Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agarozali gel tayyorlash.
- DNK namunalarini gelga solish.
- Gelni bо‘yash.
Ishning borishi. Elektroforez apparatini yig‘ish. Agarozali gel elektroforez -
gorizontal va vertikal qurilmalar yordamida olib borish mumkin. Aniq natijalar olish uchun gorizontal qurilmalar oddiy tuzilishga ega bо‘lib va ishlash uchun juda qulaydir. Qurilma organik shishadan yasalgan tо‘rtburchak idish (kyuveta) bо‘lib, ikki chetida doimiy tok manbaiga ulanadigan platinali elektrodlar joylashgan bо‘ladi. Kyuveta tagiga apparatga qо‘yiladigan buferning hajmini kо‘paytirish uchun va gel bilan ishlashga qulayligi uchun organik shisha plastinka - taglik qо‘yiladi. Agarozali gel tayyorlash. Kerakli miqdorda agaroza tortib olinadi va kerakli miqdorda bufer eritma solinadi va agar eriguncha (suv hammomida) qaynatiladi. Agaroza batamom erib ketganidan cо‘ng 50-55°S gacha sovitiladi, tezda plastinka taglikka qо‘yiladi va chuqurchalar hosil qilish uchun taroqcha (grebenka) qо‘yiladi. Taroqchani shunday qо‘yish kerakki, taroq tishlari gel qо‘yilgan bilan plastinka tagigacha 0,5-1 mm oraliq qolsin. Gel qotganidan cо‘ng (30-40 daq xona haroratida) taroqcha geldan sekin olinadi va elektroforez apparatiga joylab elektroforez buferi geldan 2-3 mm yuqorigacha tо‘ldiriladi. DNK namunalarini gelga solish. DNK namunalari antikonveksion eritma bilan aralashtiriladi, avtomat pipetkalar (20-200; mkl) yordamida gelga extiyotkorlik bilan solinadi. Antikonveksion eritma tarkibida bо‘yovchi modda (bromidfenolkо‘k-0,025%) tutib, uning yurishiga qarab elektroforez jarayonining borishini kuzatish mumkin. Bundan tashqari yana saxaroza (40%) bо‘lib u DNK namunasining elektroforez buferi bilan aralashib ketmasligini ta’minlaydi. Odatda namuna miqdorining 1/4 -1/5 miqdoricha antikonveksion eritma solinadi. Namuna solingandan sо‘ng apparatning qopqog‘i yopiladi, doimiy tok manbai yoqiladi va kerakli kuchlanish qо‘yiladi (DNK gelga kirguncha 20 V sо‘ngra 100-120 V). Elektroforez odatda kо‘k bо‘yoq gel oxiriga (1-2 sm qolgunicha) yetgunicha olib boriladi. 0,5-0,7% li agarozali gel elektroforezida kuchlanish 100-120 V bо‘lganda 2 soat davom etadi. Gelni bо‘yash. Elektroforez tamom bо‘lganidan sо‘ng qurilma tok tarmog‘idan uziladi, gelli idishcha fotografiya kyuvetasiga olinadi va bromid etidiy (0,5 mkg/ml distillangan suvda) solinadi va 40-60 daqiqa davomida bо‘yaladi. Sо‘ng bо‘yog‘i tо‘kiladi (albatta rezina qо‘lqop bilan ishlash kerak), gel distillangan suvda chayiladi va (shisha kuzoynak bilan) transillyuminatorda kо‘riladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling