Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
Material va asbob-uskunalar: 4 gr 14-kunlik g‘о‘za barglari, hovoncha,
sentrifuga, sentrifuga stakanlari, 2 ta kolba, 2 ta stakan, shisha tayoqcha, refraktometr, dializ qog‘ozi, magnitli aralashtirgich, spektrofotometr, muzlatgich. ISHNING BORISHI: 1. 4 g barg havonchada suyuq azot yordamida kukun holiga kelguncha maydalanadi. 2. Kukunni 50 ml bufer V bilan birga kolbaga solinadi, 20 daqiqa davomida aralashtirib turiladi. 3. 30 ml fenol qо‘shiladi va yana aralashtiriladi (30 daq.) 4. K-23 sentrifugasida 10°Sda 5000 ay/daq tezlikda 1 soat aylantiriladi. 5. Ustki qismi toza kolbaga olinib, teng miqdorda fenolxloroform aralashmasi solinib, 10 daqiqa aralashtiriladi. 6. 30 daq. 10°Sda 5000 ayl./daq tezlikda sentrifugalanadi. 7. Ustki qismini olib teng miqdorda xloroform qо‘shilib, 10 daqiqa aralashtiriladi va yana sentrifugalash yо‘li bilan fazalarga bо‘linadi. 8. Suyuq qismi, 2 miqdor etil spirti solingan stakanga asta sekinlik bilan aralashtirilib muzlatgichga qо‘yiladi.«Meduza» hosil bо‘lgandan sо‘ng tayoqchaga о‘rab olinib 10 ml DNK erituvchi (TE) buferida stakanda eritiladi. 9. Suyuqlik sentrifuga probirkalariga solinadi tenglashtirib og‘zi mahkamlangandan sо‘ng 20 soat 50000 ay/daq. tezlikda (15°S) sentrifugalanadi. 10. UF nurlari ostida DNK shprits yordamida tortib olinadi. 11. DNKni etidiy bromididan izoamil spirtida 5 marta ekstraksiya qilib tozalanadi. 12. DNKni seziy xlordan TE buferida 4°C da 24 soat magnitli aralashtirgichda buferni bir necha marta almashtirib dializ qilish yо‘li bilan tozalanadi. 13. DNK miqdorini spektrofotometrda 260 nm tо‘lqin uzunligida kvarsli kyuvetada о‘lchanadi. V buferi: 0,2 M NaS1, 0,05 M NS1 rN 8,0, 0,01 M EDTA 0,01 M DDT 0,2% SDS. Fenol. 0,1 M NaS1; 0,1 M tris-NS1, rN 8,0; 0,01 M EDTA bilan tо‘yintirilgan. Xloroform :izoamil spirti (24:1) TE-buferi 10 mM tris NS1, rN 8,0 1 m 4,5 g seziy xloridning TE buferda eritmasi. Etidiy bromid eritmasi 10 mg/ml. Dializ uchun bufer: 10 mM tris rN 8,0 , 1mM EDTA Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling