Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUZILISHI, ASBOB-USKUNALARI VA LABORATORIYADA ISHLASH QOIDALARI Mashg‘ulotni o‘tish tartibi
- Kerakli asboblar
2-Modul. Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi 16-LABORATORIYA MASHG’ULOTI . QISHLOQ XO‘JALIK BIOTEXNOLOGIYASI LABORATORIYASINING TUZILISHI, ASBOB-USKUNALARI VA LABORATORIYADA ISHLASH QOIDALARI Mashg‘ulotni o‘tish tartibi: Talabalar mikrobiologik laboratoriyalarni tashkil etish va unda ishlash qoidalari bilan tanishadilar. Mikrobiologik laboratoriyalarning asosiy asboblari va jihozlaridan foydalanish usullarini o‘rganadilar. Kerakli asboblar: Mikrobiologiya laboratoriyalarida foydalaniladigan asosiy asbob-uskunalar: avtoklav, termostat, quritish shkafi, laminar boks, mikroskop va boshqa asboblar, idishlar. Mikrobiologiya laboratoriyasi uchun ajratilgan xona yorug‘, keng, uning tabiiy yoritilganligi 110 lk dan kam bo‘lmasligi kerak. Laboratoriya xonasining tagiga oson yuviladigan linoleum to‘shalgan, stollarning sirti plastik materiallar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Xona devorlarini yerdan 170 sm balandlikgacha kafel qoplash yoki moy bo‘yoq bilan bo‘yash zarur. Mikrobiologiya xonasidagi stollar laboratoriya tipida va u yerda reaktiv hamda idishlarni qo‘yish uchun shkaf va peshtaxtalar bo‘lishi kerak. Stollar elektr va gaz tarmog‘iga ulangan manbaga ega bo‘lishi talab etiladi. Mikrobiologiya laboratoriyasi asosiy xonadan tashqari avtoklav va quritish shkafi qo‘yiladigan sterilizatsiya xonasiga, boks, idish yuvadigan xona, sovutkich va termostat qo‘yiladigan, mikroorganizmlarning kulturalarini saqlaydigan xonalarga va hokazolarga ega bo‘lishi kerak. Boks - mikroorganizmlarni ekadigan unchalik katta bo‘lmagan xona bo‘lib, u ikkiga ajratilgan bo‘lishi zarur. Boksdagi asosiy ishlash xonasiga kichik xona, ya’ni tamburdagi suriladigan eshik orqali kiriladi. Bu holat eshik ochilganda tashqaridagi havo orqali mikroorganizmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishini ma’lum darajada oldini oladi. Boks ichida ishchi va bakteritsid lampa bo‘lishi kerak. Hozirgivaqtda stolga joylashtiriladigan turli kattalikdagi ichida steril havosi almashib turadigan laminar bokslar ham keng ishlatilmoqda. Mikrobiologik laboratoriyalarida mikroorganizmlar bilan ish olib boriladi.Qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining agronomiya yo‘nalishlarida mikrobiologik tadqiqotlar asosan o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida ishtirok etuvchi mikroorganizmlar ustida olib borilsada, ularning orasida insonlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi turlari ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun laboratoriyada xodim va talabalar o‘zlariga ayrim kasalliklarni yuqtirmasliklari uchun ichki tartibqoidalariga qat’iy rioya qilishlari zarur. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling