Adolat haqiqati va zulmning malomati
Download 20.48 Kb.
|
Adolat haqiDABUYUKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sa’diy Sheroziy
- Hofiz Xorazmiy
- Mu’iniddin Juvayniy
- So‘fi Ollohyor
Majididdin Xavofiy
Dema: mingni jangda qirib tashlayin, Qani, bittaga jon beru mard deyin. Xusrav Dehlaviy Ko‘pchilik qonuni vijdon ishida ketmaydi. Maxatma Gandi Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi. Abu Rayhon Beruniy Mazlumlar dilini og‘ritma bir zum, Balki bir kun o‘zing bo‘lasan mazlum. Sa’diy Sheroziy Podshohga yaqin va uning xizmatida bo‘lgan kishilar xorlanish va haqorat eshitishdan nolimasliklari kerak. Suvga tushgan g‘avvos sho‘r suvdan totimay iloji yo‘q. Abdulloh Muqni’ Adolat butun kamolot majmui bo‘lsa, yomonlik uning aksi, ya’ni butun kamchiliklar majmuidir. Jaloliddin Davvoniy Qachonkim shod esang, g‘amlina rahm et, Agar sulton esang, miskina rahm et. Hofiz Xorazmiy Sening najotingga xayrixoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama. Umar ibn Xattob Qo‘rquvga mubtalo bo‘lgan kishi faqat qochishdan najot izlaydi. Abulqosim az-Zamaxshariy Kimki o‘zini sultonga yaqin tutishga intilsa, mol-dunyosi talon-taroj xavfi ostida qoladi. Kimki undan o‘zini tortsa, shamshirining tig‘iga mubtalo bo‘ladi. Mu’iniddin Juvayniy Kim mehr ko‘rgazdi yirtqich bo‘riga, Sitam-la sho‘r qo‘shdi qo‘yning sho‘riga. Sa’diy Sheroziy Agar hokimiyat atrofida adolat hukm surmasa, u inqirozga yuz tutadi. Abu Bakr al-Xorazmiy Kimninghojati tushsa, unga ko‘mak berish sizga vojibdir. Ali ibn Abu Tolib Muyassar bo‘lsa tillodan senga taxt, O’zingdan pastga zinhor aytmagil saxt. So‘fi Ollohyor Barchaning joniga tegar darajada shafqatsiz va uchragan kimsa seni turtib ketar darajada yuvvosh bo‘lma. Sa’diy Sheroziy Mumkinmi chivinni qilichda chopmoq, Sher nechuk pashshaga urgay shapaloq!? Xusrav Dehlaviy Bu ummatga uch narsadan zararliroq narsa yo‘qdir: pulni yaxshi ko‘rish, boshliq bo‘lishga intilish va sultonlar eshigiga qatnash. Batahqiq, Alloh taolo ulardan chiqish yo‘lini ham ko‘rsatib qo‘ygan. Abu Hurayra Sultonning suhbati xatarlidir. Agar unga itoat etsang, diningda xatar bo‘ladi. Agar osiylik qilsang, nafsingga zarar. Yaxshisi, u seni tanimagani ma’qul. Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling