Agentligi bosh direktorining buyrug‘i hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar


Download 428.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana08.05.2023
Hajmi428.85 Kb.
#1445409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2347 29.03.2012

shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar — xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid 
munosabatlarini aks ettiruvchi arxiv hujjatlari. 
II bob. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning asosiy maqsad va 
vazifalari
3. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning asosiy maqsadlari 
quyidagilardan iborat: 
hujjatlarning ilmiy-tarixiy, amaliy va boshqa arxiv ahamiyatidan kelib chiqib ularning 
saqlash muddatlarini aniqlash
hujjatlarni noto‘g‘ri va asossiz yo‘q qilish holatlarini bartaraf etish. 
4. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
ilmiy-tarixiy, amaliy va boshqa arxiv ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni ularning 
qimmatliligi mezonlaridan kelib chiqib aniqlash va tanlab olish; 
etishmaydigan materiallar o‘rnini to‘ldirish yo‘li bilan arxiv fondlari tarkibining to‘liqligiga 
erishish; 


hujjatlarning jismoniy holatiga baho berish. 
III bob. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning asosiy bosqichlari
5. Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish quyidagi bosqichlarda 
amalga oshiriladi: 
ish yuritish jarayonida
hujjatlarni idoraviy saqlash jarayonida; 
arxivda. 
6. Ish yuritish jarayonida hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish 
hujjatlarning yig‘majildlari nomenklaturasini tuzish, hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish va ularni 
idoraviy saqlashga tayyorlash jarayonida amalga oshiriladi. 
7. Hujjatlarni idoraviy saqlash jarayonida hujjatlarning qimmatliligini aniqlash 
ekspertizasini o‘tkazish hujjatlarning yig‘majildlarini tartibga solish va arxivda saqlashga topshirish 
uchun tayyorlash jarayonida amalga oshiriladi.
8. Arxivda hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish quyidagi hollarda 
amalga oshiriladi: 
egasiz hujjatlar arxivga tartibga solinmagan holda saqlash uchun olinganda; 
arxiv ro‘yxatlarini takomillashtirish va qayta ishlash jarayonida. 

Download 428.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling