Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

Mikrobni ekish. Hosil bо‘lgan oxirgi eritmadan sterillangan pipetka bilan 1 ml 
dan uchta Petri likobchasiga solinadi, sо‘ngra likobchalarga eritilgan va 40-45
o
S gacha 
DPA (dukkakli о‘simliklardan tayyorlangan agar) yoki GPA quyiladi va uni sekin 
chayqab eritma muhitga aralashtiriladi. Likobchadagi muhit qotgandan sо‘ng 3 kun 
davomida 25

issiq termostatga qо‘yiladi. 
 Mikroblar miqdorini aniqlash. Uchchala likobchadagi unib chiqqan mikroblar 
koloniyalarining о‘rtacha soni aniqlanadi. Mikrob koloniyalari sanalganda likopchaning 
qopqog‘i ochilmasligi kerak. Masalan, birinchi likopchada 40 ta, ikkinchisida 30 ta, 


uchinchisida esa 50 ta mikrob koloniyasi borligi aniqlandi, bunda chiqqan sonlarning 
hammasini qо‘shib, 3 ga bо‘lib, eritma darajasiga kо‘paytiriladi:
40 + 30 + 50 * 1000000+40000000. 
3
Shunday qilib 1 g tuproqda 40 000 000 bakteriya borligi aniqlandi. Bu usul juda 
qulay va oson hisoblanadi. Agar likopchada mikrob tо‘plamlari kо‘p о‘sib chiqqan 
bо‘lsa maxsus sanash taxtasi yordamida mikroblar sanalib 1 g tuproq hisobiga 
aylantiriladi. 
Tuproqdagi mikroblarning sonini aniqlash bilangina chegaralanib qolmasdan
balki unib chiqqan mikroorganizmlarning kultural va morfologik belgilarini ham 
о‘rganish kerak. Bu qishloq xо‘jalik mirobiologiyasida katta ahamiyatga egadir. 
Mikroblarning kultural belgilari о‘rganilganda koloniyaning rangi, katta-kichikligi va 
shakliga ahamiyat berish lozim. Morfologik xususiyatlari esa mikrob koloniyasidan 
preparat 
tayyorlab 
mikroskopda kо‘rish bilan aniqlanadi. Talaba, tuproq 
mikroorganizmlarning xususiyatlarini о‘rganishi uchun likopchada о‘sib chiqqan 
mikroblar koloniyasidan 3-4 tasini olib, mikroskopda kо‘rishi va uning kо‘zga 
kо‘ringan belgilarini daftariga yozish kerak. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling