Agrobiznes va logistika


Download 143.37 Kb.
bet1/6
Sana23.06.2023
Hajmi143.37 Kb.
#1651791
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shamshod


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
“AGROBIZNES VA LOGISTIKA” KAFEDRASI
BIZNESNI REJALASHTIRISH FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU:CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH BIZNES-REJASI.

Bajaruvchi –“Agrobiznes va investitsion foaliyat” yo`nalishi, ___ kurs,


______ guruh talabasi _____________________
(F.I.SH.)

Tekshiruvchi – Ilmiy rahbar _____________________


(LAVOZIMI F.I.SH )

Buxoro – 2023



MUNDARIJA
KIRISH.....................................................................................................4I-BOB.CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHNING AHAMIYATI.......................................................6
1.1. Buxoro viloyatida chorvachilikni rivojlantirish va samarali faoliyatining istiqbollari..........................................................................6
1.2 Ishlab chiqarish samaradorligining mezoni va ko’rsatkichlari....12
II-BOB CHORVACHILIK BIZNES REJASI..................................12
2.1 Chorvachilik biznesining asosiy tamoyillari...................................19
2.2 Chorvachilik biznes rejasi tuzilmasi................................................23
XULOSA................................................................................................30
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..............................31
ILOVALAR............................................................................................36
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizningxxxxijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida agrar sektor alohida ahamiyatga ega. Shu bois, qishloq xo‘jaligi hukumatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib, sohani yanada jadal rivojlantirishga oid ko‘plab chora-tadbir ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Ayniqsa hozirgi davrda agrosanoat integratsiyasini chuqurlashtirish va qishloqda sanoat korxonalarini yanada ko‘paytirish maqsadida kichik sanoat zonalari hamda qishloq xo‘jaligi sohalari asosida klasterlarni shakllantirish va infratuzilma xizmat bozorini takomillashtirish yuzasidan agrosanoat majmuasini tupdan yangilashga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishidagi uchinchi bandida:“.....fermer xujaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar kursatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish”- vazifasi qo‘yilgan. Ushbu strategik vazifasini muvaffaqiyat bilan bajarishda fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va ularni ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga aylantirish hamda raqobatbardosh mahsulot yetishtirish mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz chorvachiligini yanada rivojlantirish masalalari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi PQ-2841-sonli “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida keng yoritilgan bo‘lib, unda qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, chorvachilikda xususiy mulkning ustuvor ahamiyati va o‘rnini ta’minlash, yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va raqobatdoshligini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.
Buxoro viloyatida yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatda statistik ma’lumotlarga qaraganda 2022 yil yanvar – sentyabr oylarida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2266,8 mlrd.so‘mni yoki 2017 yilning mos davriga nisbatan 110,0 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 50,8 foizni tashkil etdi.
Biroq, hali viloyatda chorvachilikni rivojlantirishning salohiyati to‘liq realizatsiya qilinganicha yo‘q. Shu bois, sohani chuqur o‘rganish natijasida uni samaradorligini yuksaltirish juda muhim va dolzarb masaladir. Bularning barchasi bizga kurs ishi mavzusini tanlashimiz uchun asos bo‘ldi.

Download 143.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling