Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги
Download 1.09 Mb.
|
2-MA’RUZA TAQDIMOTI (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Qonunning mohiyati va mazmuni.
2. Qonunni qabul Qilinishi.MЕTROLOGIYA TO‘G‘RISIDA O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI 28-dekabr, 1993 yil qabul qilingan. Qonun 5 bo‘limdan iborat: Birinchi bo‘lim - umumiy holatlar; Ikkinchi bo‘lim – fizik kattaliklar va ularni qo‘llash; Uchinchi bo‘lim – O‘zbekiston Respublikasining metrologik xizmatlari; To‘rtinchi bo‘lim – davlat metrologik nazorati; Beshinchi bo‘lim – metrologiya bo‘yicha moslash ishlari; Qonunning 1-bo‘limi 4ta moddadan iborat bo‘lib, unda xalqaro shartnomalar, bitimlar xam kiradi. 3. Qonunda qo‘llanilgan atama va ta’riflar Ushbu Qonun 1-moddasida quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
4. Qonunning mohiyati va mazmuni.Qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yhatiga kiritish “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yhati belgisini qo‘yish to‘g‘risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro‘yhati belgisi qo‘yilishi shart. Qonunning 4-moddasida metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish tartibi keltiriladi. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ «O‘zstandart» agentligi amalga oshiradi. Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yhatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yhati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog‘liq o‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‘lchovlari “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O‘zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari guruhining ro‘yhatiga kiritilgan bo‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‘lchash natijalari bilan ta’minlashlari lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling