Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antogenist
- Bacilluc mesentericus
14-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
MIKROORGANIZMLARNI ANTOGONISTIK XUSUSIYATLARINI ANIQLASH Tabiatda tarqalgan mikroorganizmlar yakka-yakka rivojlanmay balki bir- biri bilan aralashib yashaydi. Shuning uchun ham ularning о‘rtasida antogonistik va hamkorlik munosabatlar paydo bо‘ladi. Mikroblar о‘rtasidagi hamkorlik simbioz deyiladi, bunda bir xil mikroblar ikkinchi xil mikroblarga ularning yashashi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Mikroblar yashash va rivojlanish protsessida muhitga moslanish natijasida bir-birlariga nisbatan qarama-qarshi munosabatda bо‘ladi, bunday munosabat mikroblar antogenizimi deyladi. Paster birinchi bо‘lib kuydirgi kasalining mikrobi bilan kо‘k yiring hosil qiluvchi bakteriyalar о‘rtasidagi munosabatlarni kuzatib, mikroorganizmlar о‘rtasidagi antoginestik xususiyatlarni aniqlagan bо‘lsa, Mechinkov sut kislota xosil qiladigan bakteriyalarga nisbatan bо‘lgan antogenistik munosabatini aniqlagan. Shuning uchun ham Paster bilan Mechnikovlar antogonizm nazaryasing asoschilari hisoblanadi. Antogonistik munosabat faqat bakteriyalar orasidagina emas, balki zamburug‘lar va aktinometsitlar orasida ham uchraydi. Olimlarning aytishicha, tuproq mikroblari orasida, ayniqsa, gо‘ng solib о‘g‘itlangan tuproqlarda patogen va fitopatagen mikroblariga nisbatan antoginestlar kо‘p uchraydi. Bir xil mikrob ikkinchi xil mikrobga nisbatan antogonistik bо‘lsa, u hosil qilgan mahsuloti bilan ikkinchi mikrobni rivojlanishidan tо‘xtadi, yani uni о‘ldiradi. Antogenist mikroblarni hosil qilgan maxsulotlari antibotik deyladi. Antibiotiklarni asosan tuproqda uchraydigan zamburug‘lar, aktinomitsitlar va har turli sporali, sporasiz bakteriyalar hosil qiladi. Antibotiklarni faqat mikroblargina emas, о‘simlik va hayvonlar ham hosil qiladilar. Hozirgi vaqtda antibiotiklar faqat meditsinadagina qо‘llanilmasdan, qishloq xо‘jaligida ham о‘simlik kasalliklarining oldini olish va har turli fitopotogen mikroorganizmlarga qarshi keng kо‘lamda foydalanilmoqda. Mikroorganizmlarning antogonistik xususiyatlari labaratoriyada bir necha xil usul bilan quydagicha aniqlanadi: ZICH OZIQA MUXITIDA ANIQLASH. Buning uchun suyultirilgan GPA olinib, sterillangan Petri likobchasiga qо‘yiladi, muhit qotganidan sо‘ng uning yuzasiga keng yо‘l qо‘yilib har turli mikroorganizmlar Bacilluc mesentericus mikrobioligik sirtmoq bilan ekiladi, unga tik chiziqlar qilib Bac. Mycoides va Sarcinaning sof kulturasi ekladi. Mikroorganizmlar ekilgan likobchalar 26-28 O S termostatga 1-2 sutka qо‘yiladi sо‘ngra tajriba tekshirilganda mikroblarning bir-biriga yaqinlashgan joylarida yuz bergan о‘zgarishlariga ahamiyat beriladi. Agar mikroblar bir-birlariga tо‘qnashgan joyda о‘sish sust, yoki butunlay о‘smagan bо‘lsa, bu holat mikroblar о‘rtasida antoginizm borligidan dalolat beradi. Mikroblarning bir-birlariga nisbatan antogenistik munosabatda bо‘lishlari ularning о‘sishiga ta’sir qilibgina qolmasdan, balki morfologik va boshqa xususiyatlariga ham ta’sir qilishi mumkin. Buni aniqlash uchun muhit yuzasida normal о‘sgan mikrob tо‘plami bilan mikroblari bir-biriga koloniyalaridan preparat tayyorlab bir-biriga solishtirililadi. TUPROQDAGI ANTAGONIST MIKROBLARNI ANIQLASH. Buning uchun Petri likobchasiga GPA muhiti suyultirilib qо‘yiladi, likobchadagi muhit qotganidan keyin uning yuzasiga bakteriya yoki zamburug‘larning sof kulturasi shpatel bilan ekilib. 25-30 O S termostatga 1-2 sutka davomida qо‘yiladi. Sо‘ngra likobdagi muhit yuzasida unib chiqqan bakteriya yoki zamburug‘ koloniyalarining ustiga bir-necha joyga yangi tuproq bо‘lakchalaridan sterillangan pinset bilan qо‘yiladi va yana bir necha kun termostatda saqlanadi. Agar tuproq bо‘lakchalari tarkibida antagonist mikroblar bо‘lsa tuproq zarrachasi atrofida oq doira hosil bо‘ladi chunki tuproqdagi antogenistik mikroblar muhit yuzasidagi yordam beradi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling