Agrar munosabatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari reja: kirish
Download 195 Kb.
|
Agrar munosabatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo’jaligida islohatlar amalga oshirilmasa, hech qaysi sohada o’zgarish bo’lmaydi. Islom Karimov
MAQSADI VA VAZIFALARI
1.1 Fermer xo’jaligi tushunchasi va faoliyatining qisacha ta’rifi. 1.2. Fermer xo’jaligi faoliyatining natijalarini tahlil qilishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. XULOSA VA TAKLIFLAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Qishloq xo’jaligida islohatlar amalga oshirilmasa, hech qaysi sohada o’zgarish bo’lmaydi. Islom Karimov O’zbekiston mustaqilikka erishganidan so’ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish vazifasi turar edi. O’tgan qisqa davr maboynida mamlakatimiz itisodiyotini yuksaltirish, aholi turmush darajasini oshirish borasida ko’plab islohotlar amalga oshirildi va bu davom etib kelmoqda. Islohotlar natijalari jamiyatimizni turli jabhalarida xususan, fan va ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy , madaniy – ma’rifiy, ilmiy texnikaviy sohalarda erishilayotgan yutuqlarda ko’rinmoqda. Vatanimizning mustaqil taraqqiyot yo’lida jamiyatni turli sohalarda bo’lgani kabi agrar sohalarda ham ko’pgina islohotlar amalga oshirildi. 2009 yilning Prezidentimiz tamonidan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilganligi bu sohadagi islohotlarning uzviy va davomiyligini bildiradi. Qishloq xo’jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o’rinni egallaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xomashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Mamlakatda ishlab chiarilayotgan yalpi mahsulotning salmoqli qismi shu sohada yetishtiriladi. Respublika aholisining 60 foizdan ortiq qismi qishloqda yashaydi. SHuning uchun agrar sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq katta e’tibor berila boshlandi, ya’ni qishloq xo’jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida qator qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu sohada ular o’z samarasini bera boshladi. “Mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish va islohatlarni chuqurlashtirish haqida gapirganimizda iqtisodiyotimizning asosiy negizini tashkil etuvchi soha- qishloq xo’jaligidagi ishlarning ahvoli bizning diqqat markazimizda turmog’i lozim”1 deb ta’kidlaydi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi I.Karimov. So’nggi yillarda qishloq xo’jaligi sohasida ham tub o’zgarishlar ro’y berdi, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari yaratildi. Xo’jalik yuritishning sovet davridan qolgan, o’zini olamagan shakllaridan voz kechib, ularning o’rniga butun dunyoda joriy etilgan xususiy fermer xo’jaliklari tashkil etildi. O’nlab qonunlar hukumat qarorlari ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning qonun me’yorlari va tartib-qoidalari asosida amalga oshirilishida asos bo’lib xizmat qilmoda. Xususan, “Yer to’g’risida”, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”, “Ijara to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari to’g’risida”, “Yer solig’i to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida” gi qonunlar hamda hukumat qarorlari qishloq xo’jaligida ko’p ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yo’l ochdi. Mustakillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo’jaligini isloh qilishga qaratilgan ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan muhim iqtisodiy islohotlar allaqachon ijobiy natijalar bermoqda, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bozor tamoyillari asosida shakllanmoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda.
Download 195 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling