Adol Eyxmann (1906-1962) ikkinchi jahon urushi davrida Uchinchi
Download 316.71 Kb. Pdf ko'rish
|
XJH
1
Adol Eyxmann (1906-1962) ikkinchi jahon urushi davrida Uchinchi Reyxning (Reichssicherheitshauptamt) Imperiya xavfsizligi IV sektori, 4- boshqarmasi rahbari bo‘lgan. Mazkur lavozimda u “yaxudiylar masalasini hal etish” bo‘yicha, yaʼni yevropalik yaxudiylarni qirib tashlash masʼul bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi oxirida, u Argentina ko‘chib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan, u yerda Rikardo Klement sohta ismi sharifi ostida yashab kelgan. Isroil maxfiy maxsus xizmati “Mossad” agentlari uni kuzatib borib, 1960 yili uni Isroilga kontrabanda yo‘li bilan olib chiqib ketishadi va u yerda sud qilinib, eng oliy jazoga hukm qilinadi. Savollar: Internet tarmoqlari orqali A.Eyxmann ishi haqida ko‘proq maʼlumot oling. Unga nisbatan eʼlon qilingan ayblovlar aynan nimalardan iborat edi? A.Eyxmannga tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tarkibi elementlarining o‘ziga xosligi nimadan iborat bo‘lgan? Isroilga A.Eyxmanning maxfiy yo‘l bilan olib o‘tilishi Argentina hukumati tomonidan qanday munosabat bildirilgan edi? Sizning fikringizcha, A.Eyxmannning o‘g‘irlanishini xalqaro-huquqiy jihatdan qayday baholanadi? Isroilning A.Eyxmannga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishi jinoiy yurisdiksiyaning qaysi prinsiplari asosida amalga oshirilgan?
Yuqoridagi kazus bilan bog`liq vaziyatga chuqurroq kirib bporish uchun jinoiy qilmishi haqida so`z borayotgan shaxs- Adolf Eyxmann haqida ma`lumotga ega bo`lish lozim. Gestapo bo'lajak nemis zobiti va xodimi Adolf Eyxman 1906 yilda, 19 martda Vestfaliyaning Solingen shahrida tug'ilgan. 1939 yil sentyabr oyida urush boshlanishi bilan Adolf Eyxman boshchiligidagi Imperial xavfsizlik bosh boshqarmasida IV-B-4 bo'limi tashkil etildi. Yahudiy va Semitizmga aloqador boshqa har qanday fuqaro uning hushyor nazorati ostiga o'tdi. Adlof Eyxmann yahudiylar qirg`ini o`tkazganligi bilan alohida iz qoldirgan hisolanadi. Urushdan so`ng barcha nemis rahbarlari qatori Eyxmann ham repressiya qurbonlari tomonidan qidiriladi boshlandi. Bu vaziyatda Eyxmann Lotin Amerikasiga qochishi o`zi uchun eng ishonchli yo`l deb bildi. Ammo yangi tuzilgan Isroil davlatida tashkil qilingan”Mossad” tashkiloti uning iziga tushdi hamda Argentinadan kontrabanda orqali olib o`tildi. Yuqorida berilgan savollarga o`z javoblarimizni berishga harakat qilamiz. Avvalo, Eyxmanga e`lon qilingan ayblarga to`xtalsak. Eyxmanga birinchi navbatda Halokast uyushtirgan shaxs sifatida, shuningdek, bir millatni butunlay qirib tashlashni amalga oshirganlikda genotsid jinoyati bilan ayb e`lon qilindi. Bundan tashqari yana bir qator jinoyatlar uchun eng oliy jazo- o`lim jazosiga mahkum qilindi. 2
Ikkinchidan, Eyxmanning Argentinadan olib o`tilishi O`sha davr Isroil va Argentina davlatlari o`rtasida bahsga sabab bo`lgandi. Bu borada hattoki Argentina davlati tomonidan Isroilning diplomatiga nisbatan “persona non grata” ham amalga oshirildi. Bunga sabab esa albatta Argentinani ogohlantirmasdan shaxsni olib chiqib ketilganligida edi. Ammo Isroil davlati bu holatga operatsiyani amalga oshirgan guruh volontyorlardan iborat ekanligini va guruh qo`lida Eyxmanning sud oldida javob berishga “rozi” ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar bor ekanligi aytiladi. Ushbu masala 1960-yil 22-iyulda BMTning Xavfsizlik Kengashida Argentinaning arzlari sifatida ko`rib chiqilgan. 1
Uchinchidan, Eyxman bilan bog`liq holatda xalqaro huquqning bir qator prinsiplariga murojaat qilish o`rinlidir. Jumladan, Xalqaro huquq doirasidagi jinoyatlar uchun shaxsiy jinoiy javobgarlik prinsipi, komandir va boshqa boshliqlarning javobgarligi prinsipi va boshqalar. Eyxman ishi bilan bog`liq ko`plab ma`lumotlar mavjud bo`lib, muhim manbalardan biri sifatida “The Eichmann Kidnapping: Its Effects on Argentine- Israeli Relations and the Local Jewish Community” kitobi hisoblanadi. Aynan shu kitobda masalaning mohiyati bor bo`y basti bilan ochib berilganligi kishini hayratga soladi.
Download 316.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling