Agrar qo`shma fakulteti mevachilik va sabzavotchilik


Kurs ishini himoya qilish


Download 122.45 Kb.
bet3/12
Sana17.06.2023
Hajmi122.45 Kb.
#1544065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14 03 2023 КУРС ИШИ Anor yetishtirish fanidan услубий курсатма

1.3. Kurs ishini himoya qilish


Yakunlangan kurs ishi o‘qituvchi-rahbar tomonidan tekshirib chiqiladi va ishga yozma xulosa – taqriz beriladi. Ishni baholashda ishning mazmuni, uning dolzarbligi, xulosa va takliflarning betakrorligi, foydalanilgan materialning sifati hamda savodxonlik (umumiy va maxsus) darajasi hisobga olinadi. Shu bilan bir vaqtda taqrizchi ishning ijobiy tomonlari va kamchiliklarini ko‘rsatadi, zaruriyat bo‘lgan holda esa, uni to‘ldirish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Taqriz ishni himoyaga qo‘yish mumkinmi, degan savolga javob berish bilan yakunlanadi.
Ish taqriz bilan birga bajaruvchiga beriladi. Talaba u bilan tanishib chiqadi va zarur bo‘lsa, tuzatish kiritadi. Agar kurs ishi taqrizchi xulosasiga ko‘ra muvaffaqiyatsiz chiqqan bo‘lsa va qayta ishlashga to‘g‘ri kelsa, u holda tuzatishlardan so‘ng birinchi taqriz bilan birgalikda takroriy taqrizga beriladi.
Kurs ishi talaba nazariy va amaliy ko‘nikmalari darajasini, uning qo‘yilgan talablarga mosligini aniqlay oladigan professor-o‘qituvchilar oldida himoya qilinadi.
Kurs ishi himoyasini qabul qiluvchi va baholaydigan professor-o‘qituvchilar ro‘yxati kafedra tomonidan tuziladi. Himoya bo‘yicha komissiya a’zolari ro‘yxati 2-4 ta o‘qituvchidan (ulardan bittasi kurs ishining rahbari) iborat bo‘lib, himoyadan oldin kafedra tomonidan tasdiqlanadi.
Kurs ishi mazkur fan bo‘yicha nazoratlarni topshirish kunigacha himoya qilinishi kerak. Himoyada talaba ishning qisqacha mazmuni bayon qilishi, taqrizchi ko‘rsatgan kamchiliklarga va komissiya a’zolarining savollariga javob berishi kerak.
Kurs ishiga komissiya a’zolari tomonidan himoya natijasi va bajarilgan ishning sifati bo‘yicha yakuniy baho qo‘yiladi. Talabaning ilmiy to‘garakda bajargan va uning kengashida himoya qilgan ishi kurs ishi sifatida qabul qilinadi.

1.4. Kurs ishini rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari


  1. Kurs ishi mazmunli va mustaqil tayyorlangan bo‘lishi bilan birga, to‘g‘ri rasmiylashtirilishi ham zarur (1, 2 va 3 ilovalarda berilgan).

  2. Kurs ishining strukturasi umumiy holda quyidagicha:

  3. Titul (zarvaraq) varaq.

  4. Mundarija.

  5. Kirish.

  6. Asosiy qism (2 ta bobdan iborat bo‘lishi ham mumkin).

  7. Xulosa.

  8. Adabiyotlar ro‘yxati.

  9. Ilovalar.

Kurs ishi zarvaraq bilan ochiladi, unda universitet, kafedra nomi, ishning mavzusi, muallif, rahbarning familiyasi, yozilgan joyi va yili ko‘rsatiladi. Keyingi betda mundarija joylashgan bo‘lib, unda har bir qism (bob) va band nomi beti ko‘rsatilgan holda beriladi.

Download 122.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling