Agentligi bosh direktorining buyrug‘i hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Ekspert-tekshirish uslubiy komissiyasi


Download 428.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana08.05.2023
Hajmi428.85 Kb.
#1445409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2347 29.03.2012

Ekspert-tekshirish uslubiy komissiyasi (bundan buyon matnda ETUK deb yuritiladi) — 
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning ilmiy-uslubiy va amaliy 
masalalarini ko‘rib chiqish, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus 
hujjatlarni arxivda saqlashga topshirish uchun tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni olib 
boruvchi, shuningdek tashkilotlarning EK va MEKlarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan 
boshqarishni amalga oshiruvchi markaziy davlat arxivlarida tuziladigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi 
komissiya;
Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (bundan buyon matnda METK deb yuritiladi) — 
uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi 
hujjatlarini doimiy saqlash huquqiga ega bo‘lgan vazirlik va idoralarning MEKlariga rahbarlik qilish 
va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “O‘zarxiv” agentligi deb yuritiladi) qoshida 
ish olib boradigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya; 
Milliy arxiv fondi (bundan buyon matnda MAF deb yuritiladi) — O‘zbekiston xalqining 
moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan 
majmui; 
hujjatlarni saqlash muddatlari ko‘rsatilgan namunaviy ro‘yxat (bundan buyon matnda 
hujjatlarning namunaviy ro‘yxati deb yuritiladi) — “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ishlab 
chiqiladigan va tasdiqlanadigan, tarmoq ro‘yxatlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat 
qiluvchi, hujjatlarning saqlash muddatlari ko‘rsatilgan namunaviy ro‘yxat; 
hujjatlarni saqlash muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq ro‘yxati (bundan buyon matnda 
hujjatlarning tarmoq ro‘yxati deb yuritiladi) — hujjatlarning namunaviy ro‘yxati asosida tarmoq 
boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlarning saqlash muddatlari ko‘rsatilgan 
ro‘yxat; 

Download 428.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling