Adolat haqiqati va zulmning malomati
Download 20.48 Kb.
|
Adolat haqiDABUYUKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abulqosim az-Zamaxshariy
- Majididdin Xavofiy
- Husayn Voiz Koshifiy
- Jaloliddin Rumiy
Abu Rayhon Beruniy
Taroq aslida sochni tartibga solish uchun ishlatiladi-yu, ammo shu bilan birga u sochlarning ba’zilarini joyidan yulib tushiradi. Abu Ali ibn Sino Mansabdor boshda shon-shuhratga ega bo‘ladi, oxiri - dorga. Qozi Ahmad G’afforiy Zulm ko‘rsa davringda zolimdan el, O’sha zulm sendan erur, yaxshi bil. Sa’diy Sheroziy Haqiqat va adolat bilan to‘g‘ri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor bo‘lur. Abulqosim az-Zamaxshariy Shuni bilginki, mamlakatda tartib-intizom va osoyishtalik o‘rnatilishi odil podshohga bog‘liq. Askarlar farovonligi va davlatning gullab-yashnashi uning odilligidan. Fuqarolar podshohning xazinasi hisoblanadi. Xazina bo‘sh bo‘lsa, podshoh kambag‘al bo‘lib qoladi. Majididdin Xavofiy Adolatning faqat bitta surati bor, zulmning bo‘lsa - mingta. Qozi Ahmad G’afforiy Kimningki quzg‘undan rahbari bordir, Uning guzari ham o‘laksazordir. Abu Abdulloh Rudakiy Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yo‘qolib ketadi. Modomiki, zaiflar qirilib ketar ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi. Chunki kishilarning turmushi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Xullasi kalom, xalqning ahvoli adolatsiz yaxshilanmaydi. Husayn Voiz Koshifiy Mardlik kuchda va shamshir o‘ynatish san’atida emas, mardlik o‘zni tuta bilishda va adolatli bo‘lishdadir. Sa’diy Sheroziy Qayu xazinaga zulmning bir aqchasi kirsa, ul xazinani yiqmay qo‘ymas. Poshshoxo‘ja Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi. Abu Rayhon Beruniy Ey, birov qasdiga choh qazgan inson, Oqibat o‘zingga qo‘yasan qopqon. Jaloliddin Rumiy Bu dunyo ibratli ishlar va pand-nasihatlarga to‘ladir. Ayni vaqtda ko‘z yoshlariga ham serob. Abulqosim az-Zamaxshariy Sitamgar musulmon odil g‘ayridindan yomonroqdir. Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling