Adsorbentlar turlari


Tuproqlar va tabiiy tuproqsimon adsorbentlar


Download 118.68 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi118.68 Kb.
#1589355
1   2   3   4   5
Bog'liq
Adsorbentlar turlari

Tuproqlar va tabiiy tuproqsimon adsorbentlar qatoriga bentonit, diatomit, gumbrin, askanit, murakkab kimyoviy tarkibli yuqori dispers sistemalar SiO2, Al2O3, CaO, Fe2O3, MgO va boshqa metall oksidlari kiradi. Tabiiy tuproqlar faolligini oshirish uchun ular sulfat va xlorid kislotalar bilan qayta ishlanadi. Natijada kalstiy, magniy, temir, alyuminiy va boshqa metal oksidlari chiqarib yuborilishi tufayli qo’shimcha kovaklar hosil bo’ladi.
Bu tuproqlar solishtirma yuzasi 20...100 m2/g, kovaklar o’rtacha radiusi 3...10 mkm bo’ladi.
Kation almashinish sig`imi ortishi bilan tuproqlarning tozalash qobiliyati ko’payadi. Odatda, tuproqlar suyuqlik muhitlarni tozalash uchun ishlatiladi, masalan, rangli moddalarni qayta ishlash natijasida mahsulot oqaradi. Shuning uchun, ayrim hollarda tuproqli adsorbentlar oqartiruvchi tuproq deb ham ataladi.
Oziq-ovqat sanoatida tuproqsimon adsorbentlar vino, pivo, meva sharbatlari, o’simlik yog`larini rafinastiya qilish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Pivoni tozalash uchun esa, sirt faol bentonitdan keng ko’lamda foydalaniladi. Masalan, natriyli bentonit vinoni na faqat tozalaydi va mo’tadillaydi, balki uni etilish jarayonini tezlashtiradi va muddatini qisqartiradi.


Adsorbstiya jarayoni muvozanati

Adsorbstion kuchlar tabiatidan qat’iy nazar, adsorbentning massa yoki hajm birligida yutilgan modda miqdori, yutilayotgan modda tabiati, temperatura, bosim va fazadagi aralashma miqdoriga bog`liq.


Jarayondagi qattiq va gaz yoki suyuqlik fazalarida yutilayotgan moddaning muvozanat konstentrastiyalari o’rtasida quyidagi bog`liqlik bor:


yoki (5.166)

bu erdaxm - adsorbentda yutilgan modda (adsorbtiv) konstentrastiyasi, ya’ni gaz yoki suyuqlik fazalaridagi adsorbtivning muvozanat konstentrastiyasi, kg adsorbtivning 1 kg adsorbentga nisbati;


Download 118.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling