Agentligi bosh direktorining buyrug‘i hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi


Download 428.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana08.05.2023
Hajmi428.85 Kb.
#1445409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2347 29.03.2012

hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi — hujjatlarni saqlash uchun tanlab 
olish maqsadida hujjatlar yoki arxiv hujjatlarining qimmatliligini belgilash bo‘yicha amalga 
oshiriladigan ishlar majmui; 
Ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda EK deb yuritiladi) — tashkilotlarda hujjatlarni, 
shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini 
aniqlash ekspertizasini o‘tkazish, shuningdek ularni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash bo‘yicha 
ishlarni tashkil qilish va olib borish uchun tuziladigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya
Markaziy ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda MEK deb yuritiladi) — vazirlik
davlat qo‘mitasi, idora va yuridik shaxslar birlashmalarida hujjatlarning, shu jumladan boshqaruv (ish 
yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini 
o‘tkazish va hujjatlarni arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni 
olib boruvchi, shuningdek tashkilotlarning tarkibiy bo‘linmalari va unga idoraviy mansub 


tashkilotlarning EKlari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni amalga oshirish uchun 
tuziladigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ekspert-tekshiruv komissiyasi (bundan buyon matnda ETK deb yuritiladi) – davlat 
arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa 
maxsus hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash 
uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni o‘tkazish hamda davlat 
arxivlarining jamlash manbai bo‘lgan tashkilotlarning EK va MEKlari faoliyatiga rahbarlik qilish va 
uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya. 
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
“O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2012-yil 5-iyuldagi 58-sonli
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2347-1, 
01.08.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 31-son, 373-modda) 

Download 428.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling