Agentligi bosh direktorining buyrug‘i hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 428.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana08.05.2023
Hajmi428.85 Kb.
#1445409
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2347 29.03.2012



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “O‘ZARXIV” 
AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING 
BUYRUG‘I 
HUJJATLARNING QIMMATLILIGINI ANIQLASH EKSPERTIZASINI O‘TKAZISH 
TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA 
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 29-martda ro‘yxatdan 
o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2347] 
O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi 
Qonuniga
(O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 24-25-son, 192-modda) va Vazirlar Mahkamasining 
2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-
son, 53-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
“O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi 
nizomga
 muvofiq buyuraman: 
1. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin. 
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 
kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 
Bosh direktor A. ABDULLAYEV 
Toshkent sh.,
2012-yil 14-fevral, 
10-son 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2012-yil 
14-fevraldagi 10-son
 buyrug‘iga 
 
ILOVA 
Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM 
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi 
Qonuniga
 
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 24-25-son, 192-modda) muvofiq 
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi. 
I bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur Nizom yuridik shaxslarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) 
hamda shaxsiy arxiv hujjatlarini shakllantiradigan jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi. 
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: 
dublet hujjat — hujjatning ko‘paytirilgan nusxasi yoki bir qancha nusxalari. Dublet 
hujjatlar bir tashkilotning yoki uning tarkibiy tuzilmalaridagi arxiv fondida bo‘lishi mumkin; 

Download 428.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling