyasi sarfinihisoblaydigan turlixil va o‘lchamdagi birfazali vauchfazali elektron hisoblagichlar ishlabchiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada ilg‘ortexnologiyalar asosida tayyorlanayotgan mahsulotlar xonadonlar va tashkilotlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yuqorisifati, qulayligi, xalqaro andozalarga mosligibilan ajralibturadi .
O‘zbekistonda Xitoyning foizsiz (12 million AQSH dollari) va imtiyozli (36,3 million AQSH dollari) kreditlari asosida qator ijtimoiy loyihalarham amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Xitoy “Eksimbanki” O‘zbekistonga 300 million dollar likeksport krediti ajratgan. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankibilan Xitoy Eksim banki o‘rtasida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish hamda To‘polang GESiga agregat o‘rnatish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida ikki ta kreditbitimi, “Farg‘ona azot” OAJ bilan “Grinkul” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shmakorxona tuzish to‘g‘risida
ta’sis hujjatlari, “Motor zavodi” da “Grinkul” kompaniyasi ishtirokida dvigatellar ishlabchiqarishni yo‘lgaqo‘yish to‘g‘risida hamkorlik memorandumi imzolangan.
So‘nggiyillarda ikki mamlakat hamkorligida mobiltelefon apparatlari ishlabchiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi, “Markaz sanoat eksport” kompaniyasi tomonidan Xitoyga mis etkazib berishto‘g‘risida bitim ham olibborilayotgan amaliyishlar natijasidir. SHuningdek “O‘zsanoat mashimpeks” kompaniyasi tomonidan Xitoyga paxta etkazib berish to‘g‘risida bitim, “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi bilan “Luyang Lanbin” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv protokoli, “O‘zkimyo sanoat” kompaniyasi bilan “Grinkul” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shmakorxona tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolangan.
Bundan tashqari, tomonlaro‘rtasida yana birqator muhim bitimlar bo‘lib, ular ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik rivojiga asos bo‘lmoqda. Jumladan, “Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy bitim”, “Ikki tomonlama soliq solinishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida” bitim, “Xitoyva O‘zbekiston o‘rtasida investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risida”gibitim “Savdo-iqtisodiy, investitsiyava moliyaviy hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida” memorandum shularjumlasidan dir.
Ikki tarafning umumiy sa’y-harakatlari bilan hozirgivaqtda iqtisodiy hamkorlikning shartnomaviy – huquqiy negizi shakllantirilgan, o‘zarosavdo hajmi faolo‘sib bormoqda, investitsiyalar sohasida, shu jumladan, iqtisodiyotning neft-gaz tarmog‘ida hamkorlik faolrivojlanmoqda, shuningdek, transport – kommunikatsiya jabhasidaham yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Xususan, 2009-yilda ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan ikki taraflama shartnomalar doirasida O‘zbekistonga jami 1,5 mlrd. AQSH dollar miqdorida
Xitoy investitsiyalarni jalbqilingan. Mazkur mablag‘lar energetika, kimyosanoati, geologiya qidiruv, kommunal xo‘jalik, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabisohalarda loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilmoqda .
XXR kompaniyalari bilan investitsion hamkorlikning muhim yo‘nalishi hisoblangan neft-gaz sektorini alohida qayd etish lozim. Mazkur tarmoq bo‘yicha hamkorlik hamo‘zining evolyusiyasiga ega. Masalan, buborada 2005-yilda «O‘zbekneftegaz» kompaniyasi va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi (NP) o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish bo‘yicha hajmi taxminan 600 mln. AQSH dollardan iborat bo‘lgan qo‘shmakorxona tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi. 2006-yilda O‘zbekistonda Xitoyning kapitaliulushi 100% bo‘lgan «NPSilk Road» sho‘bakompaniyasi tashkil etilib, u hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi Buxoro, Xiva, Farg‘onava Ustyurtneft-gaz mintaqalarida beshta investitsion blokda geologiya – qidiruv ishlarini amalga oshirishga kirishdi. Bunda Xitoykorporatsiyasi O‘zbekistonda gigeologiya-qidiruv ishlariga 5 yil mobaynida 208,5 mln. AQSH dollari miqdorida gimablag‘larni investitsiya qiladi.
Birinchi Prezident Islom Karimovning 2005-yil Xitoyga tashrifi chog‘ida «O‘zbekneftegaz» va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan Buxoroviloyatining Jondor tumanidan boshlanadigan O‘zbekiston – Xitoy gaz quvurini qurilishi 2008-yilning iyun oyidan boshlandi. Ushbu loyihaning Umumiy qiymati 2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi va 500 kilometrlik ikki taliniyani qurilishini o‘z ichiga oladi. Ushbu liniyalarning birinchisi 2009-yilning dekabrida, ikkinchisi 2011 –yilda qurib bitkazildi .
Davlatlararo iqtisodiy aloqalarda Buyuk Ipak Yo‘lini tiklash strategiyasi doirasida O‘zbekiston - Qirg‘iziston – Xitoy temiryo‘lini qurish va avtomobil magistralini qayta ta’mirlash loyihasi yaxshi imkoniyatlarga ega. Tranzit imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish istiqbollari ham Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li (Qoshg‘ar - Irkishtom - O‘sh - Andijon -Toshkent) loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq. Loyihaning dastlabki qiymati 1,2 -1,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, dastlabki bosqichning o‘zida tashiladigan yuklar hajmi yiliga 5 mln. Tonnani tashkil etadi, keyinchalik esa, 17-20 mln. Tonnani tashkil etishi mumkin. Bu yo‘l tovarlarni transportdatashish vaqti va masofasini ilgari mavjud bo‘lgan yo‘llarga taqqoslaganda tegishliravishda 7-8 kunva 900 kmga kamaytirish imkonini beradi, bu esa yuk tashish qiymatini kamaytiradi.
Ikki davlato‘rtasidagi do‘stlik o‘zaro ishonch vasiyosiyham jihatlik savdo-iqtisodiy aloqalarri vojida, hamkorlikda ko‘plab qo‘shma biznesloyihalarini hayotga tatbiq etishda kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 2008-yilda 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilda 2,6 milliard AQSH dollariga etdi. Bu borada savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorlik tobora o‘sib bormoqda. 2003 yilda ikki tomon tovar ayirboshlash xajmi 216 mln AQSH dollariga teng bo‘ldi. O‘zbekistonning Xitoyga qilgan eksport 53 mln, import 163 mlnAQSHdollarinitashkiletdi. 2001-2004-yillardaXitoybilantovaraylanishhajmito‘rtmarotabaoshdi.
O‘zbekistonda Xitoy investorlari ishtirokida tuzilgan 122 korxona ro‘yxatdan o‘tgan. SHulardan 102 tasi qo‘shmakorxona, 20 tasi 100% Xitoy sarmoyasi hisobidan Xitoy kompaniyalarining 23ta korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017 yilga kelib Xitoyning O‘zbekistonga kiritilgan sarmoyasi xajmi 435 mln AQSH dollarini tashkil etadi.
2011-2017 yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb to‘rt barobar oshgan. 2017 yilning birinchi yarmida o‘zaro savdo yanada jadallashib, 59 foiz o‘sdiva 2,3 milliard dollarni tashkil etdi. Davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatida jahon iqtisodiyotidagi umumiy pasayishga va muammolarga qaramay, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo barqaror sur’atlarda o‘sayotganini alohida ta’kidlash joiz.
Investitsiyaviy hamkorlik- O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning eng muhim yo‘nalishidir. Ushbu hamkorlika ayni paytda har ikki tomon uchun ustuvor loyihalar xisobidan kengayib, eng muhim barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan yirik sarmoyadorlardan biridir. O‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 6,7 milliard dollardan oshdi. Bularqatorida Qo‘ng‘irotsoda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodini qurish va ishga tushirish, Yangi Angren issiqlik elektrstansiyasi va Angren ko‘mir konini texnik qayta jihozlash, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda neft, gaz hamda uran konlarini qidirish, razvedka qilish va o‘zlashtirishga oid qator qo‘shma loyihalar bunday o‘zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikning yaqqol dalillaridir.
2013 yildan boshlab O‘zbekistonda “Jizzax” maxsus industrial zonasi tashkil etilib, investorlar uchun misli ko‘rilmagan imtiyoz va preferensiyalar joriyqilindi. Bugungi kunda “Jizzax” maxsus industrial zonasida mobil telefonlar, zamonaviy qurilish materaillari va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
O‘zbekistonning yirik mamlakat – Xindiston bilan mustaqil aloqalariga 1993 yilda asossolinadi. 1992 yil 10 mayda Ashgabadda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda Trans Osiyo temir yo‘lini vujudga keltirish maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad temir yo‘li qurish haqida bitimni, bojxona xizmatini tashkil etish, shu soha uchun mutaxassislar tayyorlash haqida hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston rahbariyatining 1995 yil AQSH vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashuvi davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalarri vojiga hamda MDHdagi xavfsizlikka daxldor masalalar hal etildi. Aynipaytda AQSH O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi etakchilik rolini tanolib, respublikamiz bilan terrorizm, narko biznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik va I.Karimovning AQSHga tashrifichog‘Ida muhokama etilgan boshqa masalalar sohasida teng huquqli hamkorlikni rivojlantirishni yanada ekanligini ma’lum qildi. O‘zbekiston rahbarining 1996 yil iyun oyida AQSHga qilgan tashrifidan so‘ng O‘zbekiston tashqi siyosatida AQSH o‘ziga xos o‘rintutdi. Mazkur tashrif davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlik masalalarida fikryuritildi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida mintaqa xavsizligi, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga oid masalalarni muhim rol o‘ynaydi



Download 384.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling