Fermer xo’jaligi tushunchasi va faoliyatining qisqacha tavsifi.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarini tashkil etish jarayoni kengayib bormoqda. Bu iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining negizini tashkil qiladi. Ma’lumki, fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Fermerlar bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa tadbirkorlar kabi mustaqil faoliyat ko’rsatadilar, ularda yer va boshqa mulklarga egalik hissiyoti rivojlanib boradi.
Fermer xo’jaligi – bu tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo’jaligi tavar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi, yuridek shaxs huquqlariga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subektdir.18
O’z xususiy mulkiga ega bo’lgan fermer xo’jaligi a’zolarida, mulkka egalik hissiyoti oshadi, mehnatga bo’lgan munosabati tubdan ijobiy tomonga o’zgaradi, boqimondalik kayfiyati yo’qoladi, oqibatda xarajatlarni tejash va mehnat unumdorligini oshirishga, hamda arzon, sifatli va raqobatbardosh qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga bo’lgan ishtiyoq, intilish oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |