Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning borishi.
Kerakli asbob-uskunalar: 1l li kimyoviy stakanlar (4ta), boshlang‘ich
eritmalarni saqlash uchun og‘zi zich yopiladigan shisha idishlar (1l li 3 ta, 100 ml li 1ta), penitsillin idishlari (10 dona), 1-10 ml li pipetkalar, texnik va analitik tarozilar, elektroisitkich, turli xil kimyoviy moddalar (4-5 jadvallarga qaralsin). Ishning borishi. Kartoshka apikal meristemalarini o‘stirish uchun modifikatsiyalangan Murasige-Skuga ozuqa muhitlarini tayyorlash. Ozuqa muhitlari tarkibi 3 jadvalda berilgan. Avvalo makro, mikrotuzlar va vitaminlarning boshlang‘ich eritmalarini tayyorlash kerak. Odatda, Murasige va Skuga ozuqa muhitlari quyidagi birikmalardan tayyorlanadi: 1. NH 4 NO 3 , KNO 3 , KN 2 PO 4 , MgSO 4 • 7N 2 0 (MgSO 4 ni cho‘kmaga tushishini oldini olish uchun, qizdirmasdan oxirida solinadi); 2. SaS1 2 eritmasi; 3.Temir xelati eritmasi (G‘ye50 4 va № 2 EDTL eritmasi birgalikda qaynagunga qadar qizdirilganda temir xelati hosil bo‘ladi); 4. Mikroelementlar eritmasi. Boshlang‘ich eritmalar uchun kerakli tuzlar miqdori va boshlang‘ich eritmalarning ozuqa muhiti uchun kerakli miqdorlari 2-jadvalda keltirilgan. Tayyorlangan eritmalarni og‘zi zich yopiladigan idishlarga solib, qog‘oz yorliq yopishtirib, muzlatgichda saqlash lozim. Temir xelati to‘q rangli shisha idishda saqlanadi. Vitaminlarning o‘ta to‘yingan eritmalari alohida-alohida tayyorlanadi va penitsillin idishlarida saqlanadi. Eritmalar tayyorlash uchun vitaminlar o‘n martalik og‘irlikda o‘lchanib 10 ml suvda eritiladi. Shu eritmaning 1 ml miqdori 1 l Murasige- Skuga eritmasini tayyorlash uchun yetarlidir. Endi boshlang‘ich eritmalardan foydalangan holda keyingi darslarda kartoshka apikal meristemasini o‘stirish uchun ozuqa muhitlari tayyorlash kerak. O‘lchami 1 l li kimyoviy stakanga saxaroza olib idishning yarmigacha distillangan suv quyib isitiladi, saxaroza erigandan so‘ng, xona haroratigacha sovitiladi va unga makro- va mikrotuzlarning boshlang‘ich eritmalari va vitaminlar kerakli miqdorda solinadi. Kartoshka apikal meristemasini o‘stirish uchun ozuqa muhitga aktivlangan ko‘mir va regulyatorlar: GK, kinetin, adenin solinadi. Gibberal kislotasi bir necha tomchi spirtda eritilib, ozgina suv qo‘shiladi va ozuqa muhitga solinadi. Sitoqininlar suvda yaxshi erimaydi, balki ishqor, kislota, etil spirti va etil efiri eritmalarida yaxshi eriydi. Sitoqinin eritmalari tayyorlash uchun garmonlarga ozgina (3-5 ml) distillangan suv, 0,5-1 ml 0,1 N KOH qo‘shib aralashtiriladi va eriguncha isitilib, so‘ngra ozuqa muhitiga solinadi. So‘ng albatta eritmaning ph o‘lchanadi, ph ko‘rsatkichi 5,5-5,6 atrofida bo‘lishi kerak. Eritma ph normaga to‘g‘ri kelmagan hollarda ozuqa muhitiga 0,1 M HC1 eritmasidan qo‘shiladi. Bir vaqtning o‘zida boshqa stakanda agar-agar eritiladi. Buning uchun suvda ivitilgan agar (7 g) elektroisitgichda to‘liq erigunga qadar qizdiriladi va harorat 50°Cga tushgunicha saqlab turiladi. So‘ng agaphi tuzlar, vitaminlar va saxaroza bilan birga idishga solib, eritmaning hajmini suv bilan 1 litrga yetkazish kerak. Ozuqa muhitini probirkalarga solib (taxminan 1/3 hajmda), probirkalar og‘zi paxta tiqinlar bilan yopiladi. Ozuqa muhitlari Avtoklavda sterillanishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling