Agrar munosabatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari reja: kirish
Download 195 Kb.
|
Agrar munosabatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari(1)
XulosaMustaqil Respublikamiz iqtisodiyotining asosini hozirgi sharoitda tashkil qiluvchi dehqonchilik sanoatini boshqarishni ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish muammosi juda murakkab va ko’p qirrali masalalardan biridir. Buni amalga oshirish uchun ko’plab ilg’or qishloq xo’jalik xodimlarining qo’lga kiritgan yutuqlarini o’rganish juda katta ilmiy tadqiqot va mahalliy sharoitni hisobga olgan xolda tajribalar o’tkazish talab qilinadi. Hozirgi kunda eng muhim masala qishloqda mulk masalasini hal qilmasdan turib, mexnatni tashkil etishning har qanday mukammal tizimi samara bermasligini yaxshi anglab olish zarur. Qishloq istiqboliga erishish uchun yerni haqiqiy egasi bilan taminlaydigan xo’jalik yuritishning yangi shakllari, ya’ni oilaviy pudrat va paychilikni rivojlantirish yo’li bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. yerga paychilik asosida jamoa bo’lib egalik qilish bilan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini pudrat shaklida tashkil etishni uyg’unlashtirish xo’jalik korxonalarini tozish shakli va maqomi tamoyillarini butunlay qaytadigan ko’rib chiqishni talab etadi. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan ortiqcha mehnat resurslarini sanoatga, xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etish davlat agrar siyosatining g’oyat muhim yo’nalishi hisoblanadi. Qishloq joylariga sanoatni olib kirish zamonaviy texnologiyaga ega bo’lgan kichik korxonalarni ochish hisobga yangi ish joylarini yaratish ustivor vazifa hisoblanadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan yuqori va unumli foydalanishning asosiy omillari tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muhim omillari bilan birgalikda jamoa, ijara yoki dehqon(fermer) xo’jaliklarini yuqori malakali hozirgi respublikamizda jadal su’ratlar bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni tushunib yetgan mutaxassis kadrlar, dehqonchilik va chorvachilik sohalarida mukammal tajribaga ega bo’lgan qishloq xo’jalik xodimlarini tanlashga va ularning unumli ishlashlari uchun yetarli sharoitlar yaratib berilishiga bog’liq. Ya’ni yerni yoki bogni chorvachilik fermalarini, korxonani yuqori bilimli, tashkilotchi, el hurmatiga ega bo’lgan, o’z ish faoliyatiga ijodiy yondoshib ishlaydigan, so’zi bilan ishi bir bo’lgan odamlarga berilsagina ishlab chiqarish imkoniyatlaridan unumli foydalanish mumkin. Yuqorida bayon qilingan fikr mulohazalarga asosan dehqonchilik sanoatini boshqarishda ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun: Mavjud yer maydonlaridan(resurslaridan foydalanishda fan yangilarini, ilg’orlar tajribalarini keng qo’llash va shu asosda kam harajat qilib, ularni haqiqiy egalariga berib imkoniyatlar darajasida hosil olishga erishish. Agrotexnika talablari asosida mahalliy va madaniy o’gitlar bilan ta’minlash hamda qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan kurashda biologik usullarni keng qo’llashni tashkil qilish. Qishloq xo’jaligini yuqori hosil beradigan urug’lar bilan ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratish. Xalqimizni chorvachilik mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlash uchun yuqori mahsulotlari bilan jamoa, dehqon(fermer) xo’jaliklarni, qishloq aholisini ta’minlash. Dehqonchilikda, chorvachilikda mavjud texnikalardan unumli foydalanish chora-tadbirlarni izlab topish, yangi texnika va texnologiyalarni keng joriy qilish. Qishloqlarda yashovchi ishchi kuchlaridan to’g’ri foydalanish, mavjud tibbiy boyliklarni qayta ishlash bo’yicha xalk ist’emoli mollari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar tashkil qilish, aholiga savdo, maishiy va madaniy xizmat ko’rsatish masalalariga keng jalb qilish zarur. Download 195 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling