Agrar munosabatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari reja: kirish


BOB. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR UNING AHAMIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


Download 195 Kb.
bet3/13
Sana05.01.2022
Hajmi195 Kb.
#234297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Agrar munosabatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari(1)

BOB. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR UNING AHAMIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

I.1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov agrar islohotlar to’g’risida

So’nggi yillarda boshqa sohalarda bo’lgani kabi agrar sohasida ham tub o’zgarishlar ruy berdi. Xo’jalik yuritishning sovet davridan qolgan, o’zini oqlamagan shakllaridan voz kechib, ularning o’rniga butun dunyoda keng joriy etilgan xususiy fermer xo’jaliklari tashkil etildi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng vaziyat birinchi navbatda, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ustuvor yo’nalishlarni belgilab olishni talab etdi, sababi mustaqillikgacha bo’lgan davrda mamlakat iqtisodiyoti masalasi, uning yutug’i va kamchiligi, umuman taqdiri Markaziy hokimiyat qo’lida edi. Respublika mustaqil ravishda o’zi tanlagan holatda iqtisodiy islohotlar o’tkaza olmagan. Konstitutsiyada belgilangan demokratiya, erkinlik amalda qo’llanilmagan. Qishloq aholisi faqatgina mahsulotni belgilangan vaqtda va belgilangan miqdorda yetishtirib berishi talab qilingan. Birgina mamlakatning asosiy boyligi bo’lgan paxta yetishtirish yiliga 6 mln. tonna qilib belgilangan. Buni esa O’zbekiston sharoitida yetishtirish mumkin bo’lmagan. Chunki yerlarning mileorativ holati va suv tanqisligi mavjud bo’lgan joylarda hosildorlik juda past yoki umuman bo’lmagan. Mustaqil O’zbekistonning hozirgi sharoitida ham 4 mln. tonnadan ortiqroq paxta yetishtirish mumkin xolos. Sobiq ittifoq o’z mustamlakalarni mavjud imkoniyatlari bilan xisoblashmay ularga qo’yilgan barcha talab va rejalarni ortig’i bilan bajarishni qat’iy talab qilgan. Aks holda xalqni sara kishilari, rahbar kadrlari markazga xiyonatda, loqaydlikda, millatchilikda ayblanib, o’ylab topilgan uydirmalar orqali jazoga tortilgan shu orqali xalqlarni qurquv va dahshatda tutib turgan. XX-asr 30-yillarida boshlangan bunday siyosat 90-yillargacha davom etdi. 80-yillarda respublikamizda olib borilgan, markazdan atay uyushtirilgan “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi” deb nomlangan, aslida quruq tuhmatdan iborat bo’lgan siyosat natijasi ko’plab vatandoshlarimiz “millatchi”, “xalq dushmani” ga aylanib qolishgani yaqin o’tishdagi haqiqat.

YUrtboshimizning bevosita rahbarligida qishloq xo’jaligida islohotlar bosqichma-bosqich, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Respublika Prezidentining 2003yil 24 martdagi “qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida” gi PF3226-sonli farmoni qabul qilinib, unda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo’nalish qilib belgilandi.

«Mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish haqida gapirganimizda iqtisodiyotimizning asosiy negizini tashkil etuvchi sohaqishloq xo’jaligidagi ishlarning ahvoli bizning diqqat markazimizda turmog’i lozim»2 - deb ta’kidlaydi, yurtboshimiz I. Karimov.

Agrar soha respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlaridan bir bo’lib qolmoqda va O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining asosiy qismini yaratuvchi tarmoqlarning faoliyati mazkur sohaga bog’liqdir. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan tarkibiy o’zgarishlar ishlab chiqarishni xususiy sektorda ishlab chiqarilishiga olib keldi.

Ma’lumki, Prezidentimiz xo’jalik yuritish shakllaridan fermerlikni rivojlantirishga katta e’tibor berib, fermerlar muammolarini hal qilish hamda ularga yordam berish to’g’risida ko’pdan beri g’amxo’rlik qilib kelmoqda. Bunga misol qilib fermerlar huquqlarini kengaytirish, fermerlar haqidagi qonunlarga qator o’zgartirishlar kiritilishi, shu jumladan, ularga yerlarni uzoq muddatga ijaraga berish va ijara muddatida meros qilib qoldirish huquqining berilishi va bu yerlarni shirkatlar yer balansidan chiqarilishi, xizmat ko’rsatuvchi va tayyorlov hamda qayta ishlash korxonalari bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnoma tuzish huquqining, resurslardan foydalanish va yollanma ishchilar olib ishlatish huquqining berilishi kabilarni keltirish mumkin.

Erdan samarali foydalanishda Respublika Prezidenti I.Karimov: “qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohiblik xissini o’yg’otish, mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish, jamoa xo’jaliklarining o’zida ijara munosabatlarini chuqurlashtirish, yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga berib qo’yish orqali, shuningdek, dehon, fermer hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklarini keng rivojlantirish asosida ro’y berishi lozim ”3 - deb ko’rsatib o’tgan.

Respublika agrar sohasda mulkiy munosabatlarni shakillantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o’tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish , dehqon fermer xo’jaliklari faoliyatini yo’lga qo’yish agrar islohotlarning muhim yo’nalishidir.

- Islohotlarning ilk bosqichida mamlakat qishloq xo’jaligi barqarorligini ta’minlash va rejali itisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki asoslari yaratildi.

Agrar sohada mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berildi. 1066 davlat xo’jaliklari (sovxoz)lar tugatilib, ular negizida fermer xo’jaliklari tashkil etildi. CHorvachilik fermalari, bog’ va tokzorlar kichik yer maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi.

-Islohatlarning ikkinchi bosqichida “yer kodeksi”, “qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat) to’g’risida ” , “fermer xo’jaliklari to’g’risida”, “dehon xo’jaliklari to’g’risida” gi qonunlar, hukumat qarorlari va me’yoriy xujjatlar qabul qilindi.

Bunday huquqiy asoslarning yaratilishi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga zamin yaratdi. qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning bozor munosabatlariga xos shirkat, fermer xo’jaliklari vujudga keldi va ularning ustuvorligi belgilandi.

-Islohotlarning uchunchi bosqichi 2000 yildan boshlanib, u qishloq xo’jaligida tavar ishlab chiqaruvchilar haq-huquqlarini himoya qilish ustuvorligi; tavar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligini yanada kengaytirish va davlat buyurutmasi bo’yicha yetishtirilgan mahsulotlarga baho belgilashda dunyo bozori narxlariga mos keluvchi tizimni shakillantirish; birinchi navbatda past rentablli va zarar ko’rib ishlayotgan shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish asosida qayta tashkil etish mexanizmini joriy etish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko’rsatuvchi zamonaviy infratuzulma tizmining barpo etilishi bilan xarakterlanadi.



  1. yilda Respublikada 177ta xo’jalik negizida 11383ta fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Natijada paxtaning hosildorligi 4,3 sentnerga, donning hosildorligi 3,8sentnerga oshdi. Boshqaruv apparatidan 6740 kishi qisartirilib, 3,4 mlrd sum iqtisod qilindi.

  2. yilga kelib fermer xo’jaliklarining umumiy soni 87,5 mingdan oshib ketdi. Ularga 2,1 mln. gektardan ortiq yer maydonlari biriktirilib berilgan, o’rtacha har bir fermerga 24,5 gektar yer maydoni to’g’ri kelmoqda.

“2005 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra Respublikada fermer xo’jaliklari soni 116741 tani tashkil etib, yaqin 3 yil davomida respublikamizdagi 337 ta qishloq xo’jalik korxonalari tugatilib, ularning negizida 20 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning 11 tumanidagi shirkat xo’jaliklari to’liq tugatildi.»4 Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining natijalarini bermoqda. Dehonning yerga, o’zi yetishtirgan mahsulotga egalik hissi shakllanmoqda.

2003 yilda respublika bo’yicha 5 mln. 100 ming tonnadan ziyod boshoqli don yetishtirilib, to’liq g’alla mustaqilligiga erishildi. Suvli maydonlarda gektaridan 43,9 sentnerdan, Andijon viloyatida 75,1, Samarqand viloyatida esa 53,1 sentnerdan hosil olindi.

Surxandaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida paxta xom ashyosi yerishtirish bo’yicha shartnoma majburiyatlari ortig’i bilan bajarildi.

O’rtacha hosildorlik gektariga Qoraqalpoqiston Respublikasida bor-yo’g’i 10,2 sentnerni, Sirdaryo viloyatida 12,9 sentnerni, Xorazm va Jizzax viloyatlarida esa 15,916,1 sentnerni tashkil etdi.

Islom Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ta’kidlaganidek: “Hozirgi vatqda aynan itisodiyotning agrar sektorida katta-katta zahiralar mavjud. Ularni ishga solish yaqin vatq ichidayoq sezilarli natijalar berishi mumkin. Butun iqtisodiy o’zgarishlarning yakuni, barqarorlik va hal farovonligi ko’p jihatdan tub o’zgarishlar jarayonlari agrar sektorni qanchalik keng qamrab olishiga, qishloqda islohotlar qanchalik chuqur borishiga bog’liq bo’ladi”.5

Respublika qishloq xo’jaligida asosiy e’tibor mamlakatning iqlimi, yer-suvi va moddiy resurslardan hamda xalqning asrlar davomida to’plagan dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish negizida qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishga qaratilgan. Dehonchilikda g’allachilik, paxtachilik, sholikorlik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalari, chorvachilikda esa qoramolchilik, qo’ychilik, qorauko’lchilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, asalarichilik, pillachilik tarmoqlari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston jahonda yalpi paxta hosilini yetishtirish bo’yicha 4-o’rinda, paxta tolasining eksporti bo’yicha 2o’rinda (ASHdan keyin) turadi.

Respublikamizda qishloq xo’jaligini zamonaviy, yuqori samarali qishloq xo’jaligi texnikasi bilan ta’minlash maqsadida 1998-2000 yillarda bu sohaning moddiy texnik bazasini yanada to’ldirish va yangilash bo’yicha ayni dastur ishlab chiqildi. SHu masadda 633ta “Keys” g’alla o’rish kambayni, 544ta “Magnum” haydov traktori sotib olindi. Bu esa joylarda yerga o’z vaqtida sifatli ishlov berish imkoniyatlarini yaratmoqda.

«O’zbekiston qudratli qishloq xo’jaligiga egadir»6 -, deb e’tirof etadi yurtboshimiz. Buni esa amalda isbotini ko’rib turibmiz.

Agar 1991 yilda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi butun hajmining 63 % i davlatga qarashli bo’lmagan sektor hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, hozirda deyarli 100% ga yetdi. (1997 yilda 98,4%ni tashkil etgan.)

Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muommolari islohotlarning dastlabki bosqichida hamda O’zbekistonning bozorga o’tish strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”3.

Iqtisodiy qayta o’zgarishlar davrining boshlang’ich bosqichida O’zbekiston o’z strategiyasini va islohot kursini shakllantirish modelini ishlab chiqdi va uni amalda muvaffaqiyat bilan qo’llay boshladi. Bu nazariy ishlar Prezidentimizning “qishloq xo’jaligi taraqqiyoti-to’kin hayot manbai”, «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li», «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy yo’nalishlari»,

«O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlari»,“O’zbekiston XX1-asrga intilmoqda”,«O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» risolalarida ilmiy jihatdan har tomonlama asoslab va ochib berildi.

Keng jamoatchilik e’tiborini o’ziga tortgan va e’tirof etilgan mazkur fundamental tadqiqotlar O’zbekistonda olib borilayotgan jarayonlarga chuqurroq kirib borish, respublikaning iqtisodiy-siyosiy kelajagini aniq-ravshan tasavvur etish va islohotlar evalyutsiyasini ko’zatish imkonini beradi.

«Erkin bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan demokratik jamiyat barpo etishdan iborat pirovard maqsad, - deb yozadi I.Karimov, - unga olib boruvchi har bir bosqichda o’z ifodasini topmog’i kerak»7

Bu maqsad yo’lida qadam-baqadam ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, kuchli hamda har tomonlama hisob-kitob qilingan ko’p ukladli iqtisodiy tizimni yaratish, shaxsiy mulkchilikning davlat muhofazasini ta’minlash, korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, iqtisodiy o’zgarishlar chuqur tuzilmasini amalga oshirish, kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgandir.

“Agrar siyosatning asosi-davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni to’g’ridan-to’g’ri boshqarib borishdan voz kechishdir”2-deb ta’kidlaydi, yurtboshimiz. Buni, Respublikamizda bugungi kunda agrar sohada olib borilayotgan isloxotlar xususan, dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlari bosib o’tgan, tajribada sinalgan va o’zini oqlagan yerga egalik shakli fermer xo’jaliklarini tashkil etilishida ham ko’rishimiz mumkin. Hozirda qishloq xo’jaligi sohasida yetishtirilayotgan turli mahsulotlarning asosiy qismi fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri kelmoqda.

qishloq turmush darajasini shahar turmush darajasiga ko’tarish butun agrar siyosatning juda muhim vazifasidir.

“qishloq hayotinig saviyasi va madaniyatini yangi pog’onaga ko’tarishga ustuvor ahamiyat berishimiz kerak ”8- deydi Prezidentimiz I. Karimov.

O’zbekistonda agrar siyosatning bosh maqsadi mamlakatimiz aholisini oziqovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga erishish va qishloqda tadbirkorlikning rivojlanib borishidir. Shundan kelib chiqilsa, fermer xo’jaliklari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish tizimini uzluksiz takomillashtirib borish lozim bo’ladi. Respublikamiz bozor munosabatlariga o’ta boshlaganidan beri o’tgan davr hamda ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribalari qishloq xo’jaligini davlatning faol aralashuvisiz rivojlantirib bo’lmasligini ko’rsatmoqda. Xususan, «Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida yangi bozor munosabatlarini faol shakllantirish, mulkni davlat tassarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish, tashqi savdoni erkinlashtirish hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ob’ektiv suratda muassasalarning Yangi bo’g’inlarini tashkil etishni taqozo etadi», - deb ta’kidlaydi I.Karimov.

Mamlkatimiz mintaqalarida iqtisodiy islohotlar jadallashtirilishi tufayli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o’sishiga erishilmoqda. Ammo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning rivojlanish holati past darajada qolmoqda. Ko’p xududlarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasining juda eskiligi tufayli har yili sabzavot va mevalarning 20 foizigacha isrof bo’lmoqda. Qishloq xo’jaligida ko’p mehnat va mablag’ sarflanib yetishtirilayotgan mahsulotlarning bir qismi nes-nobud bo’lib turgan bir paytda, aholining oziq-ovqat va boshqa keng istemol tovarlariga bo’lgan talabining ma’lum qismi import va g’ayri-qonuniy yo’llar bilan keltirilayotgan sifatsiz tovarlar hisobidan qondirilmoqda.

Endilikda, mintaqalardagi mavjud ishchi kuchlaridan oqilona foydalanish orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini jadal rivojlantirish asosiy vazifa bo’lib qolmog’i lozim.


Download 195 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling