Adsorbsiya. Adrsorbsiya usulida moddalarning adsorbent sirtida yutilish darajalarini o‘rganish
Download 56.77 Kb.
|
16-лаборатория. Адсорбция (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-tajriba. Sirka kislotaning tuproqda adsorbilanishi. Kerakli reaktiv va jihozlar
- Ishning bajarilish tartibi
- 2-tajriba. Tuzlarni bir-biridan xromatografik usulda ajratish.
Adsorbsiya. Adrsorbsiya usulida moddalarning adsorbent sirtida yutilish darajalarini o‘rganish. Har qanday modda sirtida erkin energiya mavjud bo`ladi. Ana shu energiyani sarflash bilan boradigan jarayonlar o`z-o`zicha boradi. Ikki modda chegara sirtlarida sodir bo`ladigan yutilish (adsorbsiya) bunga misol bo`ladi. Sirtida modda to`planadigan modda adsorbent, yutiladigan modda adsorbtiv deyiladi. Adsorbsiya qaytar jarayon, unga teskari desorbsiya ham mavjud. Adsorbsiya yutuvchi va yutiluvchi moddalarning tabiatiga, temperatura va konsentrasiyaga bog`liq. Adsorbsiya bilan konsentratsiya orasidagi bog`lanishni Freyndlixning empirik formulasida ifodalash mumkin. adsorbsiyalangan modda miqdori, gr. yoki mollarda adsorbent massasi, gr. adsorbtivning muvozanatdagi konsentratsiyasi o`zgarmas qiymatlar. Agar ning C bog`liqligini grafik usulda tasvirlasak, adsorbsiya izotermasini hosil qilamiz (1-rasm). 1-rasm 2-rasm Freyndlix tenglamasini logarifmlaymiz. va ning ga bog`liqligi to`g`ri chiziqdan iboratligi 2-rasmdan ko`rinadi. Bu grafik bog`lanish va qiymatlarning nechaga tengligini ko`rsatadi. 1-tajriba. Sirka kislotaning tuproqda adsorbilanishi. Kerakli reaktiv va jihozlar: 1. Sirka kislotaning 0,2; 0,1; 0,05; 0,025 N, fenolftalein, 0,1 N NaOH eritmalari; tuproq. 1. 250 ml sig`imli 12 ta konussimon kolba 20 ml li o`lchov silindri, 4 ta voronka, byuretka. Ishning bajarilish tartibi: 12 kolba olib ular 1 dan 12 gacha raqamlanadi. 1-4 kolbalarda 200 ml dan sirka kislotaning 0,025 N, 0,05 N, 0,1 N, 0,2 N konsentratsiyali eritmalari solinanadi. 1-4 kolbalardagi eritmalardan 100 ml dan olib mos ravishda 5-8 kolbalarga solinadi (ya`ni 1 kolbadan 5 kolbaga, 2 kolbadan 6 kolbaga va h.k.). texnokimyoviy tarozida 10 grammdan tuproq o`lchab olinadi va ular 5-8 kolbalardagi sirka kislota bilan aralashtiriladi. Aralashma 30 minut davomida chayqatiladi. So`ngra 5-8 kolbalardagi eritmalar 9-12 kolbalarga (ya`ni 5 kolbadagi eritma 9 kolbaga, 6 kolbadagi eritma 10 kolbaga va h.k.) filtrlanadi. Demak, 1-4 kolbalarda dastlabki, 9-12 kolbalarda adsorbsion muvozanatdagi eritmalar bo`ladi. Ana shu kolbalardagi eritmalardan 20 ml dan olib unga 1-2 tomchi fenolftalein qo`shib 0,1 N NaOH eritmasi yordamida titrlanadi va olingan natijalar jadvalga yoziladi.
Adsorbilangan sirka kislota miqdori 100 gr tuproqda yutilgan kislotaning milliekvivalentlar soni bilan ifodalanadi va quyidagi tenglama bilan aniqlanadi. 100 g. Tuproqda adsorbilangan kislota miqdori. [T1-T2] – 0,1 N NaOH eritmasi millilitrlari soniga ekvivalent bo`lgan 20 ml eritmadan tuproqda adsorbilangan sirka kislotaning miqdori. B1- titrlash uchun olingan sirka kislota hajmi, (20 ml) adsorbsiya uchun olingan kislota hajmi, (100 ml) ishqorning normalligi har bir kolbaga solingan tuproqning massasi. 100 raqam adsorbilangan kislota miqdorini 100 grammga qayta hisoblash uchun ishlatiladigan son. Berilgan qiymatlarni formulaga qo`yib quyidagini yozish mumkin. Kislotaning muvozanat konsentrasiyasi 1 litr eritmaga bo`lgan milliekvivalent soni bilan o`lchanadi va u quyidagi formuladan aniqlanadi: Tajriba natijalari jadvalga yoziladi:
Tajribada topilgan qiymatlarga asoslanib millimetrli qog`ozda adsorbsiya izotermasini chizing. Buning uchun absisa o`qiga C ning, ordinata o`qiga X ning qiymatlari qo`yiladi. 2-tajriba. Tuzlarni bir-biridan xromatografik usulda ajratish. Download 56.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling