Tomson atomi modeli
Tomson Atomi modeli
Elektron kashf etilgandan bir oz vaqt o’tgandan keyin, 1903 yilda ingliz fizigi Jozef Jon Tomson diametri tahminan 10 −10 m, ichiga elektronlar “sochilgan”, hajmi bo’yicha musbat zaryadlangan sfera shaklidagi atom modelini taklif etdi. Elektronlarning sfera markaziga nisbatan tebranganda, atom yorug’lik nurlantiradi. Tosmon, elektronlar sfera markazi atrofida qatlam bo’lib guruhlanadi, deb hisobladi.
Rezerford tajribasi
Tomson taklif etgan modelda atom massasi uning hajmi bo’yicha bir tekis taqsimlangan. Bunday farazning hato ekanligini tez orada ingliz fizigi Ernest Rezerford isbotladi. 1908-1911 yillarda uning rahbarligida α-zarralar (geliy yadrolari)ning metal folga (zar qog’oz)da sochilishiga oid tajribalar o’tkazilgan edi. (qarang Alfa yemirilish). α-zarra yupqa folgadan (qalinligi 1 mkm) o’tib va oltingugurtli qo’rg’oshindan qilingan ekranga tushib, mikroskopda yaxshi ko’rinadigan chaqnashni vujudga keltirar ekan. Ekranni α-zarraning dastlabki harakat yo’nalishida xar hil burchaklarda joylashtirildi va folgadan u yoki bu burchakka sochilgan zarralar soni sanaldi. Ko’pchilik zarralar folgadan bir oz og’ib o’tib ketishi aniqlandi, biroq ayrim hollarda (tahminan 10 000 lan bittasida) α-zarraning 90˚ dan katta burchakka og’gani kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |