Adol Eyxmann (1906-1962) ikkinchi jahon urushi davrida Uchinchi


Download 316.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi316.71 Kb.
#203056
1   2   3   4   5
Bog'liq
XJH

Mantiqiy savol 

 

Siyosiy jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda quyidagi masalalardan qaysilariga 



eʼtibor  qaratish  kerakligini  tushuntiring:  siyosiy  maqsadlar,  siyosiy  motivlar  yoki 

harakatning siyosiy natijalari? Siyosiy jinoyatlarga misollar keltiring. 

 

Bilamizki,  xalqaro  jinoyat  huquqi  uchun  bir  qancha  qiyinchiliklar  keltirib 



chiqaruvchi  holatlar  ham  yo`q  emas.  Shunday  muammolardan  biri  ko`p  vaqtdan 

beri 


aniq 

ta’rifini 

berish 

borasida 

turli 

huquqshunoslar 



tomonidan  tadqiqotlar  olib  borilgan  bo‘lsa-da,  bu  borada  na  amaliyotda  va  na 

nazariyada aniq bir qarorga kelinmagan siyosiy jinoyatlar masalasi hisoblanadi.  

Siyosiy  jinoyatlar  bilan  bog`liq  muammolar  asosan  davlatlarning  ichki 

qonunchiligi  bilan  tartibga  solinadi.  Bunga  sabab  sifatida  aynan  qaysi  xalqaro 

jinoyatlar siyosiy jinoyat sifatida tan olinishi belgilanmaganligida deb hisoblaymiz. 

Bundan tashqari, harbiy jinoyatlar yoki insoniyatga qarshi jinoyatlarmi barchasida 

siyosiy iroda ham mavjud bo`ladi va siyosiy maqsad ko`zlangan bo`ladi.  

Siyosiy  jinoyatlarning  kvalifikatsiyaga  e`tibor  qaratsak,  bunda  asosiy  savol 

qaysi  masalaga  ko`proq  e`tibor  qaratish  lozimligida  ko`rinadi,  ya`ni  siyosiy 

maqsadlar,  siyosiy  motivlar  yoki  harakatning  siyosiy  natijalari  shular  jumlasidan. 

Bizningcha,  jinoyat  kvalifikatsiyasida  e`tibor  siyosiy  maqsad  va  siyosiy  motivga 

harakatning  siyosiy  natijasidan  ko`ra  ko`proq  qaratiladi.Chunki  jinoyat  deb 

baholangan  qilmish  oxiriga  yetkazilmasdan,  ya`ni  siyosiy  natijaga  erishilmasdan 

tugatilishi  yoki oldi olinishi  ham  mumkin. Bunday  hollarda siyosiy jinoyatlarning 

nima  maqsadni  ko`zlaganligiga  e`tibor  qaratish  lozim.  Siyosiy  jinoyatga  ko`plab 

misollar keltirish  mumkin.  Separatizm siyosiy  motivni ko`zlagan jinoyatning aniq 

namunalaridan  biridir.  Papuadagi  Qurolli  Separatistik  Harakat  (Gerakan  Separatis 

Bersenjata  /  GSB)  hali  ham  sodir  bo'layotgan  ayirmachiliklardan  biridir.  Haqiqat 

shuni  ko'rsatadiki,  GSB  hali  ham  mavjud  bo'lib,  jamiyatga  kuchli  ta'sir  qiladi  va 

Papuani  Indoneziya  Respublikasidan  ittifoq  mamlakati  sifatida  ajratish  uchun  bir 

                                                             

4

 Internet manbasi// https://ria.ru/20171221/1511347186.html  



 


 

qator qurolli aloqa o'rnatadi



5

. Mana shunday harakatlarni xalqaro huquqda siyosiy 

motivni ko`zlagan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilish mumkin.  

Yuqoridagi  fikrlar  xususida  yuridik  soha  vakillari  ham  ko`plab 

mulohazalarda bahslashadi. “Ekstraditsiya to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi” 3-

moddasida  siyosiy  huquqbuzarliklari  uchun  topshirilishi  talab  etilayotgan 

jinoyatchining ushlab berilmasligi mustahkamlangan. B.Velchev aytib o‘tganidek, 

jinoyatni siyosiy ekanligini baholash mezonlari har bir davlat ichki qonunchiligida 

ishlab  chiqilishi  zarur.  Ta’kidlash  o‘rinliki,  xalqaro  jinoyat  (tinchlik,  insoniyatga 

qarshi,  harbiy  jinoyatlar)  sodir  etganlik,  shuningdek  davlat  boshlig‘i  hayotiga 

suiqasd qilish  ham siyosiy jinoyat  hisoblanmaydi. Siyosiy jinoyat sodir etganlarni 

ushlab bermaslik to‘g‘risidagi qoida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi (63-m., 

2-q.), Gruziya  Konstitutsiyasi (47-m., 2-q.), Ukraina  Konstitutsiyasi (47-m., 3-q.), 

Polsha Konstitutsiyasida (55-m., 2-3 q.) o‘z aksini topgan.

6

  

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida  siyosiy  jinoyatlar  ro‘yxati 



keltirilmagan  va  bu  kabi  qoida  O‘zbekiston  qonunchiligida  bevosita  ko‘zda 

tutilmagan  bo‘lsa-da,  amaliyotda  bunday  holatlar  kuzatilmaydi.  Ushbu  holatni 

qonunchilikda mustahkamlash maqsadga muvofiq. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                             

5

 Journal of Law, Policy and Globalization www.iiste.org ISSN 2224-3240 (Paper) ISSN 2224-3259 (Online) 



Vol.61, 2017 

6

  Umarxanova  D.SH.,  X.R.Ochilov.  Xalqaro  jinoyat huquqi:  Darslik  /  Ma’sul muharrir  y.f.d.  B.I.Ismailov.  –  T.: 



TDYU, 2019.  


 


Download 316.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling