Agrar munosabatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari reja: kirish


-bob. FERMER XO’JALIGINING TAVSIFI VA UNING FAOLIYATINI TAHLIL QILISHNING AHAMIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI


Download 195 Kb.
bet8/13
Sana05.01.2022
Hajmi195 Kb.
#234297
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Agrar munosabatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari(1)

2-bob. FERMER XO’JALIGINING TAVSIFI VA UNING FAOLIYATINI TAHLIL QILISHNING AHAMIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI

2.1. Fermer xo’jaligi tushunchasi va faoliyatining qisqacha ta’rifi

Fermerlar – agrar islohat tizimining birinchi qaldirg’ochlari. Ularning qanotini sindirmaylik. Ularni asrash, avaylash, parvarish qilish kerak. Fermerlarimizga ko’rsatilgan bir yaxshilikka ming yaxshilik bilan javob qaytishiga iymonim komil.

I .Karimov.

Qishloq xo’jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o’rinni egallaydi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismi shu sohada yetishtiriladi. Aholining 60 foizdan ortiq qismi qishloqda yashaydi. SHuning uchun sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlardanoq katta e’tibor berilaboshlandi, ya’ni qishloq xo’jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida qator qonunlar, Farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu sohada ular o’z samarasini bera boshladi. SHular orasida Prezidentning 2003 yil 24 martda «qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishnng eng muhim yo’llari to’g’risida» qabul qilgan farmoni qishloq xo’jaligini rivojlantirishda muhim rol o’ynadi. Mazkur Farmon qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchilarning asosiy sub’ekti sifatida fermer xo’jaligini rivojlantirishni ustivor yo’nalish deb belgilab berdi. SHundan keyin fermer xo’jaliklari soni ham, ulardagi ishlab chiqarish hajmi ham keskin o’sdi va o’sib bormoqda. Hozirgi kunda fermer xo’jaliklari mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha haqiqatda ustuvor yo’nalishga aylandi. Mamlakatimizda 2005 yilda yetishtirilgan paxta xom ashyosining 66,8 foizi, g’allaning 55,7 foizi fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri keldi. 2006 yilda 6 million 100 ming tonnadan ortiq don yetishtirildi. Ushbu hosilning 80 foizdan ortirog’i fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri keldi. Ushbu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaliklari yildan-yilga o’sib, taraqqiy etib, iqtisodiyotda salmoqli o’rinni egallab bormoqda.

Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarishni yanada samarali rivojlantirish uchun ularning faoliyatining barcha tomonlarida sodir bo’lgan va bo’layotgan jarayonlar va ularning natijalarini har taraflama chuqur o’rganish natijasida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni ishlab chiqarishga jalb etish bo’yicha yo’l-yo’riqlarni ko’rsatish zarur. Bu zamon talabidir. Ushbu muammolarni hal qilishda iqtisodiy tahlilning roli nihoyatda kattadir.


Download 195 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling