Kerakli jihoz va reaktivlar: Shtativ probirkalari bilan, voronka, pipetkalar, chayqatish apparati, fil’tr qog’ozi, suv hammomi, mis sul’fat va kaliy bixromat, kobal’t xlorid tuzlari eritmalari, fuksinni suvdagi hamda spirtdagi eritmalari, yangi tayyorlangan temir(III) gidroksid hamda Berlin lauzeri, metilen ko’ki, aktivlangan ko’mir, yod eritmasi, so’lak eritmasi, kraxmalni 0,1 % eritmasi.
Tajribaning bajarilishi: 6 ta probirka olib ular raqamlanadi va 2 ml dan:
1-probirkaga CuSO4 eritmasidan
2-probirkaga fuksinni suvli eritmasidan
3- probirkaga fuksinni spirtli eritmasidan
4-probirkaga Fe(OH)3 suspenziyasidan
5-probirkaga Berlin lauzeri suspenziyasidan
6-probirkaga K2Cr2O7 eritmasidan solinib ustiga 0,1 grammdan aktivlangan ko’mir qo’shiladi. Eritmalarni saqlovchi probirkalar chayqatish apparatida 5-minut chayqatiladi. So’ngra quyqalarni cho’ktirish uchun probirkalar 10-minut atrofida shtativda tinch holatda saqlanadi. Probirkalardagi cho’kmalar ustidagi suyuqliklar rangiga qarab adsorbsiya sodir bo’lganligi yoki bo’lmaganligi haqida har bir holat uchun alohida-alohida xulosa chiqariladi.
5-tajriba. So’lak amilazasini aktivlangan ko’mirda adsorbsilanishi
Kerakli jihoz va reaktivlar: 4-tajribalardagi kabilar.
Tajribaning bajarilishi: Ikkita probirka olib ularga 2 ml dan so’lak eritmasidan solinadi. Probirkalardan biriga 0,2 gramm aktivlangan ko’mir bo’lakchalaridan tashlab, 5-6 minut davomida chayqatiladi. Ikkinchi probirka(nazorat) solishtirish uchun qoldiriladi. Aktivlangan ko’mir solingan probirkadagi aralashma qog’oz yordamida fil’tirlanadi. Nazorat va fil’trat probirkalariga kraxmalning 0,1 % li eritmasidan 5 ml dan quyib, aralashmali probirkalar 15 minut davomida 37-400 C li suv hamomida isitiladi. Probirkalardagi eritmalar xona haroratiga qadar sovutiladi va 2-tomchidan yod eritmasidan tomiziladi. Qaysi probirkada kraxmal qolgan bo’lsa, o’sha eritma ko’k rangga bo’yaladi. Aktivlangan ko’mir ishtirokidagi jarayon haqida xulosa chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |