Ekspert-tekshirish uslubiy komissiyasi (bundan buyon matnda ETUK deb yuritiladi) —
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishning ilmiy-uslubiy va amaliy
masalalarini ko‘rib chiqish, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus
hujjatlarni arxivda saqlashga topshirish uchun tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni olib
boruvchi, shuningdek tashkilotlarning EK va MEKlarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan
boshqarishni amalga oshiruvchi markaziy davlat arxivlarida tuziladigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi
komissiya;
Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (bundan buyon matnda METK deb yuritiladi) —
uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi
hujjatlarini doimiy saqlash huquqiga ega bo‘lgan vazirlik va idoralarning MEKlariga rahbarlik qilish
va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “O‘zarxiv” agentligi deb yuritiladi) qoshida
ish olib boradigan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiya;
Milliy arxiv fondi (bundan buyon matnda MAF deb yuritiladi) — O‘zbekiston xalqining
moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy
ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan
majmui;
hujjatlarni saqlash muddatlari ko‘rsatilgan namunaviy ro‘yxat (bundan buyon matnda
hujjatlarning namunaviy ro‘yxati deb yuritiladi) — “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ishlab
chiqiladigan va tasdiqlanadigan, tarmoq ro‘yxatlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat
qiluvchi, hujjatlarning saqlash muddatlari ko‘rsatilgan namunaviy ro‘yxat;
hujjatlarni saqlash muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq ro‘yxati (bundan buyon matnda
hujjatlarning tarmoq ro‘yxati deb yuritiladi) — hujjatlarning namunaviy ro‘yxati asosida tarmoq
boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlarning saqlash muddatlari ko‘rsatilgan
ro‘yxat;
Do'stlaringiz bilan baham: |