Afgʻon urushi 1979-yil 25-dekabr-1989-yil 15-fevral oraligʻida boʻlib oʻtgan


Sovet qo‘shinlari chiqarilganidan so‘ng


Download 34.61 Kb.
bet7/9
Sana07.10.2023
Hajmi34.61 Kb.
#1694646
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Afgʻon urushi 1979

Sovet qo‘shinlari chiqarilganidan so‘ng
SSSR qo‘shinlarining Afg‘onistonda olib borgan o‘n yillik urushi bu mamlakat uchun og‘ir asorat qoldirdi. SSSR harbiylari chiqarilganidan keyin ham Afg‘oniston tinchimadi. Turli guruhlar hokimiyat talashib, fuqarolar urushi boshlanib ketdi.
Afg‘oniston hanuz notinch bo‘lib qolmoqda. Bu yurtda urush boshlanganiga ayni kunlarda 40 yil bo‘ldi.
Bugun barcha — Afg‘on xalqining o‘zi ham, unga chegaradosh davlatlar, jahon ahli — Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishini xohlayapti. Ammo, hozircha bu xohishlarning amalga oshishi qiyin bo‘lmoqda. Ammo, umid so‘ngani yo‘q va bu yurtda tinchlik o‘rnatilishiga ishonuvchilar ham ko‘p.

Afg‘onistondagi iqtisodiy tanazzul qo‘shni mamlakatlarga qanday ta'sir ko‘rsatishi mumkin?

Afg‘oniston iqtisodiyoti 30 foizga qisqarishi prognoz qilinmoqda. Bu millionlab odamlarning qashshoqlashib ketishi va ayanchli gumanitar inqirozga olib kelishi mumkin.



Foto: Getty Images
Afg‘onistonda vaziyat kundan kunga og‘irlashmoqda. Shu paytga qadar xalqaro moliyaviy yordamlar evaziga jon saqlab kelgan iqtisodiyot deyarli tanazzul holatiga kelib qoldi. Mamlakatdagi beqarorlik va qishloq xo‘jaligida hosil kam bo‘lgani sabab havo soviy boshlashi natijasida yordamga muhtoj aholi soni oshib bormoqda. Bu esa bir qancha salbiy oqibatlarga olib keladi.
Afg‘oniston iqtisodiyoti qanday edi?
So‘nggi yillarda Afg‘oniston iqtisodiyoti zaiflik va yordamga qaramlik natijasida shakllanib keldi.
JST ma'lumotlari asosida oxirgi 20 yillik bo‘yicha mamlakat YaIM o‘sishi tahlil qilib chiqilganda ham, 2003 yildan keyingi 10 yillik davr mobaynida mamlakat iqtisodiyoti o‘rtacha 9 foizdan yuqori o‘sdi. Bundan keyingi yillarda esa (xalqaro yordamlar kamayishi ta'sirida) o‘sish sur'ati sekinlashdi va 2015–2020 yillar oralig‘ida yillik o‘rtacha ko‘rsatkich 2,5 foizga tushib qoldi.
2020 yilda aholisi 40 millionga yaqin bo‘lgan Afg‘onistonda YaIM hajmi 19,8 mlrd dollar bo‘lib, aholi jon boshiga bu ko‘rsatkich 509 dollarni tashkil qiladi.
Mamlakat tashqi savdo aylanmasiga e'tibor qaratilsa, 2019 yilda mamlakat eksportining umumiy hajmi 870 mln dollarni, import esa 8,6 mlrd dollar (salbiy tashqi savdo saldosi deyarli 10 baravar yuqori) atrofida bo‘lgan.
Bundan tashqari, siyosiy nizolar sabab xavfsizlik uchun ajratiladigan budjet iqtisodiyotining 29 foizini tashkil qilgan.

Download 34.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling