Afgʻon urushi 1979-yil 25-dekabr-1989-yil 15-fevral oraligʻida boʻlib oʻtgan


Download 34.61 Kb.
bet8/9
Sana07.10.2023
Hajmi34.61 Kb.
#1694646
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Afgʻon urushi 1979

Qochqinlar inqirozi
«Tolibon»ning hokimiyatga kelishi fonida Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston markaziy bankining AQShda saqlanayotgan aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Ma'lumotlarga ko‘ra, aprel oyi oxirida Afg‘oniston markaziy bankining valuta zaxiralari 9,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Shundan so‘ng AQShning ta'siri kuchli bo‘lgan Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVF), Jahon banki (JB) kabi tashkilotlar tomonidan Afg‘oniston iqtisodiyotiga ko‘rsatib kelinayotgan yordamlar ham to‘xtatildi. Natijada valuta hisoblari muzlatilishi ortidan Afg‘onistonda naqd pul yetishmasligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlari va yonilg‘i narxi keskin qimmatlashib ketdi.
XVFning oxirgi prognozlariga ko‘ra, joriy yilda Afg‘oniston iqtisodiyoti 30 foizga qisqarishi kutilmoqda. Bu millionlab odamlar qashshoqlashib ketishi va ayanchli gumanitar inqirozga olib kelishi mumkin, bu esa birinchi navbatda qochqinlar soni ortishiga sabab bo‘ladi.
Qochqinlarning katta oqimi ularni qabul qiladigan qo‘shni respublikalarda davlat resurslariga yuk bo‘lishi, mehnat bozorida bosimni kuchaytirishi va ijtimoiy keskinlikka olib kelishi mumkin.
Avgust oyidagi eng yomon ssenariyda mintaqada yana 500 ming yangi afg‘on qochqini paydo bo‘lishi kutilayotgani aytilgan bo‘lsa, ayni paytda bu raqamlar qariyb 1 million kishigacha yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, havo harorati pasayib borishi natijasida uysiz qolgan afg‘onlarning ahvoli yomonlashmoqda. Yordamga muhtoj afg‘onistonliklar soni 20 millionga yetgan va ularning soni har kuni o‘sishda davom etmoqda.
Qo‘shni mamlakatlar qochqinlarni qabul qilishi mumkinmi?
Afg‘on qochqinlarini qabul qilishi mumkin bo‘lgan qo‘shni mamlakatlar sifatida asosan Tojikiston, Pokiston va Eron ko‘rilmoqda. XVF hisob-kitoblariga ko‘ra, bu Tojikiston uchun 100 million dollar, Eronga 300 million dollar va Pokistonga 500 million dollarga tushishi mumkin. Shuningdek, qochqinlarni qabul qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari asosiy nomzodlar sifatida ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, ularning aksariyati buni mutlaqo xohlamaydi.
Mintaqa mamlakatlaridan faqatgina Tojikistonda afg‘onlarni qabul qilish bo‘yicha qisman xohish bo‘lsa-da, mamlakatning iqtisodiy holati bunga to‘la darajada imkon bermaydi. Shu sabab Tojikiston xalqaro moliyaviy yordam olmaguncha ko‘p sonli qochqinlarni qabul qila olmasligini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston hukumati ayni paytda afg‘on qochqinlarini qabul qilish rejalari mavjud emasligini bildirgan. Bunga asosli sabablarni ham keltirish mumkin.
Birinchidan, qochqinlarni joylashtirish O‘zbekiston budjeti uchun katta moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Xalqaro hamjamiyat tomonidan bu borada aniq dastur va miqdorlarga asoslangan amaliy ishlar qilinmadi, ya'ni xalqaro moliyaviy yordam qaysi davlatlar tomonidan ko‘rsatilishi yoki uning aniq miqdori mavjud emas. 2015 yildagi og‘ir migratsion inqirozdan keyin Yevropa Ittifoqi afg‘on qochqinlarini qabul qilmasligini va ularni qo‘shni mamlakatlarga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar qilinishini aytishgan bo‘lsa-da, yakuniy va yakdil qaror qabul qilinmadi.
Ikkinchidan, afg‘on qochqinlarini qabul qilish mamlakatdagi ijtimoiy kayfiyatga jiddiy ta'sir o‘tkazadi. Aholining ko‘pligi afg‘onlardan xavfsirashadi va ularga nisbatan ishonchsizlik yuqori darajada.
Uchinchidan, O‘zbekiston oldida hech qanday xalqaro majburiyat ham mavjud emas. Mamlakat BMTning qochqinlar to‘g‘risidagi konvensiyasiga qo‘shilmagan.
To‘rtinchidan, pandemiya holatidagi sanitariya-epidemiologiya muammolari, transchegaraviy jinoyatlar va giyohvand moddalar savdosi kengayish xavfining ortishi kabi muammolarni ham ko‘rsatish mumkin.

Download 34.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling