Sentrifugalar. Bular mikroorganizmlar hujayralarini cho‘ktirish,
bir xil
bo‘lmagan suyuqliklarni ajratish uchun ishlatiladi. Laboratoriyada turli tezlikda
aylanadigan sentrifugalardan foydalaniladi.
Mikroorganizmlarning koloniyalarini hisoblovchi asbob. Yarim
avtomat
hisoblovchi asbob prujina moslama bilan ignaga ulangan. Igna Petri likobchasidagi
koloniya ustiga bir oz tegiziladi va likobcha yuzasida iz qoladi. Bundan qo‘l bilan
ushlanadigan qismi yuqoriga ko‘tariladi,
natijada zanjir berkiladi, asbob hisoblay
boshlaydi.
17-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
О‘SIMLIK HUJAYRASIDAN DNK AJRATISH
Rekombinant DNKlar texnologiyasiga asoslangan gen-muhandisligi tajribalarida
ajratilgan DNK genom klonlarining
bankini yaratishda, foydali genlarni aniqlashda,
genom bankidagi klonlardan shu genlarni topish uchun zondlarga ega bо‘lish uchun
zarurdir.
Gen muhandisligida
genlarni ajratib olish, ularning strukturasini, ekspressiyasini
о‘rganishda DNKni toza holda ajratib olish muhim axamiyatga ega.
О‘simlik DNKsini ajratish quyidagi bosqichlarni о‘z ichiga oladi.
1.
Hujayra
tо‘qimalarini
maydalash,
hujayra
devorini
parchalash
(gomogenizatsiya), odatda suyuq azot yoki
quruq muz yordamida amalga
oshiriladi.
2. Hujayra membranalari parchalanib (hujayra lizisi) DNKning ekstraksiya
buferiga chiqishi uchun dodetsilsulfat natriy (505), setiltrimetilammoniumbromid
(STAV), sarkozil (I-laurilsarkozinat natriy) kabi detergentlardan foydalaniladi.
DNKni
gidrolizlovchi
fermentlar-nukleazalardan
himoya
qilish
uchun
EDTA
(etilendiamintetrasirka kislota) qо‘llaniladi.
3. DNKni oqsillardan tozalash (deproteinzatsiya) xloroform va fenol yordamida
ekstraksiya qilish orqali amalga oshiriladi. DNKni chо‘ktirishda etanoldan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: