Kerakli asbob va reaktivlar : Xromatografik kolonka (yoki byuretka) shtativ, 50 va 100 ml li stakanlar, voronka, paxta, Al2O3, FeCl3, Cu(NO3)2, Co(NO3)2 tuzlarining 1% li eritmalari.
Tajribaning bajarilish tartibi: Tuzlar aralashmasini tarkibiy qismlarga ajratish uchun xromatografik kolonka (yoki byuretka) dan foydalanamiz. Uning uzunligi 20-25 sm, ichki diametri 15-20 mm bo`lishi kerak, pastki qismiga bekitish uchun paxta tiqib qo`yiladi.
Adsorbent sifatiga alyuminiy oksiddan foydalaniladi. Xromatografik kolonkaning ¾ qismi Al2O3 bilan to`ldiriladi va shtativga o`rnatiladi.
Adsorbentni zichlantirish uchun uning ustidan 10 ml distillangan suv qo`yiladi va kolonka tagida stakan qo`yiladi. Adsorbentning butun balandligi ho`llanib bo`lgandan so`ng, stakandagi tuzlar aralashmasidan iborat eritma kolonkaga quyiladi. Tajribani bajarish uchun 1% li eritmalaridan 5 ml dan olib ular bitta stakanda aralashtiriladi. Kolonka rasmini chizing va unda moddalarning joylanish tartibini ko`rsating.
3-tajriba. Tuproqdagi kation almashinish jarayonini o`rganish.
Kerakli reaktiv va asboblar.
1 N ammoniy xlorid, ammoniy oksalat eritmalari, tuproq.
2 ta 100 ml li stakan, 2 ta voronka o`rnatilgan shtativ, filtr qog`oz.
Tajribaning bajarilishi. Ikkita shtativda o`rnatilgan voronkalarga filtr qog`ozlari joylashtiriladi va ularga 10 grammdan tuproq solinadi. Voronkalar tagiga stakanlar qo`yiladi va birinchi voronkadagi tuproq distillangan suv, ikkinchisidagi esa 1 N eritmasi bilan yuviladi. Ikkala stakanlardagi eritmalardan 1 ml dan olib 2 ta probirkaga solinadi va ularda bor-yo`qligini bilish uchun ammoniy oksalat yordamida sifat reaksiyasi o`tkaziladi.
Suvli so`rimda ionlari yo`qligi, tuzli so`rimda esa mavjudligi sababini tushuntiring. Tuproqda sodir bo`ladigan ion almashinish sxemasini yozing.
4-tajriba. Bo’yoq moddalar va zollarning ko’mirda adsorbsilanishi va bu jarayonga erituvchilar tabiatini ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |