Afrika qit’asi mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy-madaniy xususiyatlari.(2 s)


Download 442.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana06.05.2023
Hajmi442.85 Kb.
#1433841
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza

6. Koma guruhi 
Koma xalqi 
III. Koysan oilasi 
Koysan guruhi 
1. Janubiy 
Afrika 
koysan 
guruhi 
Bushmenlar. 
Gottentotlar, 
tog’lik 
damaralar. 
2. Sandave guruhi 
Sandave xalqi 
3. Xatsa guruhi 
Xadzapi xalqi.
Afrikadagi 
mustamlakachilik 
xalqlarning 
ijtimoiy 
taraqqiyotini 
sekinlashtirdi. Qit’ada bir-biridan juda katta farq qiluvchi qabilalar, elatlar va ko’p 
sonli millatlar istiqomat qiladi. Bu hududda barcha turdagi etnik birlashmalar, ko’p 
millionli millatlar (misrliklar, tunisliklar, jazoirliklar, marokashliklar, amxaralar va 
b.), yirik elatlar (xauslar, yoruba, ibo, fulbe va b.), hozirgi kungacha urug’-qabilaviy 
munosbatlarda yashovchi turli kam sonli ko’plab, termachilik va ovchilik bilan 


18 
shug’ullanadigan guruhlar uchraydi. Lekin har holda bu xalqlarning bir-biriga 
aloqasi yo’qligi haqidagi fikrlar asossizdir.
Bir – biriga yaqin qabilalar va elatlarning birlashuvi, etnik aralashuv jarani 
Afrikada qadimdan davom etib keladi. Mustamlakachilarning to’sqinligiga qaramay 
bu jarayonlar o’sha davrda ham jadal davom etgan. Mustaqillikka erishilgandan 
keyin bu qit’a aholisining milliy konsolidatsiyasi yanada kuchaydi. Bugungi kunda 
Afrika etnik xaritasida xalqlarning umumy miqdori 250-400 dan oshmaydi.
Ko’plab qabilalar, xalqlar va elatlar, alohida qabilalar Afrikaning bo’lib 
olinishi natijasida ajratib olingan hududlarga o’tib qolganlar. Masalan malinke 
xalqining etnik hududi Senegal, Sudan (hozirgi Mali), Gvineya, Fil Suyagi Qirg’og’i 
kabi frantsuz va ingliz koloniyasi bo’lgan Gambiya hududlariga ajralib qolgan edi. 
Fulbelar hududi Mavritaniya, Senegal, Gvineya, Niger, Yuqori Volta, Dagomeya 
(Benin), Kamerun, Nigeriya, Gambiya mustamlakalarida joylashgan (oxirgi ikki 
hudud Buyuk Britaniya, Kamerun qisman Buyuk Britaniya, qisman Frantsiya, 
qolganlari Frantsiya mustamlakalari bo’lgan). CHegaralar akai, mosi, eve va boshqa 
ko’plab xalqlarning tarqalgan hududlaridan kesib o’tgan. Buning natijasida Sahroi 
Kabirdan janubda bir millatli davlatlar yo’q. Ayniqsa Nigeriya, Efiopiya, KDR, 
Tanzaniya, Uganda, Gana, Kamerun, Keniya va ba’zi mamlakatlar murakkab etnik 
tarkibga egadir. Bu holat ko’p marotaba etnik qarama-qarshilik, fuqarolar urushi 
kabi hodisalarga sabab bo’lgan.
Ayni vaqtda Afrikadagi til oilalari va til guruhlari bo’yicha xalqlarni ajratish 
murakkab tadqiqotlarni talab etar ekan, bu xalqlarni umumiy ravishda quyidagi katta 
til oilalari va guruhlariga ajratish mumkin.
Niger-kordofan oilasi – bantu (kongo, yoruba, fulbe, somali, ibo, nilot, xausa, 
suaxili va b.) xalqlari. 
Nil-Sahroi Kabir oilasi 
Xom-Som oilasi – arablar 
Hind-Yevropa oilasi – Burlar, hindlar (JARda) 
Avstroneziya oilasi – malgashlar (Madagaskarda) 
Koysan oilasi – bushmenlar va gottentotlar. 


19 
Boshqa oilalar, guruhlar va o’rganilmagan tillar.
Burlar - JAR hududiga o’rta asrlarda ko’chib kelgan golland 
mustamlakachilari va mahalliy zulus, gottentot xalqlari vakillari bilan nikohidan 
tug’ilgan avlodlar. “Ranglilar”, “Afrikanerlar” deb ham ataladi. Ularning tili 
afrikaans tili deyiladi. 
Xom – som til oilasi tillarida so’zlashuvchi xalqlar SHimoliy va SHimoli-
SHarqiy Afrikada hududida yashaydilar. Som tillaridan eng keng tarqalgani arab 
tilidir. Afrikada arab tilida so’zlashuvchi aholi Arabiston yarim orolidan VII-XI 
asrlar davomida arab qabilalarining ko’chib o’tishi va tub xalqlarni (asosan 
barbarlarni) o’ziga assimilyatsiya qilishi mobaynida shakllangan. Bugungi kunda 
assimilyatsiya yanada kuchayishi natijasida arab va barbar xalqlarining o’rtasida 
hududiy chegarani aniqlash qiyin. Barbar xalqlari ayni paytda faqat Mag’ribning 
tog’li hududlarida va Sahroi Kabirdagi vohalarda saqlanib qolgan, lekin ularning 
ham ko’pchiligi arab tilida so’zlashadi, islomga e’tiqod qiladi va qisman o’zlarini 
arablar deb hisoblaydi. Kelajakda bu xalqlarning arablarga butunlay singib ketishi 
kutiladi.
Ilmiy va siyosiy adabiyotlarda arab xalqining umumy etnik yagonaligi, umumyi 
arab millati haqida ko’p yozishadi. Haqiqatdan arab adabiy tili barcha arab davlatlari 
uchun yagonaligi shubhasiz. Lekin arab davlatlarida yashaydigan arablar turli arab 
tili lahjalarida so’zlashadilar va adabiy arab tilini deyarli tushunmaydilar. 
Lingvistlar (tilshunoslar) quyidagi arab lahjalari yoki lahjalar guruhlarini ajratadilar: 
Iroq, suriya, arabiston, yaman, misr, sudan, mag’rib ya’ni – liviya, tunis, jazoir, 
marokash kabilar. Bu lahjalar o’zaro va adabiy tildan ancha farq qiladi. Ba’zi lahjalar 
adabiy til sifatida ham qo’llanmoqda. SHu tarzda xulosa qilish mumkinki, kelajakda, 
umumiy adabiy arab va mahalliy arab tillarining shakllanishi ehtimoldan xoli emas.
Som tillariga mansub xalqlardan yana bir eng yirigi amxara bo’lib, ular 
Efiopiyaning tog’li hududlarida yashaydigan va bir-biri bilan yaqin bo’lgan tigre va 
tigrailar bilan birgalikda shakllanayotgan efiop millatining yadrosini tashkil qiladi.


20 
Kush guruhiga oromo yoki galla va Efiopiyaning janubida yashaydigan ometo 
va sidamo kabi turli xalqlar kiradi. Somali guruhidagi xalqlar Somali va unga 
chegaradosh davlatlar hududida yashaydilar.
CHad guruhiga Nigeriya, Niger va Kamerun shimolida yashaydigan xalqlar 
kiradi. Bular xausa va ularga yaqin bo’lgan bade, bura, kotoko va boshqalardir. 
Ularning orasida xausa tili keng tarqalgan.
Afrikadagi boshqa til oilalariga kiruvchi xalqlar Sahroi Kabirdan janubda 
yashaydi. Bu hududning katta qismini Niger-kordofan oilasiga mansub xalqlar 
egallagan. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, bu til oilasi ikki guruhga, ya’ni niger-
kongo va kordofan guruhlariga ajratiladi. Niger – kongo guruhi tarkibida miqdor 
jihatdan benue-kongo kichik guruhi ajralib turadi. Bu kichik guruhga kiruvchi 
xalqlar Afrika qit’asi aholisining deyarli choragini tashkil etadi. Bu kichik guruhga 
birinchi navbatda o’zaro yaqin bo’lgan va bantu tilida so’zlashuvchi xalqlar kiradi. 
Bantu xalqlari Tropik Afrika mamlakatlari: Gabon, Ekvatorial Gvineya, Kongo, 
Angola, KDR, Uganda, Ruanda, Burundi, Keniya, Tanzaniya, Malavi, Zambiya. 
Zimbabve, Mozambik, Botsvana, Svazilend, Lesoto, JAR, Namibiya kabilarning 
aholisini tashkil etadi. SHarqiy Afrikaning deyarli barcha mamlakatlarida suaxili tili 
keng tarqalgan. Bu til Tanzaniyada yashaydigan kichik suaxili xalqining ona tilidir. 
Bantu xalqlariga yaqin bo’lgan tiv, ekoi, tikar, bamileke va yana bir qancha xalqlar 
Nigeriya va Kamerunda yashaydi.
G’arbiy Atlantika kichik guruhiga mansub xalqlar Afrikaning chekka g’arbida 
– Gvineya, Gvineya-Bisau, Senegal, Serra-Leone, Gambiya va boshqa davlalar 
hududida yashaydi. Bu guruhdagi eng ko’p sonli xalq fulbe bo’lib, uning alohida 
qismlari butun G’arbiy va Markaziy Sudan mamlakatlarida tarqalgan. Kva kichik 
guruhi ham millionlik miqdordagi yoruba, ibo, eve va akai xalqlar guruhini 
birlashtiradi. Bu xalqlar Gana va Benin davlatlari aholisining ⅔ qismini, Nigeriya, 
Togo, Liberiya va Kot-d‘Ivuarning yarim aholisini tashkil etadi. Mande kichik 
guruhi xalqlari Senegal va Niger daryolari yuqori qismida yashaydilar va Gambiya, 
Liberiya, Mali, Serra – Leone aholisining yarmiga yaqinini tashkil etadilar. Volta 
kichik guruhi xalqlari G’arbiy Sudan ichki hududlari va Yuqori Volta chegaralarida, 


21 
Gana, Togo va Beninda yashaydi. Adamaua sharqiy kichik guruhi xalqlari Markaziy 
Afrika Respublikasi (85%) da to’plangan, KDR, Kamerun. Sudan va CHadning 
qo’shni rayonlarida yashaydi.
Nil-Sahroi Kabir oilasiga olti guruh kiradi – songai, sahroi kabir, shari-nil, 
maba, fur va koma.
Songai guruhi xalqlari Niger daryosining o’rta oqimi (Mali, Niger, Nigeriya) 
da yashaydi. Sahroi kabir guruhi xalqlari CHad ko’li atrofida, Markaziy Sahroi 
Kabir (Niger, CHad), shuningdek Nigeriyada yashaydi. SHari-nil guruhiga Yuqori 
Nil va Viktoriya hamda Rudolf ko’llari havzasi (Sudan, Uganda, Keniya) da 
yashaydigan xalqlar kiradi.
Afrikaning janubi-g’arbiy qismi (Namibiya, Angola, Botsvana) da bantu 
xalqlaridan tashqari koysan oilasga mansub xalqlar – bushmenlar, gottentotlar, 
tog’lik damaralar tarqalgan. o’tmishda bushmenlar va gottentotlar Janubiy 
Afrikaning ulkan hududlarini egallagan, XVIII – XIX asrlar davomida ularning ko’p 
qismi Yevropa mustamlakachilari tomonidan qirib tashlandi. Koysan oilasiga 
shuningdek SHarqiy Afrikada (Tanzaniya) yashaydigan sandave va xatsa xalqlari 
kiradi. Madagaskar orolida Afrika xalqlaridan til, antropologik, va madaniy jihatdan 
keskin farq qiluvchi malgashlar yashaydi. Malgash tili avstroneziya til oilasiga 
kiradi.
Ayni vaqtda Afrika qit’asida Yevropaliklarning avlodlari, shu bilan birga 
ularning mahalliy xalq vakillari bilan nikohlaridan tug’ilgan metislar ham yashaydi 
(JAR, Zimbabve, Namibiya, Keniya, Jazoir). Ba’zi davlatlarda bunday guruhlar 
juda kam bo’lsa, ba’zi davlatlarda yetakchi guruhlarni tashkil etadi (JAR).
JAR, Keniya, Tanzaniya va Mavrikiy orolida janubiy osiyoliklar avlodlari (tamillar, 
hindlar, bixarliklar, rojastonliklar) yashaydi. Mavrikiyda hatto aholining ko’pchilik 
qismini tashkil etadilar. 


22 


23 

Download 442.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling