Adol Eyxmann (1906-1962) ikkinchi jahon urushi davrida Uchinchi


harbiy  qonunlarni  yoki  urf-odatlarni  buzish,  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar


Download 316.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi316.71 Kb.
#203056
1   2   3   4   5
Bog'liq
XJH

harbiy  qonunlarni  yoki  urf-odatlarni  buzish,  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar 

bilan  bog`liq  masalalar  ham  belgilab  o`tilgan.  Ustavning  8-moddasida 

belgilanishicha,  Xalqaro  sudning  hududiy  yurisdiksiyasi  sobiq  Yugoslaviya 

Sotsialistik  Federativ  Respublikasi  hududiga,  shu  jumladan  uning  quruqlik 

hududiga,  havo  hududiga  va  hududiy  suvlariga  ham  taalluqlidir. Xalqaro  sudning 

vaqtincha yurisdiksiyasi 1991 yil 1 yanvardan boshlangan davrgacha amal qiladi. 

 

Ushbu  Xalqaro  tribunalda  sud  quyidagi  organlardan  iborat  qilib  tashkil 



qilingan: 

  ikkita sud palatasi va apellyatsiya palatasidan iborat palatalar; 

   prokuror; 

   ham palatalarda, ham prokurorda xizmat qiluvchi kotibiyat. 

Ustavda  belgilangan  qoidaga  ko`ra,  Palatalar  o'n  oltita  doimiy  mustaqil 

sudyalardan,  bir  davlatning  ikki  fuqarosiz  va  har  qanday  vaqtda ,  shu  jumladan, 

Nizomning  13-moddasi,  2-bandiga  binoan  tayinlangan eng  ko'p  to'qqiz  nafar 

mustaqil sud  sudyalaridan iborat  bo'ladi.    Shuningdek,  Xalqaro  sud  sudyalari 

sudgacha  sud  jarayoni,  sud  jarayoni  va  apellyatsiya  shikoyati,  dalillarni  qabul 

qilish,  jabrlanuvchilar  va  guvohlarni  himoya  qilish  va  boshqa  tegishli  masalalar 

bo'yicha  protsedura  va  dalillar  qoidalarini  qabul  qilishlari  belgilangan.  Prokuror 

1991-yil  1-yanvardan  beri  sobiq  Yugoslaviya  hududida  sodir  etilgan  xalqaro 

gumanitar huquqning jiddiy buzilishlari uchun ishlarni tergov qilish va aybdorlarni 

javobgarlikka tortish uchun javobgar shaxs sifatida belgilangan.  

 

Ustavning  18-moddasida  tergov  qilish  va  ayblov  xulosasini  tayyorlash 



masalalari aniq belgilab qo`yilgan.  

 

Yuqoridagi  ma`lumotlar  ushbu  ikki  xalqaro  tribunallar  haqida  umumiy 



xulosa  qilish  uchun  yetarli  deb  hisoblaymiz.  Chunki  bu  ikkala  sud  haqida  manba 

va  ma`lumotlar  juda  ko`pdir.  Ruanda  Xalqaro  tribunal  haqida  xulosa  qilsak, 

Ruanda  voqeasi  uchun  Tribunal  xalqaro  xususiyatga  ega  bo‘lmagan 

qurolli 


to‘qnashuvlar, 

genotsidga 

oid, 

insoniyatga 



qarshi 

qaratilgan 

jinoyatlarni  hamda  1949-yildagi  Jeneva  Konvensiyasidan  kelib  chiqib  va 

1977-yildagi 

bu  Konvensiyani  to‘ldiruvchi,  xalqaro  xususiyatga  ega 

bo‘lmagan  qurolli  to‘qnashuvlar  normalarini  o‘z  ichiga  oluvchi  Ikkinchi 

hisobotga  asosan  urush  qurbonlarini  himoyalash  to‘g‘risidagi  umum  qabul  qilgan 

normalarning  buzilishi  jinoyatlarini  ko‘rib  chiqish  maqsadida  tashkil  etildi. 

Qo`shimcha ma`lumot sifatida aytamizki, 7-aprel Xalqaro kun sifatida Ruandadagi 

genotsid qurbonlari xotirasi sifatida belgilangan.  

 

Yugoslaviya  Xalqaro  tribunal  ham  sud  jarayonlarida  ko`plab  shaxslarni 



javobgarlik  masalasini  ko`rib  chiqdi.    Sudning  birinchi  hukmi  1996  yil  29 

noyabrda  chiqarilgan.  Bosniyalik  xorvat  Drazen  Edemovich  insoniyatga  qarshi 

jinoyatlar  va  urush  qonunlari  va  urf-odatlarini  buzganlikda  ayblanib,  10  yilga 



 

ozodlikdan mahrum etildi. Umuman olganda, Yugoslaviya Xalqaro tribunal tashkil 



topganidan  beri  161  kishini  1991  yildan  2001  yilgacha  sobiq  Yugoslaviya 

hududida  sodir  etilgan  “insonparvarlik  qonunlarini  qo'pol  ravishda  buzishda” 

aybladi.

4

 Tribunalning rasmiy tugash vaqti 2017-yil 21-dekabrda bo`lib o`tdi. 



 

 


Download 316.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling