Afrika qit’asi mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy-madaniy xususiyatlari.(2 s)


Download 442.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.05.2023
Hajmi442.85 Kb.
#1433841
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza

 
 
 
Eksport mahsulotlarida qora va rangli metallar, uran va olmoslarning ulushi 
yuqori bo’lgan mamlakatlar. 
90%
82%
95%
96%
75%
80%
85%
90%
95%
100%
Angola
Gabon
Liviya
Nigeriya



 
Eksport mahsulotlarida oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo’jalik xom-
ashyosi ulushi yuqori bo’lgan mamlakatlar.
 
Xo’jalikning hududiy tizimida rivojlanishning birmuncha yuqori darajasi 
poytaxtlar, mineral resurslarni qazib olish va ishlov berish rayonlari, shuningdek 
xom-ashyo va ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlarini olib chiqish portlari joylashgan 
hududlarda kuzatiladi. Qolgan hududlarda natural va yarim natural qishloq xo’jalik 
ustunlik qiladi. Bunday xo’jalik tipi sekin rivojlanish xususiyatiga ega bo’lganligi 
uchun aholi ko’payishidan ortda qoladi. Qishloq xo’jaligining bosh tarmog’i 
74%
70%
69%
50%
50%
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
Botsvana
Gvineya
Zambiya
Niger
Serra Leone
88% 83% 83%
54% 51% 56%
70%
50% 52%
63%
50% 52%
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
90%
100%



dehqonchilik bo’lib, ko’pgina davlatlar bir yoki ikki ekin turiga ixtisoslashgan. 
Masalan Kot-d-Ivuar va Gana kakao dukkagi va kofe, Senegal yeryong’oq, Tunis 
zaytun, Misr paxta va apelsin, Tanzaniya choy, yetishtirishga ixtisoslashgan. Oziq-
ovqat ekinlaridan kassava (maniokaning bir turi), makkajo’xori va yams katta 
ahamiyatga ega. CHorvachilik qurg’oqchil iqlim tufayli dehqonchilik cheklangan 
hududlarda muhim o’rin tutadi. Asosan zebu sigirlari, qo’y, echki, cho’chqa, tuyalar 
boqiladi. Efiopiya, Sudan, Nigeriya, Somali va JARda chorva eng ko’p miqdordadir. 
Ko’plab mamlakatlar o’z aholisini eng zarur oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlay 
olmaydi va ularni yo import qiladi, yoki yordam tariqasida oladi.
Afrika qit’asidagi xo’jalik taraqqiyoti yuqorida ta’kidlanganidek, ming yillar 
davomida shakllanib kelgan va mustamlakachilikning boshlanishiga qadar deyarli 
o’zgarmagan. (Nil daryosi tsivilizatsiyasidan tashqari). Xo’jalikning asosini doimo 
o’rmonlar va o’tloqlarni yoqish orqali yangi relarni ochish va motiga (ketmon) bilan 
tuproqqa ishlov berish tashkil etib kelgan.
Yuqoriroq darajada rivojlangan dehqonchilik (Nil vodiysidan tashqari) 
SHimoli sharqiy Afrika (Efiopiyaning zamonaviy hududi), G’arbiy Afrika va 
Madagaskarda shakllangan edi.
CHorvachilik (asosan qoramolchilik) aksariyat afrika xalqlari xo’jaligida 
yordamchi tarmoq shaklida rivojlangan, asosiy tarmoq bo’lib, faqat alohida 
rayonlarda – SHimoliy Afrikaning ko’chmanchi xalqlari va Zambezi daryosidan 
janubdagi huddularda namoyon bo’lgan.
Afrika Yevropaliklarga qadimdan ma’lum hudud edi, ammo ularni bu hudud 
qiziqtirmagan, chunki qimmatbaho metall konlari yo’q, buning ustiga materik 
ichkarisiga kirish qiyin va xatarli edi. XVIII asr oxiriga qadar Yevropaliklarga 
qirg’oq chiziqlari va daryo mansablari hududlarigina ma’lum bo’lib, ular bu yerlarda 
savdo va tayansch punktlari barpo qilganlar, shu yerdan Amerikaga qullar olib 
ketilgan. Bu jarayon Yevropaliklar tomonidan Afrika hududlariga qo’ygan 



nomlarida ham aks etgan, masalan Fil suyagi qirg’og’i, Oltin qirg’oq, Qullar 
qirg’og’i va h.k. 
XIX asrning 80-yillariga qadar Afrika hududining ¾ qismini turli siyosiy 
tuzilmalar, shu jumladan yirik va qudratli davlatlar (Mali, Zimbabve va b.) egallagan 
edi. Yevropaliklarning koloniyalari faqat qirg’oq bo’ylarida joylashgan edi. Qisqa 
muddat, ya’ni 20 yil ichida butun qit’a Yevropa davlatlari tomonidan taqsimlab 
olindi. Bu hodisa Amerika qit’asidagi davlatlar mstaqillikka erishgan davrda ro’y 
berdi. Nima uchun Afrika qit’asi Yevropaliklar uchun qiziqarli ob’ektga aylandi, 
degan savolga quyidagi sabablarni ko’rsatish mumkin: 
1. Bu davrga kelib materik turli ekspeditsiyalar va missonerlik harakatlari 
natijasida deyarli yaxshilab o’rganib bo’lingan edi. Amerikalik harbiy 
muxbir G. Stenli XIX asrning 70-yillarida materikni sharqdan g’arbga 
tomon ekspeditsiya bilan kesib o’tdi. O’zidan keyin vayron bo’lgan 
qishloqlarni qoldirib o’tgan bu ekspeditsiya natijalariga ko’ra G. Stenli 
inglizlarga murojaat tarzida shunday yozgan edi: “Kongo daryosining 
manbaidan janubda 40 millionta yalang’och odamlar o’zlarini 
Manchesterdagi to’quv fabrikalarining kiyintirishini va Birmingemning 
ustaxonalari asbob-uskunalar bilan ta’minlashini kutib yotibdi”.
2. XIX asr oxirida xinin dorisi kashf etildi. Bu dori malyariya-bezgakka 
qarshi vosita bo’lib, Yevropaliklarning bezgak tarqalgan hududlarga kirib 
borishlari uchun imkon yaratdi.
3. Yevropada bu davrga kelib sanoat jadal rivojlana boshladi, iqtisodiyot 
yuksaldi, Yevropa davlatlari oyoqqa turdi. Bu davr Yevropa uchun 
nisbatan siyosiy barqarorlik davri edi, katta urushlar bo’lmayotgan edi. 
Mustamlakachi davlatlar o’zaro bahamjihatlik ko’rsatib, XIX asrning 80-
yillarida tashkil qilingan Berlin konferentsiyasi qarori bo’yicha Angliya, 
Frantsiya, Portugaliya, Belgiya va Germaniya Afrika hududini bo’lib 
olishdi. Afrikadagi chegaralar hududning geografik va etnik 
xususiyatlarini hisobga olinmagan holda o’tkazila boshlandi. Ayni vaqta 
Afrikadagi davlatlarning 2/5 qismining chegaralari meridianlar va 



parallellar orqali, 1/3 qismining chegaralari turli to’g’ri va egri chiziqlar 
bo’yicha, ¼ qismining chegaralari etnik chegaralarga taxminiy mos 
keladigan tabiiy to’siqlar orqali o’tkazilgan. 
XX asr boshiga kelib Afrikaning butun hududi Uvropa davlatlari tomonidan 
egallangan va taqsimlab olingan edi.
Afrika xalqlarining ozodlik kurashi qabilalarning o’zaro raqobatlari tufayli 
murakkablashar, o’q yoy va nayzalar vositasida Yevropaliklarning o’q otar qurollar 
bilan ta’minlangan qo’shinlariga qarshi turish mumkin emas edi.
Afrikani faol mustamlaka qilish davri boshlandi. Amerika va Avstraliyadan 
farqli ravishda Yevropaliklarning yalpi ko’chib kelishi yuz bermadi. Butun Afrika 
hududida XVIII asrga kelib immigrantlarning yagona kompakt guruhi – gollandlar 
(burlar) mavjud edi va ularning miqdori 16 ming kishi bo’lgan. Ayni kunda ham 
Yevropaliklarning avlodlari va aralash nikohdan tug’ilgan bolalar materik 
aholisining 1% ini tashkil etadi.
Afrika dunyo bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning past darajasi 
bilan ajralib turadi. Insoniyatning eng dolzarb global muammolari aynan Afrikaga 
tegishlidir. Ba’zi davlatlar birmuncha taraqqiy etgan albatta, lekin ular umumiy 
qoloqlik fonida kichik orolchalarga o’xshab ko’rinadi. Bu muammo murakkab tabiiy 
sharoit va uzoq vaqt davom etgan mustamlakachilik siyosati oqibati hisoblanadi, shu 
bilan birga ular bilan birgalikda boshqa omillar ham mavjud.
Afrika rivojlanayotgan mintaqa sifatida XX asrning 60 va 70-yillarida 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yuqori tezligiga erishdi. Bu rivojlanish alohida 
yo’nalishlarga ega bo’ldi. XX asrning oxirgi o’n yilliklarida muammolar keskin 
ravishda kuchaydi, iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari tushib ketdi va “Rivojlanayotgan 
dunyo rivojlanishdan to’xtadi” degan xulosaga kelindi.
Bir-biriga yaqin ammo turli mohiyatga ega ikki tushuncha mavjud, bular 
“rivojlanish” va “modernizatsiya” kabi tushunchalardir. Rivojlanish tushunchasini 
Afrikaga qo’llanilganda an’anaviy tizimni mustahkamlashga olib boradigan ichki 
sabablarga tayanadigan iqisodiy-ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar tushuniladi. 
Afrikada ayni o’zgarishlar ro’y bergan.


10 
Modernizatsiya esa dunyodagi zamonaviy talablar asosida iqtisodiy va 
ijtimoiy hamda siyosiy sohalardagi o’zgarishlar yig’indisi demakdir. Bu 
tushunchani Afrikaga nisbatan qo’llanilganda hududning tashqi aloqalarini 
kengaytirishi va dunyo tizimiga qo’shilishi tushuniladi.
Bir tomonlama, an’anaviy rivojlanish avtarkiyaga (biqiqlik) va qoloqlikka 
olib keladi. Jadal modernizatsiya esa mavjud ijtimoiy va iqtisodiy strukuturaning 
og’riqli buzilishiga olib keladi.
Optimal 
yechim 
rivojlanish 
va 
modernizatsiya 
tushunchalarini 
muvofiqlashtirish va eng muhimi – bosqichma-bosqich, mahalliy xususiyatlarni 
hisobga olgan holda amalga oshiriladigan izchil o’zgarishlardir. Modernizatsiya 
ob’ektiv xarakterga ega va bundan voz kechib bo’lmaydi.
Afrikadagi turli mamlakatlarda modernizatsiya o’z yo’nalishiga ega bo’ldi, 
shu bilan birga umumiy yo’nalishlarnii ajratib ko’rsatish mumkin. Modernizatsiya 
barcha ichki rezervlarni ishga solishga va tashqi manbalardan keng foydalanishni 
talab qiladi.
Mamlakat yoki mintaqa uchun jahon xo’jaligidagi va xalqaro mehnat 
taqsimotidagi o’rnini belgilab olishi hamda eksport resurslari (eksport bazasi) ni 
yuzaga chiqarishi muhim hisoblanadi. “Modernizatsiyani ta’minlash uchun nimani 
sotish mumkin?” degan asosiy savolga javob topish talab qilinadi. Agar mamlakatda 
jahon bozoriga olib chiqiladigan hech narsa bo’lmasa va joylar egallangan bo’lsa, 
arzonroq yoki sifatliroq, yaxshisi ikkala xususiyatni birday namoyon qiladigan 
boshqa mahsulotlar modernizatsiyani ta’minlay oladi. Agar shu ham bo’lmasa faqat 
tashqi manbalarga, ya’ni “xalqaro xayriya”ga tayanishdan boshqa iloj qolmaydi, bu 
esa aholining ochlikdan qirilib ketmasligini ta’minlaydi xolos.
Jahon hamjamiyatining hamkorliklari masshtablari ichki imkoniyatlarga va 
davlat administratsiyasining layoqatiga bog’liq ravishda turlicha bo’lishi mumkin. 
Modernizatsiyaning barcha omillarini tashqi va ichki kabilarga ajratish mumkin.
Afrika modernizatsiyasining ichki omillari quyidagi tuzilmaga ega: 


11 
Afrika modernizatsiyasining tashqi omillarini quyidagicha tasavvur qilish 
mumkin: 
Modernizatsiyaning 
ichki omillari 
Mehnat potensiali (ishci qo’llarning miqdori, ularning narxi va 
malakasi) 
Qulay tabiiy sharoit 
va resurslar
(betakror!) 
Qulay geografik 
o’rin 
Ichki siyosiy barqarorlik va
ijtimoiy kelishuvchanlik 
Davlat siyosati 
Barcha ichki rezervlarning 
mobilizatsiyasi 
Modernizatsiayning tshqi 
manbalaridan foydalanish 
Industralizatsiya 
Modernizatsiya-
ning tashqi 
omillari 
Aholining ma’lumotlilik 
darajasini va xodimlar 
malakasini oshirish 
Tashqi moliyalashtirish 
(qarz, kredit, yordam va 
h.k.) 
Eksportning kengaytirilishi 
An’anaviy agrar sektorning 
modernizatsiya qilinishi 


12 
Afrikaning ichki resurslari juda cheklangan. Materikning katta qismidagi 
tabiiy shart-sharoitllar ulkan investitsiyalar va tabiat muhofazasi chora-tadbirlarisiz 
hech narsa berolmaydi. JAR ni hisobga olmaganda Afrika qit’asining ko’pchilik 
mamlakatlari alohida o’ziga xos va turlicha resurslarga ega emas. Geografik o’rin 
qulayligi faqat O’rta Yer dengizi qirg’oqlariga ega, Yevropaga yaqin joylashgan 
mamlakatlarga xosdir. Bu qulay imkoniyatdan Tunis va Marokash davlatlari yengil 
sanoat, subtropik dehqonchilik, xorijiy turizmni Yevropaga yo’naltirgan holda 
rivojlantirish vositasida unumli foydalanmoqda. Afrika mehnat resurslari miqdor 
jihatdan katta, juda yosh, lekin asosiy qismi elementar malakaga ega emas. Mehnat 
resurslari Afrikada modernizatsiyaning jiddiy omili bo’la olmaydi. Afrikaning 
ko’plab mamlakatlarida ichki siyosiy holat juda beqaror, jamoatchilik kelishuvi 
yo’q, ya’ni jamoatchilik modernzatsiya zaruratini his qilmaydi. Davlat strukturalari 
zaif, 
malakalai 
mutaxassilar 
yetishmaydi. 
Aytish 
mumkinki, 
Afrika 
modernizatsiyaning ichki omillariga ega emas va faqat tashqi manbalarga tayanishi 
mumkin. Ob’ektiv ravishda Afrika mamlakatlari modernizatsiyaga intilgan, lekin 
ichdan tayyor emas edi.
Avvallari Afrika resurslariga ortiqcha baho berilgan. Yevropada afrika xom-
ashyolariga deyarli ehtiyoj yo’q. Bunday resurslar va xom-ashyolarga faqat JAR ega 
xolos. Afrikaning malakasi past mehnat resurslari Osiyo ishchi kuchlari bilan 
raqobat qila olmaydi. Vaziyat shuni taqozo qilar ediki, mintaqaning o’zi 
modernizatsiyaga qodir emas, Yevropa uchun esa bu qiziqish uyg’otmaydi. Lekin 
modernizatsiya boshanib ketdi. XX asrning 60-70 yillarida bu jarayon juda 
faollashdi va bu jarayonga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatdi.
Afrikaning ko’plab mamlakatlari mustaqillikka erishdi va milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirish g’oyasi tug’ildi. Bir vaqtning o’zida jahon maydonida 
ta’sir doirasi uchun AQSH va SSSR o’rtasida kurash ketmoqda edi. Afrika 
davlatlarining ba’zilari bundan unumli foydalandi. Yevropaning Afrika mahsulotlari 
bo’lgan arzon minrela xom-ashyo, qishloq xo’jalik mahsulotlari, qimmatbaho 
yog’ochga bo’lgan qiziqishlari saqlanib qolgan edi.


13 
Asosiy qiyinchilik xo’jalik yuritish usullari, texnika va texnologiyalarni 
butunlay boshqacha tabiiy va ijtimoiy muhitga mexanik ravishda ko’chirib 
o’tkazishning imkonsizligida edi.
Alohida muhim ahamiyatga ega bo’lgan jihatlardan biri shundaki, 
modernizatsiyaning agar va sanoat (birinchi o’rinda undiruvchi) kabi tayanch 
sektorlariga yo’naltirilgandir. Eksportga yo’naltirilgan agrar ishlab chiqarishning 
rivojlanishi, “o’sish qutblari” nomini olgan shaharlarning jadal o’sishi qishloq 
aholisining shaharlarga ko’chishini tezlashtirdi va boshqarib bo’lmaydigan 
gipertrofik urbanizatsiyani yuzaga chiqardi. An’anaviy ijtimoiy strukturalar buzildi, 
yangilari esa shakllanib ulgurmagan edi. Ochig’ini aytganda BMTning Afrikani 
rivojlantirish 
bo’yicha 20 yillik dasturi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 
Modernizatsiya vayronkor tusga kirdi va uning natijasida mintaqa ahvoli yanada 
yomonlashdi. Tashqi qarzlar kattalashdi, ekologik muammolar chuqurlashdi, 
Afrikaning tez o’sayotgan aholisini boqish uchun oziq ovqat importiga bog’liqligi 
yanada kuchaydi. Afrika muammolarini hal etish maqsadida turli variantlar taklif 
etildi, bular Afrikani rivojlangan mamlakatlar boqimondachiligiga to’liq qabul qilib 
olishdan, mintaqani taqdir hukmiga tashlab qo’yishgacha bo’lgan takliflar edi.
Ayni vaqtda ham Afrikani rivojlantirish, ishlab chiqarish va aholi iste’molini 
muvofiqlashtirish, ijtimoiy farovonlik masalalari bo’yicha bahs munozaralar 
ketmoqda, mintaqada esa turli siyosiy beqarorliklar, urushlar, ochlik va ijtimoiy 
qoloqlik borgan sari chuqurlashmoqda.
Afrika qit’asida ayni kunda umumiy aholi soni 1 mlrd kishi atrofida, 
aniqrog’i 987 mln kishini tashkil etadi. Aholining tabiiy o’sishi dunyo bo’yicha eng 
yuqori bo’lib, 2004 yilda 2,3% ga yetgan edi. Oxirgi 50 yil ichida aholining o’rtacha 
umr davomiyligi 35 yoshdan 54 yoshgacha o’sdi. HSBC bankining bashoratiga 
ko’ra qit’a aholisi 2050 yilga borib ikki baravar ko’payadi. 
Qit’ada aholi joylashuvi birmuncha notekis bo’lib, tabiiy sharoit omiliga 
to’la ravishda bog’liqdir. Aholi eng ko’p joylashgan hudud SHarqiy Afrikadir, bu 
mintaqada 315,8 mln kishi yashaydi, bu umumiy aholining 31% ni tashkil etadi. 
Undan keyini o’rinda G’arbiy Afrika bo’lib, bu yerda 291 mln kishi istiqomat qiladi 


14 
va 29,5% ni tashkil etadi. SHimoliy Afrikada 194,4 mln kishi, ya’ni 19,7% ni, 
Markaziy Afrikada 117,4 mln kishi 11,9% ni, Janubiy Afrikada 56,25 mln kishi, 
5,7% ni tashkil etadi. Aholining qit’a bo’ylab tarqalishi birinchi o’rinda tabiiy 
omilga tayanishi ta’kidlangan edi, shu bilan birga tarixiy-an’anaviy va demografik 
omillar bu holatga qo’shimcha belgilovchi omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. Masalan, 
SHimoliy Afrika hududining katta qismida aholi yashashi uchun tabiiy sharoit 
noqulay bo’lgani holda Nil vodiysi va O’rta Yer dengizi bo’yida aholi juda qadimgi 
davrlardan beri yashab kelmoqda tabiiyki ularning miqdoriy o’sishi ham yuqori 
bo’ladi.
315,8
291
194,4
117,4
56,2

Download 442.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling