Agregat tarkibini aniqlash va uni ishga tayyorlash Agregatni tuzish usullari
Download 26.76 Kb.
|
Agregatni tuzish(komplektlash)
(ev , zu , z) qiymatlari ma’lum darajada agregatning qamrov kengligi (v) va smena vaqtidan (f) foydalanish koeffitsientlari hamda ishni bajarishdagi sifat ko’rsatkichlari bilan uzviy bog’langan holda texnologik jarayonni baholashda bevosita hisobga olinadi. Ushbu ko’rsatkichlar bilan bir qatorda agregatning ish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti eqiymatini ham hisobga olish lozim:
(3.4) Bu yerda koeffitsientlar qiymatlari yuqori bo’lishi lozim bo’lib, ularning miqdori ishni qanday darajada tashkil etilganiga bog’liqdir. Bulardan tashqari, bir texnologik jarayonni bir nechta traktorlar bazasida tuzilgan agregatlar yordamida bajarilishi mumkin bo’lsa, u holda ularning eng yuqori samara beradiganini tanlash lozim. Bunday tanlov, birinchi navbatda, ularning ish unumdorliklari, yoqilg’i va mehnat sarflari hamda ekspluatatsion harajatlarning miqdor ko’rsatkichlari taqqoslanib, solishtirilib, so’ng o’tkaziladi. 4. Agregatni amalda tuzish uchun traktor va ishchi mashina maxsus tayyorlangan, tekis maydonchaga olib kelinadi. Tirkama agregat bo’lsa, ishchi mashinani (plugni) ulanadigan nuqtasi traktorning tortish ilmog’iga nisbatan qanchalik baland yoki past bo’lishini aniqlaydi. Traktorni harakat yo’nalishidagi simmetriya chizig’ini ishchi mashinaning o’rtasidan va uning og’irlik markazidan o’tishini ta’minlash kerak. Aks holda, texnologik jarayon bajarilishida ishchi mashina traktorni o’ngga yoki chapga burish momentiga ega bo’ladi. Natijada ishchi mashinaning ish organlari (masalan, plugning dala taxtachasi) ni hamda traktorning yurgizgich tizimidagi detallarini muhlatdan oldin yemirilishlariga sabab bo’ladi. Ishlash jarayonida agregatning to’g’ri tuzilganligini baholashda agrotexnik talablarni qondirish darajalari, masalan, shudgorlashda, plugning birinchi va oxirgi korpuslarining bir xil chuqurlikda ishlov berishlari, ag’darilgan tuproqning bir xil balandlikda bo’lishi va plugning bo’ylama simmetrik o’qda bir tekis, tebranmasdan harakat qilishi kabi ko’rsatkichlarga tayaniladi. MTA ni tuzish va ishga tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: ● traktor, qishloq xo’jalik mashinasini va tirkagichni ishga tayyorlash; ● traktor, qishloq xo’jalik mashinalari va tirkagichdan agregat tuzish; ● agregatni yo’naltiruvchi qurilmalar va qo’shimcha moslamalar bilan jihozlash; ● agregatni sinab ko’rish va ishlash joyiga ko’chirish uchun tayyorlash. Tuzilgan agregatlar bajariladigan ishlarning yuqori sifatli bo’lishini, texnik va texnologik xizmat ko’rsatishning qulayligini ta’minlashlari lozim. Tirkama agregatlarni tuzishda mashina va jihozlar tirkagich fronti bo’yicha joylashtiriladi, tortqi uzunligi tanlanadi, gorizontal va vertikal tekisliklarda tortish chizig’ining yo’nalishi belgilanadi hamda yo’naltiruvchi qurilmalar o’rnatiladi. Agregat tuzilganda tortish chizig’i agregat markazining harakat chizig’iga to’g’ri kelishi lozim. Mashinalar traktorning bo’ylama o’qiga nisbatan simmetrik joylashgani ma’qul. Agregatdagi mashinalar ikki qator bo’lsa, oldingi qatorga ko’p qismi, orqa qatorga kami joylashtiriladi. Ishchi mashinalar tirkagichga va traktorga ulangandan keyin ish organlarining o’rnatilishi tekshiriladi va rostlanadi. CHigit ekadigan seyalkalarga markyerlar o’rnatiladi. CHigit ekish seyalkalari uch g’ildirakli traktorlarga osiladi. Marker qulochining uzunligi (Xm) quyidagi ifodadan aniqlanadi: (3.5) bunda, Vk – seyalkaning konstruktiv qamrov kengligi, m; m – g’o’za qatorlari orasidagi masofa, m; n – ekish agregatidagi ekkichlar soni, dona. Agregatning to’g’ri hisoblanganligi, ish tezliklarining to’g’ri tanlanganligi, tortish kuchidan foydalanish darajasi uni ishlatib ko’rish yo’li bilan tekshiriladi. Dvagatelning yetarli yuklanish bilan ishlaganligi taxospidometr yordamida tirsakli valning aylanish chastotasi bo’yicha ham aniqlanishi nazarda tutiladi. 1. Ish unumi – bu keng qamrovli tushuncha bo’lib, ishni nimalaryordamida bajarilganligidan qat’i nazar, uning miqdoriy ko’rsatkichi bo’yicha har qanday ishlab chiqarish sohasining rivojlanish darajasini belgilaydi va bu samaradorlik ko’rsatkichi sifatida korxona, ishlab chiqarish tarmoqlarini bir-biriga taqqoslash va baholash mezoni bo’lib xizmat qiladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida, mahsulotlar yetishtirishda texnologik jarayonlarni bajarayotgan agregatlarning ish unumi shu sohaning taraqqiyot darajasini aniqlashda asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. SHuning uchun jahon taraqqiyotidan orqada qolmaslik maqsadida ishlab chiqarishda ish unumini yuqori darajasiga ko’tarishga harakat qilinadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida mashina va mexanizmlardan keng foydalanish, o’z navbatida, qo’l mehnati bilan bajarilayotgan texnologik jarayonlarning kamayishiga olib keladi. Natijada mahsulotning tannarxidagi qo’l mehnatining salmog’i qisqaradi. MTAning ish unumi deb uning vaqt birligida, agrotexnik, zootexnik talablar bo’yicha bajargan ish miqdoriga aytiladi.Bajarilayotgan texnologik jarayon turlariga qarab ish miqdorini maydon birligi (m2, ga), hajm birligi (l, m3), massa birligi (kg, ts, t) bilan ifodalash mumkin. Qabul qilingan vaqt birligiga ko’ra yoki ish unumi soatli, smenali, mavsumli, yillik kabi o’lchovlarda bo’ladi. Agregatning ish unumini quyidagi turlarga bo’lish mumkin: nazariy, texnik va haqiqiy (ekspluatatsion). MTA ning nazariy ish unumi uning qamrashkengligiga, harakat tezligiga va ishlash davomiyligiga to’g’ri proportsionaldir, ya’ni: (1.99) bunda, 0i – agregatni i vaqt ichidagi (soat, smena, …) ish unumi; Bk – agregatning konctruktiv qamrov kengligi, m; Vn – agregatni nazariy harakatlanish tezligi, m g’s;km g’soat; Ti –agregat ishining davomiyligi, soat; C– tuzatish koeffitsienti (uning qiymati tezlik o’lchamiga bog’liq, agar: V [mg’s] bo’lsa, S=0,36; V [km g’soat] da o’lchansa, S=0,1. Agregatning haqiqiy (ekspluatatsion) ish unumi deb texnologik jarayon ijro etilayotgan sharoitda, ma’lum vaqt ichida bajarilgan foydali ish hajmiga aytiladi.Bu yerda, asosan, agregatning ishlashi uchun ajratilgan vaqtdan qanchalik darajada foydali ish bajarilishiga sarflanishi hisobga olinib, smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti f (1.103) formulaga kiritiladi. Uning son qiymati ishni to’g’ri, ilmiy asosda tashkil etilganligiga bog’liq bo’ladi: (1.104) yoki 0cm = CT. Bu Vu Tu , bunda, Vu, Vu, Tu – agregatning mos holda haqiqiy: qamrash kengligi, ish tezligi va smena davomida foydali ish bajarishga sarf bo’lgan vaqti; 0sm – agregatning smenadagi haqiqiy (ekspluatatsion) ish unumi, gag’sm; tg’sm; m3g’sm; tkmg’sm; mg’sm. Ushbu formula agregatning haqiqiy ish unumini traktor quvvati orqali ifodalangan holdagi ko’rinishidir. Ko’rinib turibdiki, agregatning ish unumi traktor quvvatiga va tortish kuchidan foydalanish darajasiga, vaqtga, qamrash kengligidan hamda smena vaqtidan foydalanish koeffitsientlariga to’g’ri proportsional bo’lib, ularning qiymatlari oshgan sari uning ham miqdori ortadi. Biroq u agregatning solishtirma qarshiligiga teskari proportsionaldir. MTA larining ish unumini oshirish yo’llarini topish uchun uning miqdoriga ta’sir ko’rsatadigan omillarning guruhini bilish lozim. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: ● agregatning ishlash sharoiti; ● agregat tarkibiga kiruvchi traktor va QXM ning ekspluatatsion ko’rsatkichlari; ● mashinadan foydalanish ishlarini tashkil etish darajasi, agregatning paykalda ishlash tartibi, mexanizatorning malakasi, mehnatni tashkil qilish usuli, haq to’lash va shunga o’xshashlar. Agregatlarning ish unumini oshirish uchun texnologik jarayonni bajarish paytida quyidagi chora-tadbirlar ko’riladi: ● agregatdan foydalanish jarayonida dvigatelning effektiv va traktorning ilmoqdagi quvvatining yuqori darajada bo’lishini ta’minlash, texnik xizmatni va ekspluatatsion ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida, to’liq va sifatli o’tkazish; ● agregatning tortish qarshiligi Ra va uning solishtirma qarshiligi K ni iloji boricha kamaytirish; ● agregatni to’g’ri, optimal tarkibda tuzish va uning ratsional tezlik rejimlarini tanlash; ● smena vaqtidan f, qamrash kengligidan v, tezligidan yevfoydalanish koeffitsientlarining yuqori qiymatlariga erishish; ● zamonaviy, takomillashgan, energiya bilan yetarli ta’minlangan, yuqori tezlikda ishlaydigan mashinalardan va takomillashgan texnologiyalardan foydalanish; ● mexanizatorlarning malakasini to’xtovsiz oshirish, ularning mehnatini hisobga olib, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish; ● ish unumini oshiruvchi muhim rezervlardan bo’lgan usta-sozlovchilar zvenosi bilan TXK joriy etish (mexanizatorlar dam olayotgan vaqtda yoki ishdan tashqari vaqtda); mashinalardan guruh usulda foydalanish va agregatning ikki, uch smenali ishlashini tashkil etish; texnologik jarayon bajarilayotgan maydonda 2 … 6 agregatlar guruhidan foydalanishni tashkil etish hisobiga ularga servis-xizmat ko’rsatishning samarali usullaridan bahramand bo’lish; ● agregat ishlaydigan maydonning kinematik ko’rsatkichlarini (E, S, burilish va harakatlanish usullari, ts, e va boshqalar) aniq sharoitni hisobga olgan holda aniqlash. Tajriba shuni ko’rsatadiki, mexanizatorlar orasida muso¬baqa va o’zaro yordam yaxshi tashkil etilsa, texnologik jarayonlar, agregatlar va ularning ish davomiyligi, ketma-ketligi ilmiy asoslansa, ish unumiga ijobiy ta’sir etadi. Guruh usulida ishlashni quyidagi sharoitda barcha qishloq xo’jalik operatsiyalarida qo’llash maqsadga muvofiq: ● har qaysi agregatga to’g’ri keladigan maydon ularning smenalik unumdorligiga teng yoki undan ortiq bo’lishi; ● guruhdagi agregatlarning soni, maydonlarining katta-kichikligi, har qaysi agregatning smenalik ish unumdorligi va ularga uzluksiz TXK imkoniyatlari bilan aniqlanadigan bo’lishi kerak; ● don ekinlari hosilini guruh usulida o’rib-yig’ib olishda kombayndan chiqadigan donni tashish uchun transport guruhini tashkil etish tavsiya etiladi. Agregatlarning ish unumini oshirishda texnikaviy ishlab chiqarish va sarflar me’yorlarini aniqlash ham katta ahamiyatga ega. Bu me’yorlar oshirib yoki kamaytirib yuborilsa, ish sifatining yomonlashishiga va samaradorlikning pasayishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, tarkibida kuchli traktorlar (katta tezlikda ishlaydigan traktorlar) bo’lgan agregatlar unumdorligining pasayishiga maydonning tayyor emasligi va kichikligi (bunda ish tezligini oshirish mumkin emas), shuningdek, agregatlarni noto’g’ri komplektlash, ya’ni ularning energetik imkoniyatlaridan to’la foydalanmaslik sabab bo’lishi mumkin. Ekspluatatsion hisoblarda asosan, Ail foydali, Ae effektiv va At to’liq energetik sarflardan foydalaniladi. Foydali energetik sarflar quyidagicha aniqlanadi: Agregat dalada ishlaganda Si.y ishchi yo’lni bosadi, ishchi mashina R qarshilik ko’rsatadi. SHunda agregat ma’lum vaqt ichida Ail ishni bajaradi. Ma’lumki, ish R (N) kuchni o’tilgan Si.y yo’lga ko’paytmasi kabi aniqlanadi: Ail = R Si.y . Agar ilmoqdagi R qarshilik Km solishtirma qarshilik bilan almashtirilsa va V qamrash kengligi (m),o’tilgan yo’l Si.y = 104g’V bilan belgilansa, u holda foydali energetik sarf quyidagicha ifodalanadi, N m: ; (1.48) bunda 104- bir gektarning m2 dagi ifodasi; Kmning o’lchov birligi Ng’m. Effektiv energetik sarflar traktorning trfoydali ish koeffitsientini hisobga olgan holda aniqlanadi; Nm: . (1.49) To’liq energetik sarflar har gektarga sarflanadigan yonilg’i miqdori q, yonilg’ining kkalg’kg o’lchangan issiqlik yaratuvchanligi (Ni) (issiqlikning 427 kg mg’kkal mexaniqaviy ekvivalentini) hisobga oladi, kg m: . (1.50) Agregatning energetik FIK quyidagicha ifodalanadi: . (1.51) [1; 5] da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi traktorlarning dvigatellari quyidagi ko’lamlardagi energetik FIK ni ta’minlaydi: ekishda e = 0,07…0,08; shudgorlashda e = 0,11..0,16; kulьtivatsiyada e = 0,07...0,08; yig’im-terimda e = 0,03....0,08. FIK ning absolyut qiymatlari juda past. SHuning uchun dvigatellarning konstruktsiyasini mukammallashtirish va yangisini yaratish bo’yicha ishlar olib borish zarur. Bunday ishlar agregatlarning energetik FIK ni oshirish maqsadida olib boriladi. Download 26.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling