Afrika qit’asi mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy-madaniy xususiyatlari.(2 s)
Afrika qit'asida aholining hududiy tafovutlari (mln kishi)
Download 442.85 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afrika qitasida aholining hududiy taqsimlanishi (% hisobida)
Afrika qit'asida aholining hududiy tafovutlari (mln kishi)
Sharqiy Afrika G'arbiy Afrika Shimoliy Afrika Markaziy Afrika Janubiy Afrika 15 Afrikada o’rtacha aholi zichligi 1 km 2 ga 30 kishi. Materikning g’arbiy qismi va Markaziy hamda janubiy qismidagi ayrim mamlakatlarda aholi zichroq, SHimoliy Afrikada zichlik eng pastdir. Eng gavjum aholiga ega bo’lgan hududlar yirik shaharlar va plantatsiyalar joylashgan sohilbo’yi rayonlar bo’lib, ular orasida Mag’rib (Marokash)ning o’rta yer dengizi oblastlari, Gvineya qo’ltig’i qirg’oqbo’yi va unga yondosh Nigeriya tekisliklari ajralib turadi. Afrika aholi tabiiy o’sishining eng yuqori ko’rsatkichlariga ega bo’lib, bu yiliga – 2,2%ni tashkil etadi. Ular orasida Niger eng yuqori darajada – 3,6% bo’lib. yaqin 50 yil ichida uning aholisi 4,45 barobar ko’payadi. Ayni vaqtda Afrika go’daklar o’limi va umr davomiyligining qisqaligi bo’yicha dunyoda birinchi o’rindadir. Afrikada o’rtacha umr davomiyligi 49 yoshni tashkil qiladi.(Dunyo bo’yicha 65 yosh). Bu ko’rsatkich hududlar bo’yicha farq qiladi. SHimoliy Afrikada o’rtacha 66 yoshni tashkil qilgani holda Tunis va Liviyada 73 yoshga yetadi. SHarqiy va markaziy Afrikada eng kam – 43 yoshni tashkil qiladi. Zambiya va Zimbabveda esa bu ko’rsatkich 32 va 33 yoshni ko’rsatadi. Bu mamlakatlar SPID eng ko’p tarqalgan hududlarga kiradi. 0% 5% 10% 15% 20% 25% 30% 35% Sharqiy Afrika G'arbiy Afrika Shimoliy Afrika Markaziy Afrika Janubiy Afrika 31% 29,5% 19,7% 11,9% 5,7% Afrika qit'asida aholining hududiy taqsimlanishi (% hisobida) 16 Afrika qit’asi mamlakatlarida jinsiy tarkib bo’yicha farqlar Erkaklar ayollardan ortiq bo‘lgan mamlakatlar Ayollar erkaklardan ortiq bo‘lgan mamlakatlar Ayollar va erkaklar soni teng mamlakatlar Mintaqalar bo‘yicha ayollar va erkaklar nisbati (har 100 ayolga nisbatan erkaklar soni) 1. Misr 2. Liviya 3. Tunis 4. Sudan 5. Kot’d Ivuar 6 mamlakatdan tashqari barchasi Marokash 99 Afrikada urbanizatsiya darajasi o’rtacha 38,7% bo’lib, Janubiy Afrikada 50%, SHimoliy Afrikada 49,6%, SHarqiy Afrikada 26% (Burundida 9,9%, Jibutida 83,7%). Afrikada yashaydigan juda ko’p xalqlarning tillari yaxshi o’rganilmagan. SHuningdek, tillarning o’zaro yaqinligi ham yetarlicha tadqiq qilinmagan. Binobarin bu qit’a tillari klassifikatsiyasining umumqabul qilinngan tizimi mavjud emas. Bu borada bir qator tizimlar ishlab chiqilgan bo’lib, ular orasida eng ko’p tan olinadigani J. Grinberg tizimi hisoblanadi. Bu tizimda butun Afrika tillarini 4 ta oilaga, yoki yuqori oilalarga birlashtirishga harakat qilingan. Lekin boshqa tizimlar ham borki, bu klassifikatsidan birmuncha farq qiladi. Ayniqsa SAhroi Kabirdan janubda yashovchi xalqlarning tillarini klalssifikatsiya qilishda bu farqlar juda sezilarlidir. Bu farqlarni ko’rib chiqish uchun ikki tizimni solishtirish kerak bo’ladi. Sahroi Kabirdan janubda yashovchi xalqlarning til bo’yicha klalssifikatsiyasi solishtirma jadvali. Tillarni guruhlashtirish bo’yicha J. Grinberg klassifikatsiyasi. “Dunyo xalqlari Atlasi” da qabul qilingan til klassifikatsiyasi. Download 442.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling