Agrar munosabatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari reja: kirish
Download 195 Kb.
|
Agrar munosabatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar mehnatiga haq to’lash
- . FERMER XO’JALIGI FAOLIYATINING NATIJALARINI TAHLIL QILISHNING AHAMIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Fermer xo’jaligining maqsadi- qishloq xo’jaligi tavar mahsulotlarini yetishtirish yo’li bilan daromad (foyda) olish, o’zining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdir.
Fermer xo’jaliklariga ishlab chiqarishni yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ellik yilgacha bo’lgan, lekin o’ttiz yildan kam bo’lmagan muddatga beriladi. O’simlikchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklariga ijara asosida beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami paxtachilik va g’allachilik yo’nalishlari uchun kamida 10 gektarni, bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik yo’nalishlari uchun kamida 1 gektarni tashkil qilishi kerak. CHorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklarida chorva mollari soni kamida 30 shartli boshga teng bo’lgan taqdirda tashkil etiladi. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining o’lchami 1 shartli bosh chorva moli uchun Andijon, Namangan, Samarand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlarida sug’oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, boshqa viloyatlarda va Qoraqalpog’iston Respublikasida – kamida 0,45 gektarni, lalmikor yerlarda esa kamida 2 gektarni tashil qilishi kerak. Fermer xo’jaligi o’z ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida qayd qilingan ixtisoslashuvga mos holda o’z faoliyati yo’nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Fermer xo’jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o’rtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Xodimlar mehnatiga haq to’lash taraflarning kelishuviga asosan pul hamda natura shaklida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda belgilanadi. Fermer xo’jaligi o’zi yetishtirgan mahsulotini o’zi realizatsiya qiladi. Bu jarayonni u yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalari negizida amalga oshiradi. Fermer xo’jaligining foydasi soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan keyin fermer xo’jaligi boshlig’ining tasarrufiga o’tadi va unga soliq solinmaydi. Fermer xo’jaligi uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit turlaridan foydalanadi. Ishlab chiqarish ahamiyatiga molik bo’lgan ob’ektlar qurish va asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun uzoq muddatli kreditlardan, joriy ishlab chiqarish faoliyatini yuritishda zarur bo’lgan moddiy resurslarni shakllantirish uchun qisqa muddatli kreditlardan foydalanadi. Ularni u kredit shartnomasi asosida amalga oshiradi. Fermer xo’jaligi o’z faoliyatining natijalarini buxgalteriya hisobi orqali hisobga olib boradi, ular asosida mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda buxgalteriya va statistik hisobotlarni taqdim etadi. Hisobotlarda aks ettirilgan ma’lumotlar ob’ektiv holatda tasvirlangan bo’lishi kerak, chunki ularning faoliyatiga chetdan baho berishda ular asos bo’ladi. Haqiqiy hisobot ma’lumotlari iqtisodiyotning taraqqiyotini ob’ektiv ta’riflaydi. Buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda statistik hisobot ma’lumotlari asosida fermer xo’jaligi faoliyatining natijalari tahlil qilinadi va xulosalar chiqariladi. Ma’lumki, Prezidentimiz xo’jalik yuritish shakllaridan fermerlikni rvojlantirishga katta e’tibor berib, fermerlar muammolarini hal qilish hamda ularga yordam berish to’g’risida ko’pdan beri g’amxo’rlik qilib kelmoqda. Bunga misol qilib fermerlar huquqlarini kengaytirish, fermerlar haqidagi qonunlarga qator o’zgartirishlar kiritilishi, shu jumladan, ularga yerlarni uzoq muddatga ijaraga berish va ijara muddatida meros qilib qoldirish huquqining berilishi va bu yerlarni shirkatlar yer balansidan chiqarilishi, xizmat ko’rsatuvchi va tayyorlov hamda qayta ishlash korxonalari bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnoma tuzish huquqining, resurslardan foydalanish va yollanma ishchilar olib ishlatish huquqining berilishi kabilarni keltirish mumkin. «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi, «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi qonunlar qabul qilingandan so`ng o’tgan qisqa davrda dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish sohasida ijobiy o’zgarishlarga erishildi. Qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfiga asos solindi, dehqonning yerga, mulkka va o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotga egalik hissi paydo bo’ldi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda dehqon va fermer xo’jaliklarining o’rni va rolini yanada oshirish masalalariga katta e’tibor berildi. Shuningdek, dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlar bilan ularga bir qator imtiyozlar yaratildi. «2005 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra Respublikada fermer xo’jaliklari soni 116741 tani tashkil etib, yaqin 3 yil davomida respublikamizdagi 337 ta qishloq xo’jalik korxonalari tugatilib, ularning negizida 20 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning 11 tumanidagi shirkat xo’jaliklari tuliq tugatildi.»19 Fermer xo’jaliklarini tashkil etish o’z natijalarini bermoqda. 2003 yilda 177 xo’jalik negizida 11383 fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Natijada paxtaning hosildorligi 4,3 sentnerga, donning hosildorligi3,8 sentnerga oshdi. Rentabellik darajasi, paxtachilikda – 2,4 foizdan 7,4 foizga, donchilikda – 3,8 foizdan 22,7 foizga oshdi. Yuqoridagi farmonga ko’ra Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga irrigatsiya tizimlarini havzalar bo’yicha boshqarish tamoyillari asosida yer usti va suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish yuklatilgan. 2005 yilning 1 choragida 445 ta zarar bilan ishlayotgan va past rentabelli shirkatlar o’rnida tanlov asosida 22,7 ming ta fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Mazkur xo’jaliklarga 722,9 ming ga yer maydoni ajratilib, ulardan 471,2 ming ga ekin maydonlari hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan 22,7 ming fermer xo’jaliklarining 15,1 ming tasi yoki 66,5%i paxtachilikka ixtisoslashgan.20 2005 yildan boshlab davlat rejasini bajarayotgan barcha fermer xo’jaliklari imtiyozli kreditlar asosida kreditlanmoqda. Tabiiy sharoitning qulayligi va vujudga kelgan iqtisodiy muhitning yaxshilanganligi sababli o’tgan yilga nisbatan sabzavotlar (usish – 14,1%), qorako’l terilari (8,7%), jun (7,8%), go’sht (6,6%), sut (5,8%), tuxum (2,6%) ishlab chiqarish sezilarli darajada o’sdi. Dehqon va fermer xo’jaliklarida barqaror o’sish kuzatilmoqda. Ularning ulushiga barcha ishlab chiqarilayotgan sabzavotlarning 81,5%dan ortig’i (2004 yilning 1 choragida 72,2%), go’shtning 95,6% (2004 yilning 1 choragida 95,5%), sutning 98,6% (98%) to’g’ri kelmoqda. Mos ravishda shirkat xo’jaliklarining fermer xo’jaliklariga aylantirilayotganligi sababli ularning ulushi sezilarli darajada pasayib bormoqda. 2.2. FERMER XO’JALIGI FAOLIYATINING NATIJALARINI TAHLIL QILISHNING AHAMIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI Har qanday qishloq xo’jalik korxonasi va shu jumladan fermer xo’jaligi o’zini rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun foydali faoliyat ko’rsatishi zarur. Foyda – har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning rivojlanishi va taraqqiy etishining asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun foydani ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlash va undan samarali foydalanish yo’llarini ko’rsatish tahlilning asosiy masadidir. SHu masadga erishish uchun birinchi navbatda fermer xo’jaligida hisob-kitob ishlarini va xo’jalik faoliyatining tahlilini to’g’ri tashil qilish zarur, chunki shularni to’g’ri yo’lga o’ymasdan turib, foydani ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlash nihoyatda qiyin. Ushbu muammolarni hal qilish masalasi Respublika Prezidenti I.Karimovning ham har doim diqqat-e’tiborida bo’lib kelmoqda. Masalan, u o’zining «qishloq xo’jalik taraqqiyoti – to’kin hayot manbai» asarida «Buxgalteriya hisobi va hisobotini to’g’ri yo’lga o’ymasdan turib, qishloq xo’jaligida biror-bir muvaffaqiyatga erishish mumkin emas» deb qayd qilgan. Tahlilning ahamiyatiga kelsak, u ham Prezidentning ko’p asarlarida, farmon va farmoyishlarida o’z aksini topgan. Masalan, uning «20052007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash bo’yicha maxsus komissiya tuzish to’g’risida»gi Farmoyishida qayd qilingan. Ushbu farmoyishning deyarli har bir bandida u o’z aksini topgan. Prezident tomonidan aytilgan bu fikrlar va u tomonidan qabul qilingan hujjatlar bejiz yuzaga kelgan emas. Haqiqatda hisob-kitob ishlarini va xo’jalik faoliyatining tahlilini to’g’ri tashkil qilmasdan turib, ishlab chiqarishni foydali sohaga aylantirish mumkin emas. Ishlab chiqarishdagi mavjud imkoniyatlarni topishda tahlilning roli nihoyatda katta ekanligini har bir o’quvchi, mutaxassis va fermer bilishi kerak. SHuning uchun ham har bir o’quvchi hamda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis va fermer Prezidentimiz fikrlari va yo’l-yo’riqlariga amal qilib, fermer xo’jaligi faoliyatining natijalarini o’z vaqtida tahlil qilish, qo’yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, hamda mavjud imkoniyatlarni topish va ularni o’z vaqtida ishlab chiqarishga jalb qilish yo’llarini, usullarini va qoidalarini yaxshi bilishi zarur. Fermer xo’jaligi faoliyatining natijalarini ham nazariy, ham uslubiy jihatdan ongli va maxsus bilimga suyangan holda o’rganish albatta fermer xo’jaligining taraqqiy etishiga va uning itisodiyotining mustahkamlanishiga, qolaversa, mamlakatimizning milliy itisodiyotini rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Bu haqiatni bilimni egallayotgan yoshlarimiz-talabalarimiz esda salamog’i zarur. Iqtisodiy tahlilni yaxshi o’zlashtirish orqali xo’jalik faoliyatining pirovard natijasi – foydasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini hisoblash asosida mavjud bo’lgan imkoniyatlarni ko’rsatish tahlilchining – har bir mutaxassis va fermerning asosiy maqsadi bo’lib hisoblanadi. Ushbu masadga erishish uchun tahlilchi fermer xo’jaligi faoliyatining tahlilini amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishi zarur: ishlab chiqarish jarayonining natijalarini qiyoslama va omilli tahlil qilish orqali o’rganish; mahsulotlarni sotish va sifatini ifodalovchi jarayon ko’rsatkichlarini ahvolini o’rganish; xo’jalikning moddiy resurslar bilan ta’minlanish ahvolini va ulardan foydalanish darajasini omilli tahlil qilish; mahsulot tannarxini chuqur o’rganish; mehnat unumdorligi darajasini o’rganish; moddiy manfaatdorligi ahvolini omilli tahlil ilish; xo’jalikning moliyaviy ahvolini va unga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir doirasini o’rganish. Respublikamizda olib borilayotgan qishloq xo’jaligi sohasidagi islohatlar natijalarini, yutuq va kamchiliklarini, muommolarini ayrim viloyatlar misolida keltirib o’tamiz. Respublikada infratuzilmalarni rivojlantirish sohalari, yo’nalishlari belgilangan. Hozirgi vaqtda ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan xom ashyo, materiallarni yetkazib berish, mahsulotni sotib berish kafolatlanmagan. SHuning uchun ulgurji vositachilik tuzilmalar – tashkilotlar, xo’jaliklar, ulgurji do’konlar, omborlar tashkil etilmoqda. Bozor infratuzilmasi – mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqaruvchini iste’molchi bilan yagona bozor makonida birlashtirib, ishlab chiqarish va iste’mol ko’lamlari o’rtasidagi ziddiyatni bartaraf etuvchi va uning barcha ishtirokchilari o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga erishishlarini ta’minlovchi muassasalar va vositachilik tarkiblari tizimidir. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qabul qilish, tozalash, quritish, sortlarga ajratish, saqlash va iste’molchiga taqsimlab berish yuli bilan bu tuzilmalar hosil nobud bulishining oldini oladi. Buni Buxoro viloyati misolida tahlil qilinganida 19992002 yillarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash shahobchalari soni 3 ta bo’lgan bo’lsa, 2007 yilda ular soni 52 taga yetganini aniqlandi. Bu viloyatdagi har 297 ta fermer xo’jaligiga bitta shunday shaxobcha to’g’ri kelishini ko’rsatyapti. Tahlillarga qaraganda, fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma shaxobchalari bilan ta’minlanganlik darajasi o’ta past bo’lib, bunday holat ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilmoqda. Natijada aksariyat fermer xo’jaliklarida qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi, chorva hayvonlarining mahsulodorligi past bo’lyapti. Bunga bizning fikrimizcha, quyidagilar ta’sir ko’rsatmoqda: infratuzilma shaxobchalarining texnika vositalari bilan to’liq ta’minlanmaganligi, mavjudlarining esa ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirganligi, ehtiyot qismlar yetarli emasligi; infratuzilma shaxobchalarining malakali mutaxassislar,mablag’lar bilan to’liq ta’minlanmaganligi; servis sub’ektlarining fermer xo’jaliklari bilan o’zaro shartnomaviy munosabatlari talab darajasida yo’lga qo’yilmaganligi; viloyatda xizmat ko’rsatish sohasida raqobat muhitini yaratishga yetarlicha e’tibor berilmasligi xizmat ko’rsatish yo’nalishlari bo’yicha infratuzilma ob’ektlarining yakka hukmdorligi saqlanib qolmoqda. Oqibatda esa, tegishli xizmat turiga bo’lgan talabning to’laqonli qondirilmasligi ekin ekish ishlarining kechikishiga yoxud hosilni yig’ib olishga turli muammolar yuzaga kelishiga asosiy sabab bo’lmoqda, pirovard natijada xo’jaliklar iqtisodiyoti yanada zaiflashmoqda. Agrar tarmoqda bozor infratuzilmasi barcha tarmoqlar o’rtasida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol o’rtasidagi munosabatlarni bog’lab, iqtisodiyotda moddiy, moliyaviy va axborot zaxiralarining aylanishini tezlashtirib, ishlab chiqarishning samaradorligini oshishini ta’minlaydi. Viloyatda 1999-2002 yillar orasida mini banklar soni 1 ta bo’lgan bo’lsa, 2007 yilga kelib ular soni 108 ta yetdi. Har 143 ta fermerga bitta mini bank xizmat ko’rsatyapti. Viloyatdagi mini banklar sonining bittaga ko’payishi paxta yalpi hosilini 140 tonnaga oshirgan. YOki 1999-2002 yillar mobaynida zotli mollarni sotish va zooveterinariya xizmatlari ko’rsatish shaxobchasi 1 ta bo’lsa, 2007 yilda ular soni 501 taga ko’paygan. Bu xizmat turining soni bittaga oshishi viloyatda go’sht yetishtirish miqdorini 190 tonnaga oshirgan. Tahlillardan ko’rinib turibdiki, infratuzilma shaxobchalari sonining ko’payishi viloyatda yalpi mahsulot hajmining oshishiga olib kelyapti. Bozor infratuzilmalar faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’lardi: bozor sharoitida mahsulot ishlab chiqaruvchining muvaffaqiyatini ta’minlovchi sifatli urug’, ilg’or texnologiyalar, yangi ilm-fan yutuqlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlovchi axborot konsalting markazlari ishini jonlantirish; infratuzilmalar va fermer xo’jaliklari faoliyatini samarali olib borishda ilg’or xorij tajribalarini tadbiq etish. Masalan, YAponiyada fermerlar tomonidan yetishtirilgan mahsulot bozor ma’muriyati tomonidan brokerlarga auksion orqali sotiladi. Mablag’ning 9%i bozor ma’muriyatiga, qolgani fermerlarga beriladi. Agar fermer mahsulotini bozorga olib chiqmasa, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarga topshiradi. Evaziga pul yoki zarur texnika vositalari oladi; axborotkonsalting xizmatlarini fermer xo’jaliklari joylashgan hududlar yaqinida tashkil etish; bank-moliya, soliq va boshqa tizimlarda ishlagan yoki ishlayotgan kadrlarni, jumladan hukukshunoslarni doimiy yoki o’rindoshlik asosida ishlashga jalb etish; majburiy davlat buyurtmasi mexanizmi va ishlab chiqarishni markazlashgan tizimda resurslar bilan ta’minlashni tugatish; xususiy tadbirkorlik yo’nalishlarini kengaytirish; kichik ulgurji do’konlarning sonini raqobatchilik asosida tashkil etish. Bunday kichik ulgurji do’konlarning ko’plab barpo qilinishi tadbirkorlarga moddiy resurslarni topish uchun imkon beradi; davlat tomonidan turli fondlar va boshqa moliyaviy manbalar hisobidan agrar tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilma shaxobchalarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish; servis korxonalarining noan’anaviy va istiqbolli xizmat turlarini kengaytirishni rag’batlantiruvchi mexanizmini amaliyotga keng joriy qilish zarur. Bozor infratuzilmasi respublikada vujudga kelayotgan umummilliy va mintaqaviy bozorlarning ishlashini, davlatlararo iktisodiy munosabatlarning tartibga solinishini ta’minlaydi. Iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish sharoitida mamlakatimiz mintaqalari tabiiy-iqlim sharoitiga ko’ra xilma xil qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni sanoatda mukammal qayta ishlash natijasida katta miqdorda qo’shimcha qiymatlar hosil qilish imkoniyatiga ega. Respublikamiz qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini barqaror rivojlantirishning ahamiyati shu bilan bog’likki, respublikamiz aholisining 2\3 yaqini qishloq joylarda yashaydi, ularning daromodi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bog’liq. YAlpi ichki mahsulotning 21,7 foizi, ichki tovar aylanmasining 70 foizdan ortig’i agrar sektor hissasiga to’g’ri keladi. Ayniqsa, qazilma boyliklari kam uchraydigan mintaqalarda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustivor yo’nalishi - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini asosli qayta ishlashni muntazam oshirib borish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib, eksport hajmini oshirishga bog’liq. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlanganlaridek, “Hech shubhasiz, bugungi kunda qishloq xo’jaligi samaradorligini tubdan oshirish, so’nggi yillarda paxtachilik, g’allachilik va meva-sabzavotchilikda mo’l hosil yetishtirish, ishlab chiqarish hajmlarining o’sishida chuqur o’ylangan va izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar asosiy omil bo’layotganini barchamiz yaxshi anglaymiz”21. Mamlkatimiz mintaqalarida iqtisodiy islohotlar jadallashtirilishi tufayli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o’sishiga erishilmoqda. Ammo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning rivojlanish holati past darajada qolmoqda. Ko’p xududlarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasining juda eskiligi tufayli har yili sabzavot va mevalarning 20 foizigacha isrof bo’lmoqda. Qishloq xo’jaligida ko’p mehnat va mablag’ sarflanib yetishtirilayotgan mahsulotlarning bir qismi nes-nobud bo’lib turgan bir paytda, aholining oziq-ovqat va boshqa keng istemol tovarlariga bo’lgan talabining ma’lum qismi import va g’ayri-qonuniy yo’llar bilan keltirilayotgan sifatsiz tovarlar hisobidan qondirilmoqda. Endilikda, mintaqalardagi mavjud ishchi kuchlaridan oqilona foydalanish orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini jadal rivojlantirish asosiy vazifa bo’lib qolmog’i lozim. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qanchalik ko’p yetishtirib, ularni qancha ko’p miqdorda qayta ishlashni oqilona tashkil etilsa, qo’shimcha qiymatlar hosil qilish miqdorining shuncha o’sib borishiga erishish mumkin bo’ladi. Bu masalani Toshkent viloyati misolida ko’rishimiz mumkin. Mustaqilliq yillarida viloyatning jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida qishloq xo’jaligi xom ashyosini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarining ulushlari ancha pasayishiga qaramay, bu saholar o’sish sur’atlari ancha yuqori bo’ldi. 2007 yilda yengil sanoat 2006 yilga nisbatan 153,5%, oziq-ovqat sanoati 116% , iste’mol mollari ishlab chiqarish 121,1% ga o’sgan. O’zbekiston mintaqalari ichida Toshkent viloyati qishloq xo’jaligi xomashyosini qayta ishlash sanoati bo’yicha respublikamizda oldingi o’rinlarda turadi. Jumladan, viloyatda uzumni qayta ishlash darajasi (42,1 foiz) bo’yicha unga qo’shni joylashgan Sirdaryo (34,5 foiz va Namangan (7,2 foiz) mintaqalariga nisbatan ancha yuqori turadi. Ammo, Toshkent viloyatida ham qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasi zamon talabidan orqada qolmoqda. Jumladan, mevalarni va ayniqsa sabzavotlarni qayta ishlash darajasi past bo’lib, mavjud imkoniyatlardan yetarli foydalanilmasdan kelinmoqda. 20 oktyabr 2008 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oziq- ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida» farmoni e’lon qilindi.22 Farmonda respublikada aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini yanada to’laroq qondirish maqsadida paxta ekiladigan maydonlarni 50 ming gektarga qisqartirish hisobiga boshoqli don, sabzavot, moyli o’simiklar va boshqa oziq-ovqat ekinlari maydonlarini yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlangan. Toshkent viloyati meva, uzum, sabzvot va polizning yuqori sifatli navlarini yetishtirsh bo’yicha noyob imkoniyatlarga ega. Ushbu ekinlarni yetishtirish va ularni qayta ishlash orqali olinadigan mahsulotlar eksportini yanada ko’paytirish uchun barcha asoslar bor. Buning uchun viloyatdagi mavjud barcha zarur sharoit va imkoniyalardan foydalanib, sahoning samaradorligini oshirish zarur. Bunda viloyaning tog’ va tog’ oldi zonasidagi buloq va soy suvlarini tartibga solib sug’oriladigan maydonlarni kengaytirish hisobiga mevazor va bog’larni kengaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi. SHuningdek, tog’ yonbog’rlaridagi lalmikor yerlarga ko’p suv talab etmaydigan takzorlar barpo etish, zig’ir, kunjut, saflor va boshqa moyli o’simiklar maydonlarini kengaytirish yuqori samara beradi. Umuman olganda, Toshkent viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirish va ularni qayta ishlashni barqaror rivojlantirish uchun quyidagi chora - tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi: qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, raqobatga bardoshli tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan texnologik siklning tugallangan darajasini oshirish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida faoliyat ko’rsatayotgan bo’linmalarning texnologik va tashkiliy tizimini o’zaro muvofiqlashtirish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarni kichik shaharlar va qishloq joylarida qurilishiga ustuvorlik berish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasiga ko’proq jalb etish; xorijiy investitsiyalarni qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga yo’naltirishni rag’batlantirish; mahsulot tarkibini sifat jihatdan yaxshilash, tovarlarning raqobatbardoshlik darajasini va eksportini oshirish; fermer va dehqon xo’jaliklarida ekologik toza mahsulotlar yetishtirishni rag’batlantirish. Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xshjaligining barcha tarmoklarida ishlab chikarishni ilmiy asosda tashkil etish, amaliy boshkarishga majmuaviy yondashishning axamiyati tobora oshib bormokda. Mintaqalarida qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirishga erishish aholi turmush darajasini yaxshilashning asosiy omili hisoblanadi. Camarqand viloyatda mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xo’jalik yuritish usullari va boshqaruv tizimida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Viloyat qishloq xo’jaligini bozor iktisodiyoti talablariga moslashtirish borasida, ishlab chikilgan dasturlar va tadbirlar negizida tub agrar isloxotlar amalga oshirilmokda. O’tgan yillar maboynida viloyat qishloq xo’jaligi tarkibi ancha o’zgardi. Paxta yakka xokimligiga barham berilib, uning ekin maydonlari keskin qisqartirildi, don ekinlari maydonlari va yalpi hosili ko’paytirildi. 2007 yilda viloyatda o’simlikchilikning yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 53,8%, (shundan paxtachilik ulushi 8,3%, don yetishtirishda 14,1% ni), chorvachilik 46,2% ni tashkil etgan. Qishloq xo’jaligida mulkchilik va ko’p ukladli xo’jalik yuritish shakllari vujudga keldi. Iqtisodiy nochor shirkat xo’jaliklari negizida fermer xo’jaliklari, agrofirmalar tashkil etilish jryoni davom etmoqda. Natijada ularning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi salmog’i muttasil o’sib bormoqda. 2000-2007 yillarda viloyatida fermer xo’jaliklarining yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 3,7% dan 31,4% ga, ekin maydonlarining12,4% dan 81,3%,ga, paxta yalpi hosilining 14,3% dan 99,1%ga va donning 11,0% dan 79,1% ga o’sdi.23 Viloyatning barcha tumanlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi agrofirmalar faoliyat ko’rsatmoqda. Qishloq xo’jaligi sektorlari tarkibida xususiy mulkchilik rivojlanib, nodavlat sektorining ulushi 98,9 % dan oshib ketdi. Samarqand viloyati iqtisodiyotining rivojlanishida xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashdi. Agar, O’zbekiston respublikasi bo’yicha 2006 yilda investitsiyaning o’sish su’ati 109,1% ni tashkil etgan bo’lsa, Samarqand viloyatida ancha yuqori bo’lib 143,1%, ga yetdi. Viloyatda 2000 yilda yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti 157,9 mlrd. so’m, o’sish sur’ati 104,8%, aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish 58,3 ming so’m, O’zbekistonga nisbatan indeks 1,037ni tashkil etgan edi. 2007 yilda bu ko’rsatgichlar mos ravishda 1 188,8 mlrd. so’m, 106,3%, 399,1 ming so’m va 1,193 ni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan ancha yuqori bo’lishiga erishilgan. Umuman, kishlok xo’jaligiga xukukiy, iktisodiy va tashkiliy jixatdan katta e’tibor berilishi ishlab chikarish xajmini oshirishga imkoniyat berdi. Samarqand viloyati respublikadagi yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda 13,7 foizni, yalpi paxta hosilini yetishtirishda 12,3 foizni, yalpi don maxsulotlarini tayyorlashda - 11,9 foizni tashkil etdi. SHuningdek, viloyati mamlakatimizda yetishtiriladigan meva, uzum, sabzavot, poliz kabi mahsulotlarning ham salmoqli qismini yetishtirib, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlariga ho’l va konserva mahsulotlari shaklida eksport qiladi. Viloyat qishloq xo’jaligi, axolining asrlar davomida to’plagan tajribasidan va madaniyatidan, ulardan yangi xo’jalik yuritish sharoitida okilona foydalanish, bozor sharoitiga moslashtirish borasida ancha yuqori su’atlarda rivojlanib kelmokda. Ayni paytda, viloyatning iqlim va tabiiy sharoitidan unumli foydalanib, paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, meva-uzumchilik sohalarini, shuningdek chorvachilikning qoramolchilik, quychilik, pillachilikni samarali sohalarga aylantirish dolzarb hisoblanadi. Viloyatda buyuk tarixiy Samarqand shahrining joylashganligi hamda boshqa bir qator turistik ob’ektlar mavjudligi ularga xorijiy mehmonlar, turistlar kelishi yil sayin ko’payib bormoqda. SHuningdek, Camarqand viloyati mineral-xom ashyo resurslariga boy bo’lib, ularni o’zlashtirilib borilishi bilan qazib olish joylarida yangi sanoat shaharchalari vujudga kelmoqda, aholi soni o’sib bormoqda. Aholi sonining, ayniqsa shahar aholisi sonining o’sib borishi turli xildagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. SHu bois, viloyatda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish boshqa mintaqalarga nisbatan ustivor rivojlanishini ta’minlashni taqoza qiladi. Camarqand viloyati qishloq xo’jaligini rivojlantirishda mahalliy tabiy-iqlim sharoitini hisobga olgan holda birqator choratadbirlarni amalga oshirishni taqoza qiladi: mavjud yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish; lalmikor yerlardan unumli foydalanish maqsadida adirlar, tog’ yonbog’rilarini buloq, say suvlarini tartibga solish yo’li bilan o’zlashtirish; mintaqaning xududiy agro resurslari xusuiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashishini takomillashtirish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlashga xorijiy investitsiyalarni ko’proq jalb etish zarur. Respublikamiz mintaqalarida qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirishga erishish aholi turmush darajasini yaxshilashning asosiy omili hisoblanadi. Mustaqillik yillarida Navoyi viloyat qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xo’jalik yuritish usullari va boshqaruv tizimida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Qishloq xo’jaligi sektorlari tarkibida xususiy mulkchilik rivojlanib, nodavlat sektorining ulushi 98,9 % dan oshib ketdi. Paxta yakka xokimligiga barham berilib, uning ekin maydonlari keskin qisqartirildi, don ekinlari maydonlari va yalpi hosili ko’paytirildi. Iqtisodiy nochor shirkat xo’jaliklari negizida fermer xo’jaliklari, agrofirmalar tashkil etilib, ular soni ko’payib bormoqda.Viloyatda 2007 yil yakuniga ko’ra 7526ta fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatgan. Novoyi viloyatida fermer xo’jaliklarining ulushi ekin maydonlari bo’yicha 14,6%dan 70,6% ga, paxta yalpi hosilining salmog’i 10,8% dan 98,7% ga, don yalpi hosili salmog’i 80,1% ga ko’tarildi.24 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida barcha tumanlarda agrofirmalar tuzildi. Bularning natijasida qishloq xo’jaligi barqaror rivojlanaboshladi. 2000 yilda viloyat yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti hajmi 55,1 mlrd. so’mga yetgan bo’lsa, 2007 yilga kelganda 5,5 marta ko’payib, 302,6 mlrd.so’mga yetgan. SHu davrda aholi jon boshiga qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarish miqdori 69,6 ming so’mdan 448,1 ming so’mga, yoki bo’lmasa 6,4 martaga ko’paygan. Natijada viloyatning respublikamizga nisbatan indeksi 1,238 dan 1,343 ga ortdi. Novoyi viloyati qishloq xo’jaligi tarkibida chorvachilik yetakchi o’rinni egallaydi. Bu yerdagi bepayon cho’l yaylovlari qorko’l qo’ylarini urchitishga qulaylik tug’diradi. Download 195 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling