V - adsorbent kovaklari hajmining yig`indisi; Vc - suyuqlik holatidagi yutilgan modda hajmi; V - adsorbent tuzilishiga bog`liq konstanta; T - bug`ning absolyut temperaturasi; a - biror adsorbent va standart kovaklardagi suyuqlik holatidagi mol hajmlariga teng bo’lgan affinlik koeffistienti; R - adsorbtiv to’yinish bug`ining bosimi; r - adsorbstiya temperaturasidagi adsorbtiv bug`ining parstial bosimi.
Adsorbstiya jarayonida boshlang`ich aralashmada yutilayotgan modda bug`ining bosimi kamayadi va issiqlik ajralib chiqadi. Shuning uchun Le-Shatele prinstipiga binoan, temperatura pasayishi va bosim ortishi bilan adsorbstiyalanayotgan modda miqdori ko’payib boradi. Shunday qilib, bosim pasayishi va temperatura ortishi teskari - desorbsiya jarayonini tezlashtiradi.
Adsorbstiya jarayonida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori (kJ/kmol) tajribaviy usul bilan aniqlanadi. Tajribaviy ma’lumotlar yo’q bo’lsa, ajrab chiqayotgan issiqlik miqdori (5.165) tenglama yordamida hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |