Afrika qitasi


Download 230.95 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi230.95 Kb.
#1289933
1   2   3   4
Bog'liq
Afrika qitasi.фрика

Ichki suvlari.
Materikning yillik suv oqimi 5400 km. Umumiy hajmiga ko’ra Evrosiyo va Janubiy
Amerikadan keyin 3-o’rinda turadi. Materikning bosh suvayrgichi uning eng baland
ko’tarilgan sharkiy chekkasidan o’tadi. Okimning 1/3 qismidan ko’progi Atlantika
okeaniga, 1/6 kismi Hind okeaniga va bundan ham kam qismi Urta dengizga to’g`ri keladi.
Materikda oqimning 1/3 qismi okean va dengizlarga etib kelmaydi va bu ichki havzaga kiritiladi. Materikda oqar suvlar juda notekis taqsimlangan. Afrikada asosiy rolni yog`in suvlari tashkil etadi.
Nil daryosi: materikda va er yuzasidagi eng uzun daryo. Uzunligi 6671 km, havzasining maydoni 2870 km2. Bu daryo 2000 m balandlikdan boshlanadi. Asosan Sharqiy Afrika toglaridan oqib chiqadi. Asosiy irmog`i Kagera daryosi. Nil Viktoriya ko’lidan oqib chiqadi va Al`berto ko’liga kuyiladi. Shu masofada daryo tog orasidan o’tadi va serostona sharsharalar hosil kiladi. Sharsharaning eng kattasi 40 m balandlikdagi Merchison sharsharasi. Tog` orasidan Baxril Jabal nomi bilan chiqib daryo sekin oka boshlaydi va o’zandan shaxabchaga ajraladi. Shu qismda daryoga yirik irmok Baxril-Gazal va Sobat daryosi quyiladi va Oq Nil nomini oladi. Xartum shahri yaqinkda Ok Nil Ko’k Nil bilan Ko’shiladi va shu erda Nil nomini oladi. Ko’k Nil Oq Nilga nisbatan ancha qisqadir. Daryo del`ta hosil qilishi bilan tugaydi va del`taning maydoni 24000 km2 ni tashkil etadi. Daryoda doimiy ravishda suv bo’lib turadi. Daryoga bir nechta to’gon va suv omborlari kurilgan.
Kongo daryosi: daryo Afrika daryolari ichida uzunligi jixatidan 2-o’rinda turadi, lekin
xavzasining maydoni va sersuvligi jihatidan 1-o’rinda, dunyoda 2-o’rinda turadi. Lualoba Kongoning boshlanish qismi hisoblanadi. Daryoning uzunligi 4320 km, havzasining maydoni esa 3,7 mln. km . Kongo daryosi dunyoda yagona ekvatorni 2 marta kesib o’tuvchi daryo hisoblanadi. Yirik irmoqlari Ubangi va Kasai. Kongoning o’rta okimidagi o’zani 20 km gacha etadi. Daryoda 32 ta sharsharalar bor. Daryo sohil bo’yi tekisligida kengayadi va o’zan chukurligi 70 m gacha etadi. Quyilishida u tarmoklarga bo’linadi.
Niger daryosi: daryo uzunligi, maydoni jihatidan Kongo va Nil daryolaridan keyin
turadi. Uzunligi 4060 km, havzasining maydoni 2 mln. km . o’rtacha yillik suv sathi 12 ming m3 . Daryo Shimoliy Gvineyadan boshlanib, dastlab shimoli-sharqqa, so’ngra Sahroi Kabir chegarasida janubi-sharq tomon suriladi. Iirik irmog`i Benue hisoblanadi. Quyilishida yirik del`ta hosil qiladi.
Zambezi daryosi: Janubiy Afrikada eng katta va Hind okeaniga kuyiladigan daryolarning eng tsirigi, uzunligi 2260 km, havzasining maydoni 1330 ming km2. o’rtacha yillik suv sathi 19000 ming m /sek, Zambezi, Kongo-Zambezi suvayrg`ichida 1000 km dan balandroqtsa boshlanadi. Daryoning eng yirik sharsharasi Viktoriya sharsharasi, balandligi 120 m, eni 1800 m. bu sharshara Share daryosi orqali N`yasa ko’lidan Zambeziga suv kelib turadi. Janubiy yarim sharda yozda daryo suvi ko’tariladi, qishda esa pasayadi.
Materikda ko’llar tizimi yaxshi rivojlangan. Shimoliy Afrikada Chad, Sharqiy
Afrikada esa bir necha ko’llar Viktoriya, Tanganika, N`yasa, Tana, Rudol`f, Ngami kabi yirik ko’llar mavjud.
Savol:
1. Materik iqlimining shakllanishidagi asosiy xususiyatlar nimalardan iborat?
2. Materik iqlim mintaqa va oblastlar qanday tartibda joylashgan?
3. Materik ichki suvlarini boshqa materik suvlari ichida tutgan o’rni nimada? 50

Download 230.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling